Nasimxon rahmonov


Adibning tarjima holiga oid kuzatuvlar



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Adibning tarjima holiga oid kuzatuvlar
. Ahmad YUgnakiyning tarjimai holi 
to‗g‗risida ma‘lumot deyarli saqlanmagan. Navoiy ―Nasoyim ul-muhabbat‖ asarida 
Adib Ahmad degan nom ostida unga to‗xtaladi va uning qaysi o‗lkadan ekani, 
shaxsiyati va jismoniy holati haqida shunday deydi: ―Adib Ahmad ham turk elidin 
ermish. Aning ishida g‗arib nimalar manquldur (ya‘nig‗aroyib voqealar ko‗chirib 
qoldirilgan). Derlarki, ko‗zlari butov (ya‘ni butun) ermishki, aslo zohir ermas 
emish. Basir bo‗lub, o‗zga basirlardek andoq emas ermishki, ko‗z bo‗lg‗ay va 
ko‗rmas bo‗lg‗ay.‖
86
CHamasi, Navoiy ham Adib Ahmad haqidagi ma‘lumotlarni 
biron tarixiy manabadan olgan. Aks holda, uning shaxsiy hayotiga va fazilatlariga 
oid quyidagi ma‘lumotlarni keltirmagan bo‗lardi: ―Ammo bag‗oyat ziyrak va zakiy 
va zohid va muttaqiy (ya‘ni taqvodor, parhizkor) kishi ermish. Haq s.t. agarchi 
zohir ko‗zni yopuq yaratqandur, ammo ko‗ngli ko‗zin bag‗oyat yoruq qilg‗ondur: 
85
Қàðàìã: Ñòåáëåâà È.Â. Þқîðèäàãè àðàð, 153
-
162, 195 
-
207
-
áåòëàð. 
86
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. Фн еттинчи жилд, Насойим ул
-муҳаббат. Тошкент, Фан, 
2001, 426-бет. 


lo‗byog‗a (ya‘ni o‗yinchoqqa) ilik surtubdur va debdurki, qo‗y bukragiga 
o‗xshaydur va naxudni bamog‗i bila silab, debdurki, itolgu boshig‗a o‗xshar. 
Maskani Bag‗doddin necha yig‗och, ba‘zi debdurlar, to‗rt yig‗och yo‗l ekan‖.
87
Navoiy mazkur asarida Adib Ahmadning yoshligida – madrasa talabasi 
ekanligidayoq zukko, donishmand bo‗lgani va el og‗zida doston bo‗lganiga ishora 
qiladi. Navoiy davom etib yozadi: ―Bir kuni Imom A‘zam q.r. darsig‗a hozir bo‗lur 
erkandur va bir mas‘ala o‗rganib, bu yo‗lni yayog‗ borur erkandur. Darsda eri saffi
ni‘ol (ya‘ni poygak) erkandur. Naqledurki, Hazrat Imomdin so‗rubdurlarki, 
shogirdlaringiz arosida qaysidin andoqki ko‗nglunguz tilar, rozisiz? Bovujudi 
(ya‘ni shunday bo‗lsa ham) Imom Muhammad va Imom Abu YUsuf r. va alarning 
abnoyi jinsi (ya‘ni tengqurlar) va hamsabaqlari. Imom q.s. debdurki, bori 
yaxshidurlar. Ammo ul ko‗r turkki, saffi ni‘olda o‗lturur va bir mas‘alani mazbut 
qilib (ya‘ni xotirda saqlab), to‗rt yig‗och yo‗l yayog‗ kelib borur, andoqki kerak ul 
tahsil qilur.‖
SHundan so‗ng Navoiy Adib Ahmadning chuqur ma‘noli hikmatlari turkiy xalqlari 
orasida nihoyatda mashhur bo‗lgani to‗g‗risida dalillarini keltiradi va garchi 
―Hibatul-haqoyiq‖ asarining nomini tilga olmasa ham, ikki bayt keltiradi: ‖Va 
aning tili turk alfozi bila mavoizi nasoyihqa (ya‘ni pandu nasihatlar, o‗gitlarga) 
go‗yo (ya‘ni gapiruvchi va biyron so‗zlovchi) ermish. Xeyli elning muqtadosi 
(ya‘ni ergashtiruvchisi, imomi) ermish. Balki aksar turk ulusida hikmatu nuktalari 
(ya‘ni nozik ma‘noli so‗z, ma‘nosi chuqur so‗z) shoe‘dur (ya‘ni yoyilgan, 
tarqalgan, mashhurdir). Nazm tariqi bilan aytur ermish, aning favoididindur 
(foydaliligidandir): 
Ulug‗lar ne bersa emasman dema, 
Ilik so‗n, og‗iz ur, emasang ema! 
Va ham aningdurkim: 
So‗ngakka ilikdur, eraanga bilik, 
Biliksiz eran ul so‗ngaksiz ilik‖.
88
Adib Ahmad haqida Navoiy keltirgan dalillar afsonaomuz mazmunni 
ifodalaydi. Navoiy keltirgan naqlda Adib Ahmad Imom A‘zamning eng yaxshi 
shogirdlaridan biri, Imom A‘zamdan tahsil olgan tolibi ilm sifatida talqin qilingan. 
Abdurauf Fitrat bunga aniqlik kiritgan. U Imom A‘zamning hijriy 150 yili vafot 
etganini, ―Hibat ul-haqoyiq‖ hijriy ikkinchi asrda (―Qutadg‗u bilig‖ va ―Devonu 
lug‗atit-turk‖dan uch asr burun) yozilganini qabul etishga imkon yo‗qligini 
ta‘kidlagan edi. Fitrat uchun eng asosiy dalil – ―Hibat ul-haqoyiq‖ning til va uslub 
tomondan ―Qutadg‗u bilig‖ga yaqinligidir. ―Hibat ul-haqoyiq‖ til va uslubiga 
ko‗ra, ―Qutadg‗u bilig‖dan bir-ikki asr keyin yozilgan.
89
Fitrat asosiy dalil sifatida 
87
Алишер Навоий. Ю
қ
оридаги асар, ўша бет. 
88
Алишер Навоий. Ю
қ
оридаги асар, 426
-427-бетлар.
89
Фитрат. Танланган асарлар. 2
-жилд. Нашрга тайѐрловчи ва изоҳлар муаллифи филология фанлари 
доктори, профессор Ҳ.Болтабоев, Маънавият, 2000, 47-бет.


―Hibat ul-haqoyiq‖ bag‗ishlangan Dod Spohsolor bekning kimligi va u yashagan 
davrni oladi. Dod Spohsolor bek haqida fors shoirlaridan Sayfi Isfarangiy 
(581\1185 -666\1268) devonida ma‘lumot bor. Dod Spohsolor bek Sayfi Isfarangiy 
zamonida yashagan Farg‗ona hokimidir.
90
Navoiyning ―Munshaot‖ asarida Mirzo Badiuzzamonga yozilgan bir maktub bor. 
Badiuzzamon otasi Husayn Boyqaroga qarshi isyon ko‗taradi. Navoiy 
Badiuzzamonga nasihat tariqasida maktub yozar ekan, Adib Ahmadning quyidagi 
to‗rtligini keltiradi: 
Otadin xato kelsa, ko‗rma xato, 
Savob bil xato qilsa dag‗i ota. 
Seni yuz balodin qutqarg‗ay Xudo, 
Otaning xatosin bilgil savob.
91
Adib Ahmad ―Hibat ul-haqoyiq‖da ham o‗zi haqida quyidagicha ma‘lumot 
beradi: 
Adib Ahmad otim, adab, pand so‗zim, 
So‗zum munda qolur, borur bu o‗zum. 
SHuningdek, 
―Hibat ul-haqoyiq‖ning muallifi haqidagi ayrim izohlar, 
tushuntirishlar bu asarni ko‗chirgan kotiblar tomonidan ham kiritilgan. Jumladan, 
asarning bir qo‗lyozmasida Adib Ahmad haqida quyidagicha ma‘lumot berilgan: 
Otasi oti Mahmudi YUgnakiy, 
Adib Ahmad o‗g‗li, yo‗q ul hech shaki. 
Adibning eri oti YUgnak erur, 
Safoliq ajab er, ko‗ngullar yorur. 
Adiblar adibi fozillar boshi, 
Go‗hartin so‗z aymish, adin so‗z boshi.
SHuningdek, asar qo‗lyozmasiga kotib tomonidan yozilgan izohda shunday misra 
bor: 
Tug‗a ko‗rmas edi adibning ko‗zi.
SHoirning ko‗zi ojiz ekani to‗g‗risida Navoiy bergan ma‘lumot, qolaversa, 
―Hibat ul-haqoyiq‖ni ko‗chirgan kotiblar bergan ma‘lumotlardan shu narsa 
anglashiladiki, asarni adib og‗zaki aytib turgan va biron kotib yozib olgan.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish