keyin, yorug‗ ildizni, Xudoning erini, qop-qorong‗u ildizni, do‗zax erini bilib oldi,
eru osmonni kim yaratganini bilib oldi.
To‗qqizinchi bo‗lim –Moniylar o‗nta nazrni ado qilar edilar. Bu o‗nta nazrdan
uchtasi – og‗izniki, uchtasi – yurakniki, uchtasi – qo‗lniki, bittasi – hamma
jonzotniki. Ularni yo‗ldan ozdirgan narsalar tana sevgisi bo‗lib, chorvaga, mol-
mulkka ruju qo‗yib, g‗am-tashvishlariga o‗ralashib, o‗nta nazrni ado eta olmagan
edilar.
O‗ninchi bo‗lim – har kun Azrua xudoga, Kun va Oy xudolariga, burxonlarga aql
bilan aytiladigan madhiya bor edi. Ammo insonlar bu xudolar oldidagi qo‗rquvni
unutib, hissiyotlarini, hamdu sanolarni xudolarga bag‗ishlamadilar.
O‗n birinchi bo‗lim – beshta xudoga va pok, muqaddas yozuvlarga nazr berish
qonuni bor edi. Ammo insonlar bu ruhiy mavjudotlarga emas, balki yomon xulqli
insonga, yirtqichi jonzotlarga, moddiy narsalarga nazr berdilar, nazrlarni isrof
qildilar. Osmon nurlarini – Quyosh va Oy nurlarini insonlarga emas, zaminga
uloqtirib gunoh qildilar.
O‗n ikkinchi bo‗lim – Moniylik qonun-qoidalari bo‗yicha bir yilda ellik kun ro‗za
tutish lozim. Bu Xudo yo‗lida tutiladigan ro‗za bo‗lib, muqaddas va Xudo yo‗lida
xizmat qilishning bir ko‗rinishi edi. Ammo insonlar, avval uy-ro‗zg‗orimizni
ta‘minlaylik, deb chorva, mol-mulk yig‗aylik, deb ro‗zani unutib qo‗ydilar va
gunoh qildilar, o‗zlariga maftun bo‗ldilar, oqibatda ro‗zani buzdilar yoki qonunda
ko‗rsatilganiday ro‗za tuta olmasdan katta gunoh qildilar.
O‗n uchinchi bo‗lim – insonning gunohlariyu ayblari uchun Kun tangrisi har kun
xudolardan, muqaddas yozuvlardan, pok ruhoniylardan afv so‗rar edi. Ammo
erinchoq inson mehnatga, tashvishga o‗ralashib, gunohdan forig‗ bo‗lishga
intilmadi.
O‗n to‗rtinchi bo‗lim – yiliga etti marta qurbonlik marosimi o‗tkazilsin, bir oy
davomida nazrlar qilinsin, degan qonun bor edi. Bundan tashqari, qurbonlik
marosimi paytida ibodatxonada o‗tirib, ro‗za tutib, Xudoning elchilariga ishonib,
ulardan gunohlari uchun so‗rashlari kerak edi. Ammo insonlar bularni ado
etmaganlari uchun gunohga botdilar.
O‗n beshinchi bo‗lim – inson hamma gunohlari uchun tavba qiladi. Ularning
gunohlari avvalgi boblarda aytilgan gunohlarini – iblisning so‗ziga kirib, beshta
xudo nurini sarson qilganlari, ularning nuriga itoat etmaganlari, besh turli tanani,
besh turli maysani, daraxtni tashvishga qo‗yganlari, moniylik qonunlariga itoat
etmay, nazrlarni ado etmaganlari yoki juda ham kamaytirib tashlaganlarini, qonun
voizi bo‗lgan ruhoniylarga, muqaddas yozuvlarga ishonmasdan, ko‗p gunoh
qilganlarini yana bir marta takrorlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: