(muqaddaslik Ruhi) va Axriman (yovuzlik Ruhi) haqiqat (
osha
) va yolg‗on (
do„st
yoki
drudj
) o‗rtasida tanlov qilishiga to‗g‗ri keladi. Ular yaxshi yoki yomon
fikrlari, so‗zlari va ishlarida ana shu haqiqat va yolg‗onni namoyon qiladilar.
16
Axura Mazdada mujassamlashgan ezgulik va yovuzlikni Zardusht ijtimoiy
muammo sifatidagina ilgari surib qolmadi, balki bu muammo ijtimoiy-siyosiy
jarayondan diniy-falsafiy jarayonga aylandi va ilohiy tus oldi.
―Avesto‖dagi obrazlar – Xo‗rmuzd obrazi ―Oltun yorug‗‖da Budda timsolidan
keyin turadigan timsoldir. Xo‗rmuzdning ―Oltun yorug‗‖dagi
yana bir ismi
Kavsikiyadir. Xo‗muzd - to‗rt maxaranch tangrilarning rahnamosi, to‗rt
maxaranch tangrilar esa olamning to‗rt tomoni qo‗riqchilaridir. Xo‗rmuzd tangri
Indra
bilan birligiga va roliga quyidagicha baho beradi: ―(Ey) Kavsikiya! Sen endi
o‗lmaydigan ko‗p jonzotlarni yovuz qilmishlaridan, iflosliklaridan poklab,
haqiqiy, to‗g‗ri poklanishga etkazmoqchisan, najot topmoqlik yaxshiligi bilan
(ularni) xotirjam, xursand qilmoqchisan, (ular o‗zlarining)
xohishi bilan komil
olamga shafqat ko‗rsatib, jamiki jonzotlarga solihlik, katta foyda etkazadi(gan
bo‗lgan) lari uchun, u(lar) (uchun) bu singari nihoyatda zarur (narsani) iltimos
(qilib) so‗rayapsan‖ (III 2b-3a). Xo‗rmuzd solihlik, poklik, jamiki jonzotlarning
homiysi ramzi sifatida namoyon bo‗ladi.
―Oltun yorug‗‖dan keltirilgan bu parchani ―Avesto‖dagi Xurmuzd (Axura
mazda)ga berilgan ta‘rif va tavsiflarga solishtirib ko‗raylik. ―Avesto‖ning Gohlar
qismida Axura Mazdaning insoniyatni bu olamni gunohlardan poklaydigan
kurashchi ekanini Zardusht unga tavallo qilib, birma-bir bayon qiladi: Xo‗rmuzd –
bu olamning tanho adolatpeshasi,
ilk donishmand, Ezgu Niyatning otasi,
Haqiqatning chinakam yaratuvchisi va h.: ―Qachonki kimsa oshkor yoki pinhon
nimanidir so‗rsa, kichik gunohlardan xalos bo‗lib, ulkan gunohlardan parhez
qilmoqchi bo‗lsa, sen uni o‗zingning o‗tkir nigohlaring bilan nazorat qil va
barchani Ashah – Haqiqat nurlari ostida hidoyatga boshla‖
17
().
Xullas, Xo‗rmuzd ―Avesto‖da qanday vazifa bajarsa, ―Oltun yorug‗‖da ham o‗sha
vazifani bajaradi. YOki Zervanning vazifasi ham ―Oltun yorug‗‖da (Azrua deb
nomlanadi) ―Avesto‖dagi Zervon bilan aynidir. Masalan, ―Oltun yorug‗‖da Azrua
tangrining maskanida jonzotlar qayta tug‗ilishi uchun gunohlaridan pushaymon
bo‗lib, iltijo qilish va tavba etishi pok so‗zlar bilan yomon qilmishlarini, kirlarini,
iflosliklarini yuvib, tozalashi kerak (III 9a). Azrua ―son –sanoqsiz olamning xoni‖
(III 19a), Azrua tangri podshohlar, xonlar rioya qiladigan Rachashastir degan
qonun bitigini so‗zlagan va bitig holiga keltirgan (VIII 26a). U Buddadan, no‗m
g‗ildiragini aylantirishni – maxayana mazhabini jonzotlarga berishni iltimos qiladi
va shu orqali er yuzida
solihlikni barpo qilishni, jamiki jonzot bolalarini tinch –
omon, shod – xurram qilishni ko‗zlaydi. Umuman, Azrua tangri ―Oltun yorug‗‖da
komil jonzotlarni yaratadi va ko‗paytiradi.
Mazkur qiyoslardan ma‘lum bo‗ladiki, ―Avesto‖ va ―Oltun yorug‗‖ o‗rtasidagi
muvofiqlik O‗rta Osiyo bilan ―Oltun yorug‗‖ning ilk vatani Hindiston o‗rtasidagi
16
Элиаде Мирча. Словарь религий, обрядов и верований. Москва
-Санкт-Петербург, 1997, 141-бет.
17
Авесто. ―Шарқ‖ нашриѐт-матбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти, Тошкент -2001,12-бет. Бундан
сўнг мисоллар шу нашрдан олиниб, фақат саҳифаси кўрсатиб борилади.
tarixiy aloqalarga ishora qiladi. Ko‗p tarqalgan nuqtai nazarga ko‗ra, II ming
yillikdan oldin O‗rta Osiyodan, xususan, Amudaryo va Sirdaryo oqimi bo‗ylab
joylashgan o‗lkadan tortib, Orol va Kaspiy dengizlarigacha cho‗zilgan yurtgan
Hindistonga ariylar qabilasi bostirib kirgan (M. Mayrxofer, I.Dyakonov, T. Borrau
va boshqa ko‗p sharqshunoslar shu fikrda). Ana shu davrdan boshlab ariylarning
alohida qabilalari turga tomonga ko‗cha boshlaganlar. Bu ko‗chish miloddan
oldingi II ming yillik o‗rtalariga to‗g‗ri keladi. Ular O‗rta Osiyodan Afg‗onistonga,
u erdan Hindikush tog‗lari orqali Hindistonga – hozirgi Panjob viloyatiga
o‗tganlar. Ariy degan nomni Hindistondagi qabilalar qo‗ygan emas, balki O‗rta
Osiyodan borgan qavmlar o‗zlari bilan birga olib borganlar. Ariylar ―nafaqat
harbiy iste‘dodi bilan, balki badiiy so‗z sohasidagi iqtidori bilan ham ajralib
turganlar. Bu qabilalarning eng asosiy xazinasi madhiyalar bo‗lib,
kelgusida
jamlangan Rigvedalarning asosida ana shu madhiyalar yotgan edi‖.
18
Ariylarning
boshыa o‗lkalardan Hindistonga kirgani to‗g‗risida boshqa fikrlar ham bor, ammo
ko‗pchilik rus va Evropa sharqshunoslari ariylar dunyoning ko‗p tomonlariga O‗rta
Osiyodan tarqalganini aytadilar.
―Avesto‖ va ―Oltun yorug‗‖da Xo‗rmuzd hamda Zervan obrazlarining birligi
ularning ijodkorlari bir xalq ekanini ko‗rsatuvchi bitta dalil bo‗lsa, ikkinchisi,
Axura Mazda bilan Buddaning, Zardusht bilan tangrilar xoni Xo‗rmuzdning
faoliyatidagi o‗xshashliklardir. ―Avesto‖da Zardusht muhim qonunlar so‗rab,
Axura Mazdaga murojaat etadi, Axura Mazda jamiki er yuziga Zardusht orqali
qonunlar beradi. ―Oltun yorug‗‖dani bir misol keltirish bilan cheklanamiz:
Xo‗rmuzd maxayana yo‗l- yo‗riqlari bo‗yicha yurmaydigan insonlar o‗zlarining
qilgan himmatlaridan xursand bo‗lishga loyiqmi, deb so‗raganda, tangrilar Tangrisi
Budda shunday yo‗l-yo‗riq ko‗rsatadi: ―Qaysi bir jonzotlar xoh muqaddas
maxayana no‗midagi yo‗l – yo‗riq bo‗yicha yurishga qodir bo‗lsinlar, xoh yana
muqaddas maxayana no‗midagi yo‗l – yo‗riq bo‗yicha yurishga qodir
bo‗lmasin(lar), qodir bo‗lganlar (va qodir bo‗lmagan) o‗sha aslzodalar o‗g‗li,
aslzodalar qizi kechayu kunduz olti zamonda janub tomonga o‗ng elkalaridagi
to‗nlarini ochib, o‗ng tizzalari bilan cho‗kkalab, kaftlarini (bir – biriga)
qovushtirib, ko‗p hurmat – ehtirom (bilan) g‗oyat pok sodiq ko‗ngil bilan, bir
maqsad, idrok va his – tuyg‗ular bilan
o‗ng tomondagi
olamlarning jonzotlari
qilgan himmatli, ezgu ishlariga, ezgu sa‘y – harakatlariga muvofiq xursand bo‗lib,
sevinsa, keyin o‗sha aslzodalar o‗g‗li, aslzodalar qizi hisobsiz, tengi yo‗q himmatli,
ezgu ishlarini qiladi‖ (III 12b- 13a).
―Rigveda‖ bilan ―Avesto‖ning qarindoshligi masalasini dalillashda olimlar,
tarixiy
aloqalardan
tashqari,
lingvistik
omillarga
ham
tayanadilar.
Mutaxassislarning fikricha, ―Rigveda‖ bilan ―Avesto‖ tilining bir-biriga yaqinligi
(ayniqsa, ―Rigveda‖dagi mandal va ―Avesto‖dagi gohlar) shu darajadaki, ba‘zan
ikkala yozma manbadagi matn bir arxaik matnning ikki variantiga o‗xshab
ko‗rinadi, faqat tovushlar mosligi qoidalarida farq bor, xolos. Ana shu yaqinlik
tufayli ham ayrim olimlar o‗tgan asrning boshlarida ―Avesto‖dagi ayrim she‘riy
18
Елизаренкова Т.Я. ―Ригведа‖
– великое начало индийской литературы и культуры. ―Ригведа‖ китобида.
Москва,‖Наука‖, 1989, 496-бет.
parchalar ―Rigveda‖ tiliga tarjima qildilar. SHunda ma‘lum bo‗ldiki, ―Avesto‖ tili
bilan vedalar tili o‗rtasida qatta farq bo‗lmagan.
19
Vedalar tili qadimgi hind
eposlari va mumtoz sanskrit she‘riyati tilidan ko‗ra, ―Avesto‖ tiliga yaqinligi
allaqachon isbotini topgan.
Har ikkala manbaning matnlari o‗rtasidagi yana bir yaqinlik poetik nutqdadir.
Ikkalasidagi mifologik meros ham birdir – ikkalasi ham ariylar mifologiyachidan
oziqlangan. Diniy tizim esa ―Avesto‖ va ―Rigveda‖da farqli bo‗lgani
uchun har
ikkalasida ham bu tizim o‗z yo‗lidan ketib, rivojlandi. Til va mifologik merosning
har ikkala manbada birligi ayrim so‗zlarning ma‘no va vazifa jihatidan
yagonaligida ma‘lum bo‗ladi: ―Rigveda‖da –
Do'stlaringiz bilan baham: