Nashrga ruxsat etaman


О„zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

О„zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti. 
О‗zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyati 
doirasida munosib о‗rin olishida Birlashgan Millatlar xalqaro nufuzli tashkilotlari bilan 
hamkorlik aloqalarini yо‗lga qо‗yishi katta ahamiyatga ega edi. 1992 yil 29-
yanvarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi о‗zining 737-
sonli Qarorini ovozga qо‗ymasdan qabul qildi va Bosh Assambleyaga О‗zbekiston 
Respublikasini BMTga qabul qilishni tavsiya etdi. 
1992 yil 2-martda BMT Bosh Assambleyasining 46-sessiyasida О‗zbekiston 
Respublikasi ovozga qо‗yilmasdan, yakdillik bilan ma‘qullash asosida Birlashgan 
Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi 
oldida О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i kо‗tarildi. 1993 yil 24-
avgustda BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi. BMTda О‗zbekiston 
Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. 
О‗zbekiston BMTning tо‗laqonli a‘zosi sifatida bu tashkilotning 
yig‗ilishlarida ishtirok etishi bilan о‗zining xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonini 
davom ettirdi. О‗tgan davrda о‗zaro aloqalar izchil rivojlandi. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, Shavkat Mirziyoyevning О‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti etib saylanishi bilan О‗zbekiston bilan BMT о‗rtasidagi 
hamkorlik aloqalari yangi bosqichga kо‗tarildi. Xususan, 2017-yil 10-iyun kuni 


Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning uchrashuvida 
global xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik 
muammolarni hal etish masalalari kо‗rib chiqildi. Tashrif davomida BMT bosh 
kotibi Qoraqalpog‗istonga tashrif buyurdi. Dastlab, Nukus shahriga, sо‗ng 
Mо‗ynoqda Orol dengizining «kemalar qabristoni»ni kо‗zdan kechirib, mahalliy 
aholi bilan uchrashdi. 
2017 yil 19-sentabr kuni О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etib, oliy 
darajadagi yalpi majlisida nutq sо‗zladi. Shavkat Mirziyoyev о‗z nutqida, 
―...Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar 
amalga oshirilmoqda. Ulardan kо‗zlangan maqsad - «Inson manfaatlari hamma 
narsadan ustun» degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor 
ahamiyatga ega bо‗lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan 
iborat‖, - deb ta‘kidlagan holda quyidagi asosiy yо‗nalishlarga jahon e‘tiborini 
qaratishni sо‗radi: 

О‗zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning ma‘no-mazmuni, 
maqsadi va ahamiyati; 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro munosabatlardagi hal qiluvchi roli, 
bu tashkilotni bosqichma-bosqich isloh qilish, Xavfsizlik Kengashini bugungi kun 
talablariga 
mos 
ravishda 
kengaytirish, 
tashkilotni 
boshqarish 
tizimini 
takomillashtirish; 

О‗zbekiston о‗zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor 
ahamiyat qaratayotgani, qо‗shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarining 
rivojlanishi; 

Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol fojiasi 
oqibatlarini bartaraf etishda xalqaro miqyosdagi say-harakatlarni faol birlashtirish; 
Afg‗on muammosini hal etish bо‗yicha konstruktiv ruhdagi fikr va takliflar; 

Terrorizm va ekstremizm bilan bog‗liq tahdidlarga qarshi kurashishda faqat 
ularning oqibatlari bilan emas, balki sabablari bilan ham kurashish; 

О‗zbekiston hech qanday blokka qо‗shilmaslik maqomini saqlab qolgan 
holda, ochiq muloqotga tayyor ekani, barcha sheriklari bilan tinchlik, taraqqiyot va 
farovonlik yо‗lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligi. 
2017 yil 19-sentabr kuni О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan ham uchrashdi. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu nutqining amaliy natijasi sifatida 2017 
yil 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida BMT shafeligida Markaziy Osiyoda 
xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta‘minlash bо‗yicha ―Markaziy Osiyo: yagona 


tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yо‗lidagi hamkorlik‖ 
mavzuida xalqaro konferensiya bо‗lib о‗tdi. 
2018 yil 21-noyabrda Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibining о‗rinbosari, 
Jeneva shahridagi BMT bо‗linmasi bosh direktori Maykl Myullerni qabul qildi. 
Muloqot davomida О‗zbekiston Respublikasining BMT bilan ikki tomonlama 
hamkorligi rivojlanishining istiqbollari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun 
tartibidagi muhim masalalar muhokama qilindi. Orol iqtisodiy halokati oqibatlarini 
yumshatish bо‗yicha dunyo hamjamiyati harakatlarini birlashtirishga alohida 
e‘tibor qaratildi. Tomonlar, shuningdek, Afg‗onistondagi vaziyatni tartibga 
solishda har tomonlama kо‗mak kо‗rsatish masalalarini kо‗rib chiqdi. 
Hozirgi kunda О‗zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining say-
harakatlari natijasida О‗zbekistonda BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD), 
Aholishunoslik jamg‗armasi (YUNFPA), Bolalar jamg‗armasi (YUNISEF), Jahon 
sog‗liqni saqlash tashkiloti (JSST), Ta‘lim, fan va madaniyat masalalari bо‗yicha 
tashkiloti (YUNESKO), Narkotiklar va jinoyatchilik bо‗yicha boshqarmasi (NJB), 
OIV/OITS bо‗yicha birlashgan dasturi (YUNEYDS), Gender tengligi hamda 
ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalari bо‗yicha tuzilmasi (BMT 
- ayollar), Markaziy Osiyoda Preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi, Xalqaro 
mehnat tashkiloti (XMT), BMTning oziq-ovqat va qishloq xо‗jaligi tashkiloti 
hamda BMT TD rahbarligi ostida BMT kо‗ngillilar dasturi vakolatxonalari tashkil 
topgan. Tashkilot faoliyatiga, shuningdek, mamlakatda vakolatxonalari bо‗lmagan 
agentliklar, jumladan, BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti, Atrof-muhitni 
muhofaza qilish dasturi va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi kо‗mak 
bermoqda. Jahon banki ham mustaqil ixtisoslashgan muassasa sifatida BMTning 
О‗zbekistondagi faoliyatiga muhim hissa qо‗shib kelmoqda. 
Xullas, mustaqillikning dastlabki yillaridan to shu kunga qadar 
mamlakatimizning ushbu tashkilot bilan hamkorlik aloqalari yaxshi yо‗lga 
qо‗yildi. Butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotga kо‗maklashish, yadro quroli tarqalishining oldini olish 
yо‗lida jahon hamjamiyatini birlashtirishga intilayotgan BMT О‗zbekistonning 
xalqaro miqyosda tinchliksevar tashqi siyosatini keng qо‗llab-quvvatlab kelmoqda. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish