Nashr etilgan 28/07/2021 - 13:01
Chop etish versiyasi
O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiya holati viloyatlar kesimida
Urbanizatsiya - aholining ijtimoiy-kasbiy va demografik tuzilishida ijobiy o‘zgarishlarga, uning turmush tarzi hamda madaniyati sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilishiga ko‘maklashuvchi jamiyat va iqtisodiyotni rivojlantirishda shaharlarning ro‘lini oshirish, shuningdek, shahar infratuzilmasini shakllantirish jarayoni hisoblanadi. Ushbu rasmlar viloyatlar kesimida urbanizatsiya holatini tasvirlaydi. Viloyatlarning qaysi qismida urbanizatsiyani rivojlantirish kerakligi, aholining zich joylashuvi tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda shahar aholisi – 17 487 ming kishi (50.6%), Qishloq aholisi – 17 071.4 ming kishi (49.4%) tashkil etadi.
Shulardan,
· Toshkent viloyati: shahar aholisi – 1 469.6 ming kishi (49.1%), qishloq aholisi – 1 524.4 ming kishi (50.9%), urbanizatsiya darajasi - 49.1%;
Sirdaryo viloyati: shahar aholisi – 366.9 ming kishi (42.6%), qishloq aholisi – 494.2 ming kishi (57.4%), urbanizatsiya darajasi - 42.6%;
Jizzax viloyati: shahar aholisi – 659.9 ming kishi (46.8%), qishloq aholisi – 750.7 ming kishi (53.2%), urbanizatsiya darajasi - 46.8%;
.
Samarqand viloyati: shahar aholisi – 1 458.6 ming kishi (37%), qishloq aholisi – 2 488.8 ming kishi (63%), urbanizatsiya darajasi - 37%;
Farg‘ona viloyati: shahar aholisi – 2 152 ming kishi (56.3%), qishloq aholisi – 1 667.9 ming kishi (43.7%), urbanizatsiya darajasi - 56.3%;
Namangan viloyati: shahar aholisi – 1 852.9 ming kishi (64.6%), qishloq aholisi – 1 014.5 ming kishi (35.4%), urbanizatsiya darajasi - 64.6%;
Qashqadaryo viloyati: shahar aholisi – 1 433 ming kishi (43%), qishloq aholisi – 1 901.5 ming kishi (57%), urbanizatsiya darajasi - 43%;
Surxondaryo viloyati: shahar aholisi – 971.4 ming kishi (36.2%), qishloq aholisi – 1 709.6 ming kishi (63.8%), urbanizatsiya darajasi - 36.2%;
Navoiy viloyati: shahar aholisi – 495.7 ming kishi (48.9%), qishloq aholisi – 508.1 ming kishi (51.1%), urbanizatsiya darajasi - 48.9%;
Buxoro viloyati: shahar aholisi – 715.5 ming kishi (36.8%), qishloq aholisi – 1 231.4 ming kishi (63.2%),urbanizatsiya darajasi - 36.8%;
Xorazm viloyati: shahar aholisi – 626.8 ming kishi (33.1%),qishloq aholisi – 1 266.3 ming kishi (66.9%),urbanizatsiya darajasi - 33.1%;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: shahar aholisi – 942.1 ming kishi (49%), qishloq aholisi – 981.7 ming kishi (51%), urbanizatsiya darajasi - 49% ni tashkil qiladi.
.
Ushbu ma'lumotlarning to‘liq taqdimoti bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati
manba:mineconomy.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |