Насос-компрессор кувурлари


Mahsulot tarkibidagi oltingugurt va boshqa agressiv komponeutlar ta'sirida quduq uskunasining yemirilishi



Download 9,96 Mb.
bet4/47
Sana13.06.2022
Hajmi9,96 Mb.
#663956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
2 5472059381900119653

4. Mahsulot tarkibidagi oltingugurt va boshqa agressiv komponeutlar ta'sirida quduq uskunasining yemirilishi
Ishlatish quduqlarini asoratlashgan sharoiti oltingugurtli gaz konlarini ishlash natijasi deb hisoblanadi, chunki gaz tarkibida yemiruvchi komponentlar mavjud bo'ladi (H2S va C02). Bu komponentlar quduqni ishlash jarayonida quduq uskunasi bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadilar va uskunaning u yoki bu yemirilish jadalligini yuzaga keltiradi.
Yemirilish jadalligi yemiruvchi komponentlarning konsen Iratsiyasiga, atrof-muhitning bosimi va haroratiga, quduq mahsuloti tarkibidagi namlik miqdoriga, uning minerali- zatsiyasi, quduq va yer usti uskunasi metallarning tuzilishi va tasnifiga; kondensat tarkibi; gaz oqimi tezligi: quduq uskunasining yemirilishiga qarshi himoya uskunasiga bog'liq. Yemirilish jadalligini aniqlovchi ko'rsatkichlar qatoriga yemiruvchi komponentlarning konsentratsiyasi muhitning bosimi va harorati, gaz oqimining tezligi, suv minerallashi, quduq uskunasining texnik tasnifi kiradi. Karbon kislotali yemirilish jadalligi karbonat angidrid gazining parsial bosimi va haroratiga bog'liq (parsial bosim va harorat oshsa, yemirilish tezligi ham o'z-o'zidan ortadi). Ishlash jarayonida karbonat angidrid gazining parsial bosimi kamayadi, suvli kondensat hajmi esa ortadi. Shu sababli karbon kislotali yemirilish jadalligi pasayadi.
Quduq uskunasining yemirilish jadalligini yuzaga kelti- ruvchi, yuqori yemiruvchanlikga ega bo'Igan komponent - oltingugurtdir. Oltingugurtli yemirilishning tasnifiy holati bu - yorilish, darz ketishdan iborat. Oltingugurt metall bilan o'zaro ta'sirida namlikning mavjudligi, temir sulfidini va atomar vodorodni hosil qiladi, bu esa molekulalarga birikmasdan metall ichiga kiradi va uni bo'sh hamda mo'rt bo'lishiga olib keladi. Karbon kislotali yemirilishdagi kabi, yemirilish jadalligini asosiy ko'rsatkichi gaz tarkibidagi oltin-gugurtning parsial bosimi hisoblanadi. Haroratning oshishi bilan oltingugurtli yemirilishning tezligi ortadi. Yemirilish jadalligiga oltingugurtning ta'siri, karbonat angidrid gaziga nisbatan ko'proq. Metall yemirilishining asosiy sharoitlaridan biri - qazib olinayotgan mahsulotda namlik mavjudligidan iborat.

3 - ma’ruza. Quduqlardagiasoratlar bilan kurashish maqsadida bajariladigan yer osti ta'miri ishlari


Reja:


1. Quduqning suvlanishiga qarshi kurash
2. Qatlam suvlaridan muhofaza qilish-izolyatsiya ishlari
3. Mustahkamlovchi quvurlar birikmasi va sement halqasining nogermetikligini bartaraflash
4. Yoriqli va yoriq g'ovakli qatlamlarga suv oqib kelishini cheklash
5. Quduqqa qum kelishi oldini olish
6. Tuz yotqiziqlari bilan kurashish
1. Quduqning suvlanishiga qarshi kurash
Qatlamni va quduqlarni muddatdan oldin suvlanishining oldini olish uchun, ishlash jarayonida quyidagi boshqarish usullari qo'llaniladi. Quduqlar ishining texnologik tizimlarini optimallashtirish bilan suvlarning til va konus hosil qilishini kamaytirishga erishiladi, ko'p qatlamli konning yuqori o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan qatlamlaridagi suvning ildamlanish harakatini bartaraf etish uchun esa bir vaqtda-ajratib ishlatish usuli qo'llaniladi.
Neftni suv bilan siqib chiqarish sharoitida neft konlarini ishlashda qatlamdan olinayotgan suyuqlikning 98% suvlanishga qadar kuzatiladi. Shuning uchun suv yo'lini berkitishdagi ta'mirlov ishlarini amalga oshirish faqatgina quduq muddatidan oldin suvlanish paytida maqsadga muvofiq. Ajratish - ta'mirlash ishlarining asosiy maqsadi loyiha viy neft bera oluvchanlik koeffitsientiga erishish uchun qatlamni ishlatishni optimal sharoitini yaratishdan iborat.
Quduqlarning suvlanish yo'llarini ochiq-oydin tasavvur etish bilan ajratish ishlarining maqsadini, tanlangan usulni va uni amalga oshiruvchi texnologiyani asoslashni aniq ifodalash mumkin. Suvning kirib kelish yo'llarini o'rganishda kon geofizikasi tadqiqoti usullari qo'llaniladi:
Mustahkamlanmagan quduqlarda esa radioaktiv indikator haydash usuli, termometriya, impulsli neytron-neytronli karotaj (INNK), azot haydash va boshqa usullar qo'llaniladi. iroq bu usullar har doim ham ishonchli emas. Shuning uchun suv oqimi yo'lini ajratish bilan bog'liq masalalarni ajratish ishlarini natijalariga asoslangan holda sinalgan yo'l bilan hal etish kerak.
2. Qatlam suvlaridan muhofaza qilish - izolyatsiya ishlari
Barcha ajratish - ta'mirlash ishlarini maqsadga muvofiq holda uch ko'rinishda bajarish mumkin: mustahkamlovchi quvurlar birikmasini va sement halqasini nogermetikligini bartaraf etish; alohida qatlamlarni o'chirish; qatlamning alohida suvlangan oraliqlarini, qalinlik bo'yicha joylashish o'rni va suvlanish tavsifidan qat'iy nazar uchirish, shu bilan birga quduqlarda suv haydash hamda suv haydash kesmasini boshqarish.
G'ovaklar, yoriqlar, kovaklar va boshqa turli o'lchamdagi kanallar suv oqimining yo'llari bo'lishi mumkin. Oqimni ajratish usulini va suv qabul qilish kesimini boshqarishni texnologik nuqtai nazardan ajratuvchi materiallarning dispersiyalanish bosqichiga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi:


  1. Download 9,96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish