4.8-rasm Amu-Buxoro-1 nasos stansiyasidagi avankamera oldiga o‘rnatilgan oqiziqlarni tutib qoluvchi panjara.
.
4.3. Panjaralar oldini tozalash usullari va qurilmalari
Panjaralarni oqiziqlardan samarali tozalash panjaralardan ishonchli foydalanish va eng kam bosim yo‘qotilishini ta’minlash uchun katta axamiyatga ega. Panjaraning ifloslanish tavsifiga bog‘lik holda (unga moyoch, torf, suv o‘tlari va boshqalarning tushib qolishi) har xil tozalash mexanizmlari va qurilmalari qo‘llaniladi:
-greyferlar, cho‘michlar;
-mexanik, erkin va yo‘naltiruvchi tirmalar.
Panjaralarni tozalash jihozlari odatda stansiyaga o‘rnatilgan kranlar yordamida tozalash ishlarini bajaradi. Yirik nasos stansiyalarida panjara fronti bo‘ylab xarakatlanadigan maxsus qurilmalar (panjara tozalagichlar) ga o‘rnatiladi.
Daryolarda panjaralarning ifloslanishi uzluksiz davom etishi, suvning nasos stansiyasiga oqib kelishida sezilarli suv satxining pasayishini keltirib chiqaradi. Shuni nazarda tutib maxsus oqiziq ushlab qoluvchi inshootning yaratish iqtisodiy maqsadga muvofiq deb qabul qilingan. Bu quyidagi ekspluatatsion imkoniyatlarni ta’minladi:
- agregatning ish tartibiga bog‘lik bo‘lmagan holda panjaralarni tozalash, ta’mirlash va tekshirish (taftish qilish) imkoniyatiga erishiladi;
- panjaralarni tozalashni vaqt bo‘yicha cheklanishi va uni o‘tkazish vaqtida agregatni to‘xtatib qo‘yish zarurat bo‘lmaydi.
Panjaradan oqib o‘tishda suv oqimining tezligi sezilarli darajada kamayadi, bu esa ifloslanish jadalligini kamaytirdi, panjarani tozalash sharoitini osonlashtirdi va undagi suv o‘tishini oshiradi.
Ayrim holatlarda setkaning old tarafiga yig‘ilgan iflosliklar, oqiziqlarni tozalab tashlash uchun qo‘shimcha qo‘l mehnati sarflanadi. Bu sohada hozirgi vaqtgacha bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, to‘plangan oqiziqlarni tozalash uchun katta miqdorda og‘ir qo‘l mehnati sarf qilinadi. O‘tkazilgan ilmiy ishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Amu-Buxoro-2 nasos stansiyasida vegitatsiya davrining (may,iyun,iyul oylarida) o‘zida nasos stansiyasiga uzatilayotgan suvdagi suzib keluvchi oqiziqlarni tozalash uchun 5318 odam-soat sarflangan.
Oqiziqlar tarkibi asosan o‘rmonchilik mahsulotlari ya’ni daraxt shoxlari va poyalari hamda xodalari (yirik o‘lchamli) bo‘lganligi tufayli ularni suvdan olib tashlash uchun greyfer turidagi ish jixozidan foydalaniladi. Bu qurilma o‘lchami katta bo‘lgan oqiziqlarni ilib olib tozalash imkoniyatiga ega bo‘lib, panjaralar orasiga kirib qolgan va ularga ilinib qolgan mayda oqiziqlarni tozalab olib tashlash imkoniyatiga ega emas. Bizning sharoitda tutib qolingan oqiziqlarni tozalab olib tashlash uchun turli turkumdagi tayyor qurilmalardan foydalanish natijasida ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi(4.9-rasm).
2
3
1
1-suvning avankameraga kirish yo‘li; 2-oqiziqlarni ushlab qoluvchi panjara; 3- oqiziqlarni panjara oldiga to‘planib qolishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |