Tavsiya etilgan so‘zlar: Sobir Rahimov, baynalmilal jangchilar, yoshlar, har-
biylar, ichki ishlar xodimlari, kabutarlar.
15.3- mashq.
Adabiy bilimingizga tayanib, berilgan ifodalarga mos ijodkorlar nomini
aniqlang. Ro‘yxatni davom ettirish bo‘yicha musobaqalashing.
1) g‘azal mulkining sultoni;
2) millatni birlikka chorlagan shoir;
3) o‘zbek romanchiligi maktabining asoschisi;
4) o‘zbek she’riyatida vafo va sadoqat timsoli;
5) qisqa hikoyalar ustasi;
6) vaqtga haykal qo‘ygan shoir.
Nazariy matn
Tasviriy ifoda
– narsalar nomining bo‘yoqdor muqobili bo‘lgan birikma. U
uslubiy chegaralangan, ko‘proq publitsistikaga xos:
1. Yoshlarning
aql gimnasti-
kasi
ga qiziqishlari ortib bormoqda. 2.
Oltin qanot
qushlar
uchsin.
Tasviriy ifoda
tushunchani bildirishi bilan so‘zga teng, lekin bo‘yoqdorligi bilan farqlanadi.
Tasviriy ifodaga ham omonimlik xos.
15.4- mashq.
Ikki guruhga bo‘lining va
„Kim topqir?“
bellashuvini tashkil qilib,
jadvalni to‘ldiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |