Mustaqil ish Mavzu:Mahalla fuqarolik jamiyati instituti. Reja: 1) Maxalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmon 2) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora - tadbirlar dasturi haqida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3 fevraldagi “Maxalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida ushbu tuzilmaning huquqiy asosi, mahallani aholiga eng yaqin va xalqchan tuzilmaga aylantirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada rivojlantirish bilan bog’liq ustuvor vazifalar belgilandi.
Ushbu hujjatda mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari, bir qator yangi qonun-qoidalar joriy etilishi ko’rsatib o’tildi. Bundan asosiy e’tibor fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yagona shaffof qulay tizim asosida muvofiqlashtirish, shuningdek mahallalarning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o’zaro xamkorligini yanada mustaxkamlashga qaratildi. Farmonning eng muhim jihati mahallalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashini fuqarolar yig’inlarining uyushmasiga aylantirish, unga yuridik shahs maqomini berish va doimiy asosda ishlaydigan ijro tuzilmasini tashkil etish nazarda tutilgan.
Kengashlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, sohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish bo’yicha ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Respublika kengashi va xududiy kengashlar raislarining birinchi o’rinbosarlari bir vaqtning o’zida “Maxalla” fondining tegishincha Respublika boshqaruvi hamda xududiy bo’lim va bo’linmalariga raislik qilishlari haqidagi tashabbus qo’llab-quvvatlandi.
Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora - tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Dasturning birinchi bandida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatiga oid qonun xujjatlarini inventarizatsiyadan o’tkazish va tegishli qonun xujjatlariga Farmondan kelib chiqadigan, shu jumladan, ularning huquq va majburiyatlari, vakolatlarini kengaytirish, ushbu yo’nalishdagi tuzilmalarning vazifa va javobgarligini aniq belgilashga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalarni kiritish bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini qisqa vaqtda ishlab chiqilishi belgilab qo’yildi. Bundan tashqari Farmon bilan kompleks chora - tadbirlar dasturining 37 ta bandida aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari tomonidan sudlarga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari manfaatlarini ko’zlab da’vo arizalari, davlat ho’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari hatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni davlat boji to’lamasdan taqdim etish bo’yicha O’zbekiston Resrublikasining Soliq kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qonun xujjatlarini ishlab chiqish bilan imtiyozli huquq ta’minlanmoqda.
Dasturning uchinchi bandiga ko’ra 2017 yil 1 iyulgacha Vazirlar Mahkamasining mahalla faoliyatiga daxldor bo’lgan qaror loyihalari tayyorlanadi. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga muxtoj bo’lgan, kam ta’minlangan oilalar, yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniqlash xamda ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha moliya va sog’liqni saqlash organlari bilan o’zaro hamkorligini nazarda tutadigan tegishli normativ - huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish orqali ilgari mavjud bo’lgan ayrim noaniqliklarga chek qo’yiladi.
HULOSA Hulosa qilib aytadigan bo’lsak Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mustaqilligi ularning mahalliy hokimiyat organlari bilan munosabatlarida aks etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining2133-moddasiga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda hal qilish borasidagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyatidir.
INTERNET SAYTLARI 1. O’zbekiston Respubliksi Prezidentiniing ‘’Maxalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni 2. Фуқаролик жамияти: 2016. Ziyonet.uz.
3. www.president.uz 4. www.ziyonet.uz
5. www.yoshlarittofoqi.uz
Foydalanilgan adabiyotlar
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |