Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Totlig„-totlig„ egonlar, turlik-turlik 
kiygonlar, Oltun taxtda o„lturgonlar tufroq aro yotmishlar
‖. Bu satrlarda YAssaviy 
bugunni emas, ertani o‗ylab ish tutish lozimligini esga soladi. Mutasavvif buni 
shunchaki o‗git yo‗sinida aytibgina qolmay, ta‘sirli va esda qoladigan tarzda ifoda 
etadi. SHoirning boshqa bir hikmati ham shunga hamohang. Odam dunyo moliga 
aldanmasligi, o‗zigagina tegishli bo‗lgan ma‘naviy jihatlarining yuksak bo‗lishiga 
intilishi zarur: 
Beshak biling, bu dunyo barcha eldan o‗taro, 
Inonmagil molingga, bir kun qo‗ldin ketaro. 
Hazrat YAssaviy kishini insofga chorlaydi va har bir odam insofga kelish, 
vijdonga muvofiq yashashni o‗ylashi, haq yo‗lni nohaqdan ajratib olishi 
lozimligini uqtiradi. Buning uchun odam o‗z yaqinlari taqdiriga nazar tashlasa ham 
to‗g‗ri xulosa chiqarishga asos topishini bildiradi: 
Oto-ono, qarindosh, qayon ketti, fikr qil, 
To‗rt ayog‗lig‗ cho‗bin ot bir kun sanga etaro. 
Valiy shoir hikmatlarda o‗z qarashlarini bayon etibgina qolmay, balki fikrlarning 
esdan chiqmaydigan, xotiraga mixlanib qoladigan, kutilmaganda esga tushadigan 
shaklda ifodalanishiga ham e‘tibor qiladi. Buning uchun she‘riy unsurlardan 
ustalik bilan foydalanadi. SHoir odamlarga mohiyatni izlash, unga etishishga 
urinish lozimligini ko‗rsatadi: ―
Dunyo uchun g„am ema, Haqdin o„zgani dema, 
Kishi molini ema, sirot uzra tutaro
‖. «Kishi molini» eyish, o‗zganing haqiga 
xiyonat qilishning oxiratda javobi borligi, kishi moli haromxo‗rni ayni «sirot» 
ustida tutishini ta‘sirli yo‗sinda ifoda etadi. G‗azalning keyingi bayti haqqoniyligi, 


musiqiyligi, yuqimliligi bilan kishini o‗ziga rom etadi. YOlg‗on dunyoning 
qiyofasini, uning tinimsiz xiyonatlarini bilib turgan solik ─ «g‗arib bosh»ga 
berilgan taskin juda ishonarli: 
Ahli ayol, qarindosh hech kim bo‗lmaydur yo‗ldosh, 
Mardona bo‗l g‗arib bosh, umring eldek o‗taro. 
Hikmatlarning talay qismi ishq va oshiq haqida. Ulardagi ishq va oshiq tasviri 
tasavvufning mohiyatidan kelib chiqadi va Allohga bo‗lgan sevgini anglatadi. 
Bunday yondashuv ham asli Qur‘onga borib taqaladi. Qur‘on oyatlaridan birida: 
«
Biz hammamiz Allohdanmiz va unga qaytguvchimiz
»,- deyiladi. Demak, tasavvuf 
she‘riyatidagi ishq va hijron tasviri Allohga muhabbat va undan ayriliqni ifoda 
etadi. Oshiqdagi ishtiyoq va intilish unga etishish shavqini anglatadi. Ishqsizlik, 
Allohni tanishga urinmaslik sifatida baholanadi: 
Vodarig‗o, ishq yo‗lida jonni bermay, 
G‗avvos bo‗lib, daryo ichra guhar termay, 
Haqdin o‗zga maqsadlarni yiroq solmay, 
Tong-la borsa, nadomatlar chandon bo‗lur... 
SHoir chinakam hayot oshiqlikda ekanini, solik uchun qolgan hamma narsa 
bekorligi bois ishqsiz kimsalarni «
ham joni yo„q, ham imoni
»,- deydi. Ishq Allohga 
eltuvchi ─ vosita. SHu vositadan mahrum odamning imoni baquvat bo‗lmaydi. 
SHu sababli, YAssaviy hazratlari «Ishq yo‗lida fano bo‗lay haq biru bor» tarzida 
boshlanadigan hikmatida Alloh taologa «
Har na qilsang, oshiq qilg„il 
parvardigor
» deb yolvoradi: 
Ishq bozori ulug‗ bozor, savdo ─ harom, 
Oshiqlarg‗a sendan o‗zga g‗avg‗o ─ harom, 
Ishq yo‗lig‗a kirganlarga dunyo ─ harom, 
Har ne qilsang, oshiq qilg‗il, parvardigor. 
YAssaviy uchun ishq vosita emas, maqsaddir. So‗fiy shoir, muridlarini to‗g‗ri 
yo‗lga boshlovchi murshidning ishqi beg‗araz va bu muhabbat orqali hech narsaga 
erishmoqchi emas. Unga Allohga bo‗lgan muhabbatning o‗zi kifoya: 
Ishq dardini talab qildim, darmoni yo‗q, 
Ishq yo‗lida jon berganni armoni yo‗q, 
Bu yo‗llarda jon bermasa, imkoni yo‗q, 
Har ne qilsang, oshiq qilg‗il, parvardigor. 
Butun umrini Alloh belgilagan yo‗ldan yurishga bag‗ishlagan, minglab 
kishilarning haq yo‗lni tanib olishiga sabab bo‗lgan pir o‗zidan qoniqmaydi, o‗zini 
g‗oyat nuqson va gunohkor sanaydi: ―

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish