Nasimxon rahmonov


Asarning tuzilishi va boblar tahlili



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Asarning tuzilishi va boblar tahlili
. ―Hibat ul-haqoyiq‖ 254 baytdan iborat. 
Adib Ahmad asarning tuzilishi haqida to‗xtalib: ―Tuzattim bu o‗n to‗rt bob ichra 
so‗zum‖ deb yozadi. Ammo asarning ko‗chirish jarayonida kotiblar ayrim boblarni 
ko‗rsatuvchi sarlavhalarni tushirib qoldirganlar. SHu bois asar boblari miqdori 
kamayib ketgan.
Adib Ahmad asarini yozishda SHarq adabiyoti an‘analarini davom ettiradi. 
Birinchi bob hamd bilan boshlanadi: YAratganga hamdu sano, Uning rahmatiga 
umidvorlik, asarni yozishdan Undan madad tilash, YAratganning borligini jamiki 
yaratilgan narsalar ko‗rsatib turgani, o‗likdan tirikni, tirikdan o‗likni yaratishi, 
qudrat egasi yagona Tangridan boshqasi yo‗qligi haqida aytadi. 
Ikkinchi bob na‘tdan - Payg‗ambarning madhi, yaratilgan payg‗ambarlar 
orasida unga teng keladigan yo‗qligi, uni madh etishdan til lazzatlanishi, tilga 
shakar va asal bag‗ishlashi kabilardan iborat. SHuningdek, to‗rt xalifa – Sodiq 
(Hazrati Abu Bakr), Foruq (Hazrati Umar), Zayn nurin (Hazrati Usmon), Ali ham 
madh qilinadi. 
Uchinchi bobda Adib Ahmad Dod Spohsolor bekka hamdlar aytadi: podshoh, 
ya‘ni Dod Spohsolor bek aql-hush, yaxshi xislatlarga boy, bilimdon, jamiki 
fazilatlar unda mujassamlashgan. Bu podshoh Simak yulduzi – Baliq quyrug‗i deb 
ataluvchi yulduzlardan ham yuksak himmatli, saxvatli, raiyat dardiga darmon 
shohdir. U xalqqa shafqati, ammo g‗azablanganda, arslonga o‗xshaydi. Quvvat 
bobida Umarday navqirondir, saxovat bobida Usmonday yuksak himmatlidir. U 
shu darajada tetikki, tetikligi fazodan ham baland, insof va adolatda No‗shirvondek 
odildir. Uning saxovatidan hatto osmondagi bulutlar ham uyaladi, dushmanlari 
ham uning xislatlariga amindir. Barcha xislat va fazilatlarni muruvvatli, saxovatli 
ulug‗ Tangri shohga ato qilgan.
Bu hamdu sanolardan so‗ng Adib Ahmad quyidagicha lutf qiladi: 
Okush az teb aymas bezizlar tengiz, 
Bulut hadya qilsa ushaq qatrani. 
[Agar bulut bir zarracha tomchi suv hadya qilsa, dengiz oz demay to‗lqinlana 
beradi.] 
Tengiztin karimrak shahim ming qata, 
Qabul qilsa tan yoq bu az hadyani 
[Dengizdan ming qayta shohim ulug‗roq, bu ozgina arzimas hadyani qabul qilsa 
ajab emas, deb umid qilaman]. 
Asarning to‗rtinchi bobida Adib Ahmad Dod Spohsolor bekning nomi olamda 
mangu qolsin deb bu kitobni yozganini, bu kitobni o‗qiganlar shohning haqiga duo 


qilishlarini, o‗qimishli, savodli kishilar bu kitobdan foydalanishlarini umid va niyat 
qilib bayon etadi. 
―Hibatul-haqoyiq‖ning maqsadi beshinchi bobdan boshlanadi. Adib Ahmadning 
maqsadi – pandnoma adabiyotlariga xos komil insonni tarbiyalashning muhim 
omili bo‗lgan ilmning manfaati, jaholatning zarariga e‘tibor qaratish va kitobxonga 
etkazishdir. Insonning saodati kaliti ilmdadir, deydi Adib Ahmad. Bu o‗gitni 
―Qutadg‗u bilig‖ da ham ko‗rib o‗tgan edik. Ilm nafaqat insonning hayotida, balki 
davlat va jamiyatni boshqaruvda ham hukmdorlar uchun asosiy qurol.
Adib Ahmad bilimning ahamiyati haqida so‗zini davom ettirar ekan, shunday 
bir mantiqli o‗xshatish qiladi va bilimni qimmatbaho narsa kabi inson avaylashi va 
beqadr narsa inson uchun keraksiz ekanini ta‘kidlaydi: 
Bahaliq dinar ol biliklik kishi, 
Bu jahil biliksiz bahasiz bishi. 
[Bilimli kishi baholik dinordir, ilmsiz johil kishi qimmatsiz emish kabidir].
Adib Ahmad ilmli odamning yuksakligini, ilmsiz odamning esa tubanligini 
ta‘riflab, bu ikki toifa hech qachon teng bo‗la olmasligini shunday yozadi: 
Biliklik, biliksiz qachan teng bolur, 
Biliklik tishi – er, jahil er – tishi. 
[Ilmli kishi bilan ilmsiz kishi qachon teng bo‗ladi?! Bilimli xotin kishi – er 
kishidir. Bilimsiz erkak – xotin kishidir]. 
Adib Ahmad ilmning afzalliklari to‗g‗risidagi o‗gitlarini davom ettirar ekan, 
suyakning mazmuni ilik bilan bo‗lgani kabi, insonning ko‗rki ham aql va tafakkur, 
ilm ekanini ta‘kidlagan holda, ilmli va ilmsiz odamlarning taqdirigi oid hayotiy 
dalillar keltiradi: ilmli kishilarning oti mashhur bo‗ldi, bilimsiz kishilar esa 
tiriklayin o‗ldi, ularning ko‗rguligi shu bo‗ldi, deb quvonchlarini ham, afsus-
nadomatlarini ham yozadi.
Adib Ahmad shu tariqa tazod san‘atidan foydalangan holda ilmlilikning inson 
uchun katta fazilat va ilmsizlikning og‗ir fojia ekani to‗g‗risidagi qarashlarini 
davom ettiradi, insonni bilimli bo‗lishga da‘vat qiladi. Ahmad YUgnakiy ilmlilik 
va ilmsizlikni faqat ma‘lum shaxsiyatlarga xos fazilat va illat sifatida qaramaydi, 
balki bu ikki narsaning ostida jamiyatning manfaati va fojiasi borligiga ishora 
qiladi.
Adib Ahmad ilmli va ilmsiz odamlar to‗g‗risida so‗z yuritganda, faqat fanning 
ma‘lum bir sohasiga oid dunyoviy ilmlarnigina nazarda tutmagan. Ilm, ma‘rifat 
tushunchalari hamma davrda ham keng ma‘noni ifoda etgan. Ilmli odam – 
dunyoqarashi keng, mulohazali, diniy bilimlarni ham puxta egallagan va ularga 
rioya qiladigan, zukko, hayotiy tajribasi katta, jamiyatdagi, insonlar o‗rtasidagi 
munosabatlarni noziklik bilan ilg‗ab oladigan va shunga qarab fikr yuritadigan, 
inson ko‗ngliga ozor bermaydigan va hokazo xislatlarga ega zotlardir. Oltinchi 
bobda ilm o‗rganish haqida alayhissalomning aytganlariga to‗xtalar ekan, ilmsiz 
odamga to‗g‗ri so‗z ham ma‘nisiz bo‗lib tuyuladi, unday toifaga o‗git foydasizdir, 
deb hukm chiqaradi. Johil, nodon kimsalar ma‘rifatning qadrini aslo 


bilmasliklarini, ular har qancha yuvinsa ham pok bo‗lmasligini afsus bilan qayd 
etadi.
Ettinchi bob oldingi bobning mantiqan davomidir. 
Sakkizinchi bobda muhim masalalar ko‗tarilgan. Bular – tilni tiyish va odob-
axloq haqida. Mazkur bob targ‗ib-tashviq ma‘nosida emas, balki insonni 
ogohlantiradi, to‗g‗ri yo‗lni ko‗rsatadi, mulohazali bo‗lishga, har bir so‗zni o‗ylab 
gapirishga da‘vat qiladi.
Tiling bekta tutg‗il, tishing sinmasun, 
Qali chiqsa bekta, tishingni siyur, - 
[Tilingni tiy, tut, tishing sinmasin, agar so‗zlab yuborsang, tiling chiqib qolsa, 
tishingni sindiradi] deb oddiy hayotiy haqiqatni anglashga o‗rgatadi. 
Mulohazakorlik, o‗ylab so‗zlash aqlli odamga munosib. ―Ko‗p vaysagan til 
ayamaydigan yovdir,.. achchiq, erk berilgan til bir kun boshingga etadi‖ deb 
kitobxonni balo-ofat tildan kelishi haqida ogohlantiradi, o‗tmishda ko‗p odamlar 
tilining dastidan boshidan judo bo‗lgani haqida dalillar keltiradi. 
To‗qqizinchi bob – aqldan ozish, til jarohati va uni tiyish haqida. Bu bob ham 
oldingi bobda ko‗tarilgan masalalarni davom ettiradi. Aqldan ozish degani -
tabiatan telba bo‗lib qolish degani emas, balki aqlsizlik , ahmoqlik tufayli tilga erk 
berib, nodonlarcha so‗zlash deganidir. Adib tili dastidan o‗kinganlar ko‗p, deb 
o‗tmishga ishora qiladi, tilni tiyganlar orasida esa bunaqasi bo‗lmagan, inson 
yaxshilikni ham, yomonlikni ham tilidan ko‗radi, deb uqtiradi.
Bundan keyingi boblarda dunyoga muhabbat qo‗yish eng katta xato ekani, 
sazovatning samarasiyu baxillikning oqibatlari, tavozelik manaati, kibrlik va 
harislikning zarari to‗g‗risidagi o‗gitlardan iborat. Dunyo bir yolg‗onchi, sarobga 
o‗xshaydi, yuzini bir ko‗rsatib, keyin qochadigan narsa. Bu olamda insondan 
qoladigan yaxshi nomdir, yaxshi nom qoldirish uchun takabburlikdan, 
manmanlikdan tamomila uzoq bo‗lish, tavozega amal qilish, dunyo moliga ruju 
qo‗ymaslik. Inson mol –dunyosigi ishonib o‗zini kiborli tutadi, ulug‗likka qo‗l 
cho‗zishining sababi ham mol –dunyosi tufaylidir - Adib Ahmad mana shu 
illatlardan xalos bo‗lishga da‘vat qiladi. Mol –mulk, boylik hech kimga vafo 
qilmaganini, narigi dunyoga hech narsasiz yalang‗och ketishi haqidagi azaliy 
hikmatlarni baytlariga singdiradi. Odam ato bilan Momo Havoni misol qilib 
keltiradi.
Adib Ahmadning mol –dunyoga hirs qo‗yish, odamzodning nafsi va ehtiyoji 
cheksizligi, bir ikki vodiy to‗la oltini bo‗lsa ham, uchinchisini istashi haqidagi 
dalillari ―Qutadg‗u bilig‖da O‗zg‗urmishning O‗gdulmishga bergan o‗gitlariga 
hamohangdir. Har ikkala asardagi didaktik ruh bilan bir qatorda, o‗z davridagi 
faqirlikni ixtiyor qilib yashash haqida keng tarqalgan aqida ikkala asarga birday 
ta‘sir ko‗rsatgan. Qolaversa, hadislar (darvoqe, ―Hibatul -haqoyiq‖dagi har bir bob 
sarlavhalari hadislarga tayanadi)dagi faqirlik haqidagi pandlar ham har ikkala 
asarda bu olamning mol –dunyosidan voz kechish, mol –dunyo deb inson o‗zini 
o‗qqa–cho‗qqa urishini qoralaydi. SHu boisdan ham ―Hibat ul-haqoyiq‖ning 
keyingi boblarida Muhammad a.s. ning tavozelikni oshirish va kibrlikni tashlish 
to‗g‗risida; harislik haqida; insonlarning ikki ―vodiy‖ to‗la oltini bo‗lsa ham 
uchinchisini istashi haqida; Tangrining buyrug‗i va shafqatiga itoat qilish haqida; 


g‗azabni engish, Tangrining har narsaga qodirligi, imonga erishish yo‗llari, Uning 
Rasuliga sadoqat va Ollohning muhabbatiga etishish to‗g‗risida: ibodat orqali 
sevinchni kutish haqida; ming do‗stdan bir dushman ko‗p ekani haqida aytganlari 
komil insonni shakllantirish yo‗lidagi katta qadamlar edi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish