Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

to„rt oyoqli cho„bin ot», «Dunyo uchun 
g„am ema, Haqdin o„zgani dema, Kishi molini ema, sirot uzra tutaro», «Ahli ayol, 
qarindosh hech kim bo„lmaydur yo„ldosh, Mardona bo„l g„arib bosh, umring eldek 
o„taro», «Ishq bozori ulug„ bozor, savdo ─ harom, Oshiqlarg„a sendan o„zga 
g„avg„o ─ harom, Ishq yo„lig„a kirganlarga dunyo ─ harom», «Ishq yo„lida jon 
berganni armoni yo„q, Bu yo„llarda jon bermasa, imkoni yo„q, Har ne qilsang, 
oshiq qilg„il, parvardigor», «Tufrog„ bo„lg„il, olam seni bosib o„tsin
» singari 


timsol va satrlarda xalqona yo‗sinda bildirilgan haq fikrlar ifodaning o‗ta ta‘sirli 
ekanligi bilan ajralib turadi. SHu kabi hikmatlar YAssaviy hazratlarining shoir 
sifatidagi salohiyatlari nechog‗lik baland ekanini ko‗rsatadi. Hikmatlar zamiridagi 
ilohiy va hayotiy ma‘nolarni anglatish bilan birga ulardagi badiiy joziba ham 
sezdirilsa, mashg‗ulotlardan kuzatilgan maqsadga to‗la erishiladi va dars 
jarayonida talabalarning faol ishtiroki ta‘minlanadi. 
Ahmad YAssaviy hazratlari turk dunyosining eng mashhur shaxsiyatlaridandir. 
Farididdin Attor uni «Piri Turkistoniy» deb atagan, buyuk Navoiy «shayxul 
mashoyix» deb nomlaydi, o‗z yurtida esa «Hazrati sultonim» deydilar. 
YAssaviyning hayoti va ijodii faoliyati O‗zbekistonda mustaqillikdan keyingina 
o‗rganilmoqda. Bu borada birinchi manba, tabiiyki, uning «Devoni hikmat» 
asaridir. SHuningdek, YAssaviyning xalifasi Sulaymon Boqirg‗on qalamiga 
mansub «Hakim ota kitobi», Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat», Fazlulloh 
Ro‗zbehxonning «Mehmonnomai Buxoro», Xizr ibn Ilyosning «Manoqibi Hoji 
Bektoshi 
valiy», 
Avliyo 
CHalabiyning 
«Sayohatnoma», 
Husomiddin 
Bulg‗oriyning «Tavorixi Bulg‗oriya», Haziniyning «Javohir ul-abror» kitoblarida 
ham oz-ko‗p miqdorda ma‘lumotlar berilgan.
Mavjud ma‘lumotlarni umumlashtirib, chog‗ishtirib, tizimga solib, ular asosida 
jiddiy ilmiy tadqiqot yaratgan turkiyalik olim Muhammad Fuod Ko‗pruluzoda 
bo‗lgan edi. Uning 1918 yilda «Turk adabiyotida ilk mutasavviflar» degan kitobida 
YAssaviy haqida atroflicha to‗xtalingan. Abdurauf Fitrat 1927 yilda YAssaviy va 
uning ijodi to‗g‗risida maqola yozdi. 1972 yilda esa, professor Ergash 
Rustamovning «Ahmad YAssaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi» maqolasi 
(«O‗zbek tili va adabiyoti» jurnali 4-5- sonlar) chop etilgach, muallif boshiga turli 
savdolar solindi. 1991 yildan keyingina YAssaviy va uning hikmatlari haqda 
tadqiqotlar qilish keng yo‗lga qo‗yildi. Hozirda YAssaviy ijodi birgina 
O‗zbekiston yoki Qozog‗iston emas, ochun miqiyosida keng o‗rganilmoqda.
Ahmad YAssaviy hozirgi Qozog‗iston jumhuriyatining CHimkent viloyatiga 
qarashli Sayram shahrida tug‗ilgan. Sayram tarixi miloddan oldingi zamonlarga 
borib taqaladigan qadim shaharlardan. Bir vaqtlar «Isfijob», «Madinat ul-bayzo» 
(Oq shahar) nomlari bilan mashhur bo‗lgan. Navoiy Ahmad YAssaviyning 
tug‗ilgan erini YAssi deb ko‗rsatadi. CHamasi, ulug‗ avliyoning ―YAssaviy‖ 
taxallus nisbasi, ayrim she‘rlaridagi ishoralar hazrat Navoiyda shunday fikrni 
yuzaga keltirgan bo‗lsa kerak. Lekin YAssaviy hayoti va ijodini o‗rgangan 
mutaxassislar uning Sayramda tug‗ilgan, deb hisoblaydilar. 
YAssaviyning tug‗ilgan yili aniq emas. Manbalar uning YUsuf Hamadoniy qo‗lida 
o‗qiganligini tasdiqlaydi. SHunga qaraganda, Ahmad YAssaviy XI asrning 
ikkinchi yarmida tug‗ilgan. CHunki YUsuf Hamadoniyning o‗zi 1048 yilda 
tug‗ilgan. Ahmad YAssaviyning otasi Ibrohim otlig‗ kishi bo‗lib, shayx edi. Uning 
Hazrati Ali avlodlaridan bo‗lganligi naql qilinadi. Onasi Oysha shayx Ibrohimning 
muridlaridan bo‗lgan Musa shayxning qizidir. Ahmad oilada ikkinchi farzand 
bo‗lgan. Opasining oti Javhari SHahnozdir. Juda yoshlik paytlarida ota-onasi vafot 


etib, etim qolgach, opasi bilan YAssiga kelishadi. SHayx Arslonbobdan
94
tarbiya 
topadi. YOsh Ahmadning Arslonbob bilan uchrashuvi voqeasi rivoyatlarga 
ko‗milgan. Ularga ko‗ra, Arslonbob payg‗ambarimiz ashoblaridan bo‗lib, 
rasulullohning Ahmad YAssaviyga atagan omonatlari ─ bir dona xurmoni 
topshirib, uning tarbiyasi bilan shug‗ullanish maqsadida to‗rt yuz yil yashagan.
Ma‘lumotlarga ko‗ra, Ahmad YAssaviy taxminan 1110 yillardan Buxoroda 
mashhur YUsuf Hamadoniydan tahsil olib, uning izdosh xalifasi darajasiga 
ko‗tariladi. YUsuf Hamadoniy vafotidan keyin uning o‗rniga birinchi xalifa bo‗lib 
shayx Abdulloh Barqiy ko‗tariladi. U vafot etgach, ikkinchi xalifa sifatida shayx 
Hasan Andoqiy, uning o‗limi (1160 yil)dan so‗ng, uchinchi xalifa tarzida Ahmad 
YAssaviy irshodlik mavqeini egallaydi. So‗ng bir «ishorati g‗aybiya» bilan o‗z 
o‗rnini to‗rtinchi xalifa Abduxoliq G‗ijduvoniyga topshirib, YAssiga qaytadi va 
vafotiga qadar u erda irshodlik maqomida bo‗ladi. 
Ahmad YAssaviyning necha yil umr ko‗rgani haqida afsona darajasidagi qarashlar 
bor. Ba‘zilar 63 yoshda vafot etgan desalar, ayrimlar bu sanani 73, yana birlari 85 
deb ko‗rsatadilar. Ko‗pruluzoda 120, rus turkologi V. A. Gordlevskiy 125 deb 
belgilaydilar. Bunday turli-tuman xulosa chiqarishga shoirning hikmatlari ham 
ma‘lum darajada sabab bo‗ladi. Masalan, bir hikmatida shunday deyilgan: 
Eranlardan fayzu futuh ololmadim, 
YUz yigirma yoshga kirdim, bilolmadim, 
Haq taolo toatlarin qilolmadim, 
Eshtib, o‗qub erga kirdi Qul Xoja Ahmad.
Ulug‗ so‗fiyning 1166 yilda YAssida vafot etgani aniq, tug‗ilgan yilini esa, 
aniqlash kerak. Qabri YAssi – Turkistonda. 1396-1397 yillarda Amir Temur 
qurdirgan ulkan maqbara hozir ham muqaddas ziyoratgohdir. 
Ahmad YAssaviy bir o‗g‗il, ikki qiz ko‗rgani ma‘lum. O‗g‗lining oti Ibrohim 
bo‗lib, yoshlik paytlarida vafot etgan. Gavhari SHahnoz va Gavhari Xushnoz otlig‗ 
qizlari bo‗lgan. Xo‗ja Ahmad YAssaviyning hozirda yashayotgan avlodlari 
Gavhari SHahnoz nomli qizidan tarqalgan. 
YAssaviyning nomi turk dunyosida ikki jihatdan shuhrat topgan:
1. Pir, karomatlar ko‗rsatgan avliyo. 
2.Hikmatlar muallifi bo‗lgan shoir. 
Alisher Navoiy u zot haqida: «

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish