qilurg‗a hukmlar ham joriy bo‗ldi va so‗z uslubig‗a ta‘yinlar va adosig‗a ta‘limlar
ham izhori bo‗ldi‖.
137
Bu voqea turkiy adabiyot tarixida katta siyosiy, madaniy va
ijtimoiy ahamiyatga molik bo‗ldi.
Navoiy Husayn Boyqaroni etuk shoir sifatida ko‗rsatishdan avval, uning
shaxsiyati haqida, iste‘dodini vujudga keltirgan omillar haqida ―Majolis un-
nafois‖da so‗z yuritadi.
Jumladan, Husayn Boyqaroning shajarasi haqida
―Nasabnoma‖ bitilgan, ammo Navoiy bu ―Nasabnoma‖ni kim bitganligi haqida
tazkirada
aytmagan.
Uning
ta‘riflashiga
ko‗ra,
Husayn
Boyqaro
―Nasabnoma‖sining har sahifasi shunchalik go‗zal qilib bezalganki, Moniyning
suratlari o‗za bezaklar qarshisida xijolatda qoladi. Boyqaroning obro‗-e‘tibori,
dong‗i sharhida ―Nasabnoma‖dagi voqealar bitilgan
har bir sahifa CHin
suratxonalarini uyaltiradi. SHuningdek, Husayn Boyqaroning shonu shavkati,
tafakkur olami haqida Navoiy so‗z yuritib, Jamshid va Iskandarning bilganlari
ham, qilganlari ham uning oldida hechdir va h.
Husayn Boyqaro biz uchun ulug‗ shoir sifatida qadrli. Navoiy uning devoni
haqida quyidagicha ma‘lumot beradi: ―Ul hazratning (ya‘ni Husayn Boyqaroning –
N.R.) xub ash‘ori va marg‗ub abyoti bag‗oyat ko‗pdur
va devon ham murattab
bo‗lubdur. Devon ibtidosidan bunyod qilildi va har g‗azaldin bir matla‘ yozildi‖.
SHundan so‗ng Husayn Boyqaro devonidagi har bir g‗azalning matla‘ini
keltiradi.Navoiy ―Majolis un-nafois‖da Husayn Boyqaro huzurida o‗tkaziladigan
anjumanlarni ―oliy majlis‖ deb yuritilgani va bunday majlisda eng etuk asarlar
o‗qilgani va muhokama boisi bo‗lgan to‗g‗risida ma‘lumot beradi. Navoiy
―Majolis un-nafois‖ning VIII bobini Husayn Boyqaroga bag‗ishlagan va uning
devonidan 164 g‗azalning matla‘ini keltirgan. SHoir Husayniy qo‗llagan poetik
obrazlar, vositalar, shoirning she‘riyatdagi ixtirolari yuzasidan fikr yuritgan. Misol
sifatida ―Majolis un-nafois‖da Husayn Boyqaroning devonidan ―alif‖
harfiga
keltirilgan matla‘ni olib ko‗raylik. Navoiy baytni keltirishdan oldin bayt
mazmunini sharh qilib, mahbubning haddan ortiq iltifotidan behol bo‗lgach,
hushsizlarcha o‗sha iltifotni izhor qilish ma‘nosida quyidagi matla‘ ajoyib
ifodalanganini aytadi:
Evrulub gul boshig‗a bulbul visol o‗lgay anga,
Gul aning boshig‗a evrulsa, ne hol o‗lg‗ay anga.
(Bulbul gulning boshida aylanib, unga erishmoqchi bo‗ladi;
Agar gul bulbulning boshida aylansa, uning holi qanday bo‗larkin.)
Mana shu baytning o‗ziyoq Husayn Boyqaroning turkiy she‘riyat homiysigina
emas, balki amalda nihoyatda nozik didli shoir ekanini ko‗rsatib turadi.
Husayn Boyqaroning mahorati, iqtidori shu qadar baland bo‗lganki,
boshqa
turkigo‗y shoirlar amalda istifoda eta olmagan g‗azalga mahorat bilan yondashadi.
Masalan, uning devonidagi ―se‖ harfiga bitilgan baytni keltirishdan oldin Navoiy
quyidagi sharhni beradi: ―Bu harfda turk shuarosining malik ul-kalomlari she‘r
aytmaydurlar, balki ayta olmaydurlar, to anga ne etgayki, bu muqobalada kishi oni
keturgay yo nisbat bergay . Bu matla‘ tarifida muncha basdur:
137
Ўзбек адабиѐти тарихи. 2 том. Тошкент, Фан. 1977, 426-бет.
YOr ko‗yidin o‗tarda ko‗rguzur bu zor maks,
So‗z desa dog‗i javobida qilur bisyor maks
(Bechora oshiq mahbubasining ko‗chasidan o‗tganda, bu bechora to‗xtab qoladi;
Mahbuba bir so‗z aytsa, javob berolmay, yana ko‗proq to‗xtab qoladi)‖.
Oshiqning ma‘shuqa oldida ojizu notavon holatini shoir ana shunday tavsif etadi.
Navoiy Husayniyning etuk she‘rlariga yuksak baho beradi, ayniqsa uning she‘rlari
turkiy tilda yozilganligini alohida ta‘kidlaydi (misol).
Zahiriddin Muhammad Bobur ham ―Boburnoma‖da Husayn Boyqaroning
faoliyatiga yuksak baho beradi. ―Sulton Husayn Mirzoning zamoni ajab zamona
erdi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hiriy shahri mamlu erdi. Har
kishingikim, bir ishga mashg‗ullug‗i
bor erdi, qimmati va g‗arazi ul erdikim, ul
ishni kamolg‗a etkurgay‖. (Boburnoma, Toshkent, 1960, 239-240-betlar.)
Husayn Boyqaro Navoiyga bag‗ishlab ―Risola‖ ham yozgan. ―Risola‖ ―Munojot‖
ruhida yozilgan. Misol.―Risola‖da ham shoh, ham shoir bu olam saodati va cheksiz
ne‘matlariga etkazgani, Jomiy va Navoiy kabi allomalar bilan zamondosh,
hamnafas qilgani uchun Xudoyi Taologa shukrona aytadi.
Xulosa
Biz o‗zbek mumtoz adabiyotining eng qadimgi davrlardan XU asrning birinchi
yarmigacha bo‗lgan tarixi bilan tanishib chiqdik. Mazkur qo‗llanmada
ilk marta
islomgacha bo‗lgan davr turkiy, ya‘ni o‗zbek adabiyotining vujudga kelishi va
tarixiy taraqqiyoti, shuningdek, ―Qisasi Rabg‗uziy‖, ―Nahjul- farodis‖,
―O‗g‗uznoma‖, ―Jome‘ut-tavorix‖, ―To‗rt ulus tarixi‖ kabi bir qator e‘tibordan
chetda
qolib kelgan badiiy, tarixiy-adabiy asarlar oliy o‗quv yurtlari dasturiga
kiritildi va mazkur qo‗llanmadan ham joy oldi. Albatta, hali qo‗llanmada jiddiy
yoritilishi zarur bo‗lgan masalalar bor.