Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/84
Sana24.12.2022
Hajmi0,72 Mb.
#895617
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84
Bog'liq
ona tili 2qism 11 uzb

 
 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Nima uchun urg‘u talaffuzi kishi saviyasining oynasiga qiyoslanadi?
2. O‘zlashma so‘zlarda urg‘uni qanday aniqlash mumkin?
3. She’rni o‘qing. Shoir o‘zbekona mehmondo‘stlikni ikki so‘z misolida 
qanday ta’riflayapti?
Meva berdi yetilib bu yil
Men bog‘imga o‘tqazgan nihol.
Mevalarki, cho‘g‘day qip-qizil,
Husni yoqut, shirinlikda bol.
http://eduportal.uz


19
Lablaridan tomizib sharbat,
Ol, ye, deydi, armonda qolma.
Lekin shunga hayronman faqat,
Nega uni deydilar: „olma“?
Olma eksa bog‘iga har kim,
Mehmoniga ol, ye demasmi?
„Olma“ mening mehmondo‘st xalqim
Odatiga yot so‘z emasmi?
Meva berdi yetilib bu yil
Men ardoqlab o‘stirgan nihol.
Olmalarki, shafaqday qizil,
Lekin nomi „olma“ emas, ol…
(
Erkin Vohidov)
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
5.1- topshiriq.
Urg‘u ma’no farqlaydigan 5 juft so‘z toping va gaplar tuzing.
5.2- topshiriq.
Teleradio suxandonlarining o‘zlashma so‘zlar urg‘usini to‘g‘ri 
qo‘ymay talaffuz qilishi omma nutq madaniyatiga qay darajada ta’sir etadi? Fikringizni 
teleko‘rsatuvlardan suxandonlarning nutqlarini videoyozuv qilib ko‘chirib olish va ular 
talaffuzidagi farqlarni izohlash orqali bayon qiling.
6- mavzu. QO‘SHIB YOZILADIMI, AJRATIB? 
6.1- mashq.
Matnni tinglab, unga sarlavha qo‘ying.
Namozshom. Radioda konsert bo‘lyapti. „Endi „Cho‘li Iroq“ni tinglang“. 
Baxtiyor radioni o‘chirmoqchi, sug‘urib olib hovliga irg‘itmoqchi bo‘ldi. Lekin
qandaydir kuch, iroda uni bu fikridan qaytardi. „Radioda, kuyda nima ayb? 
O‘chirganim bilan...“ Qo‘shtabaqa eshik kesakisiga suyanib, poyabzali iplarini 
yecharkan, kuyning sirli-sehrli to‘riga ilinib qolganini – berilib tinglayotganini 
o‘zi ham sezmasdi. Satodan taralayotgan mungli ohang ich-ichiga kirayotganday, 
yurak pardalarini zirillatayotgandek bo‘ldi. Endi bu jon o‘rtaguvchi navo ichidan 
eshitilayotganday tuyildi.
http://eduportal.uz


20
O sehrli kuy! Necha-necha asrlardan buyon qancha-qancha odamlarning 
yura gini zirqiratasan? Ne-ne toshbag‘irlarni mumday eritmading? O buyuk xalq! 
Ona xalqim! Sening betimsol dahongga ta’zim! Ming bor tasanno! Shu kuyla-
ring, shu sehrkor mo‘jizalaring bo‘lmaganda, farzandlaring shu qadar muloyim-u 
oqko‘ngil, odamoxun va bag‘rikeng bo‘larmidi! Ming-ming bor qulluq senga, 
ona xalqim!
Kuyning ko‘z ilg‘amas to‘ri Baxtiyorni mahkamroq siqib borardi. U nigo
-
hini bir nuqtadan olmay, tubsiz-nihoyasiz o‘yga g‘arq bo‘ldi. Kitoblarda o‘qigani, 
kinofilmlarda ko‘rgani, rahmatli buvasidan eshitganlari – o‘tmish, g‘amli-alam
-
li o‘tmish ko‘z oldiga keldi. Kuy o‘sha uzoq-uzoq moziy haqida, uning yurak-
yuraklarni silqituvchi dardlari haqida yig‘lab-yig‘lab, faryod solib-faryod solib 
hikoya qilardi. 
Olis-olislardan kimningdir nolakor, ammo shiddatli, isyonkor, mardona sa
-
dosi chalindi qulog‘iga:
Baski, qo‘ydim men falakning yelkasiga g‘am yukin, 
Kiydi motam to‘nini-yu, bo‘ldi qaddi ham duto…
Eshik qars ochilib, Muhabbat kirdi. Chiroqni yoqdi. 
– Sizga nima bo‘ldi?
Baxtiyor gapirmadi. Faqat „jim“ degandek qo‘lini ko‘tardi-da, radioga ishora 
qildi. Shundagina Muhabbat kuyni eshitdi. U Baxtiyorga qaradi. Qaradi-yu, uning 
ko‘zlarida yaltirab turgan yosh tomchilarini ko‘rdi. 
… Kuy tindi. (
M. Hazratqulov
)
1. O‘zbek musiqasining durdonasi bo‘lmish „Cho‘li Iroq“ni tinglaganmisiz?
2. Sehrli kuyning ajoyib ta’siri haqida qanday hayotiy voqealarni bilasiz? 

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish