Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Metafora yo‘li bilan hosil qilingan iboralarga misol keltiring.
2.
Kalima keltirmoq va kalima o‘girmoq
iboralari orasida qanday farq bor?
Misollar bilan tushuntirishga harakat qiling.
3. Suhbat matnini o‘qing. Unda qo‘llangan iboralarning izohli lug‘atini
tay yorlang.
– Anavi xolang jag‘i tinmay biram sayradi, biram sayradi. Eshitib o‘tiraverib
bag‘riginam xun bo‘ldi.
– Tavba, aravani quruq olib qochganini qarang. Suprasida chaksa un yo‘q,
uyida sichqonlar hassa tayanib qolgan, lekin tom boshida qo‘sh tandir, deb shu
-
naqalarni aytishadi-da.
– Lom-mim demay, hammasini ichimga yutdim. Bir oyog‘i yerda, bir
oyog‘i go‘rda odam bilan tortishib, nima baraka topdim?
– Ha, burgaga achchiq qilib, ko‘rpani kuydirganingiz qolardi. Tortishmay
yaxshi qilibsiz. Bir kuni insofga kelib qolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |