Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 


595 
X U L O S A 
Dunyoda ikki hokimi mutlaq bor – qilich va aql-idrok; oxir-oqibatda har doim aql-
idrok qilich ustidan g„alaba qozonadi, degan edi mashhur donishmandlardan biri. 
Darhaqiqat, har qanday yovuz kuch aql-zakovat, tafakkur va ilm oldida ojizdir. 
Zakovatning qudrati uning bunyodkorligida, eng og„ir paytda ham yaxshilik va 
ezgulik yo„lini – g„alaba yo„lini topa bilishida. Zakovat va tafakkur tayanchi esa 
ma‟rifat va ma‟naviyat hisoblanadi. Tarixni bilish, ajdodlar tajribasini o„zlashtirish, 
o„tmishdan saboq olish ana shu buyuk qadriyatning sarchashmasidir. O„zligini 
anglagan, uzoq o„tmishini bilgan kishi olis istiqbolni ham ravshanroq ko„radi, aniqroq 
idrok etadi. Demakki, hayotda o„z o„rnini topa biladi. Hech qachon qadr-u qimmatini 
yo„qotmaydi. Demak, tarix tafakkur va fikrga da‟vat etuvchi qudrat! Demak, bu 
ma‟rifatli inson va ma‟rifiy jamiyatning 
birinchi
fazilati. O„tmishi buyuk xalq 
kelajagi ham buyuk bo„lishiga ishonadi. 
Ikkinchi
fazilati shundan iboratki, ma‟rifatli xalq izlanuvchan va bunyodkor 
bo„ladi. Har qanday qiyinchiliklardan cho„chimaydi, kuch-quvvat, katta iroda sohibi 
bo„ladi. To„siqlarni yengib yashaydi. Eng og„ir va ziddiyatli paytlarda ham istiqbolini 
aniq ko„ra oladi. Unga yetishmoq yo„llarini topa biladi. 
Uchinchidan
, ma‟rifatli, yuksak ma‟naviyatli xalq milliy birlik, milliy yaxlitlik 
namunasini ko„rsatadi. Jamiyat qarama-qarshiliklarini, turli ziddiyatli kuchlarni yenga 
oladi. Millat yaxlitligi orqali manfaatlar yaxlitligiga erishadi. Bunday xalqni yengib 
o„tadigan kuch bo„lmaydi. 
Mustaqillikning o„tgan davri – tarix bilan qiyoslaganda bir lahza. Biroq 
istiqlolning murakkab, dolg„ali, ziddiyatli bir paytida xalqimiz boy ma‟naviyatini, 
bunyodkorlik iqtidorini, beqiyos irodasini yaqqol namoyon qildi. Ayni ana shu 
muddatda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar salmog„i va ko„lami bilan bir 
necha o„n yilliklarga teng keladi. 
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni 
ta‟minlash, iqtisodiy barqarorlikka erishish, sobiq ittifoq bir-biriga ulab tashlagan 
moddiy zanjirlar uzilgach, ularning o„rnini qoplaydigan yangi imkoniyatlarni izlab 
topish lozim edi. Eng mushkul paytlarda aholini ijtimoiy muhofazalash bilan birga 
jahon hamjamiyatiga yo„l qidirish, dunyoni o„rganish, o„z imkoniyatlarini olam ahliga 
ko„rsatish singari tajribamizda ko„rilmagan, mashaqqatli vazifalarni ham uddalash 
kerak edi. Ma‟lumki, mustaqil taraqqiyot o„z qobig„iga o„ralib yashash emas, 
aksincha, jahon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlash, dunyodagi rivojlangan, 
taraqqiy topgan mamlakatlar bilan tengma-teng turib gaplashish, o„z mavqeyi va 
nufuzini topa bilish kabi og„ir masalalar yechimini ham taqozo etar edi. 
Hukumatimiz ana shunday bir vaziyatda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik 
yo„lini tanladi va bu borada sobitqadamlik bilan faoliyat ko„rsatmoqda. Natijada qisqa 
fursatda xorijda O„zbekiston haqida, o„zbek xalqi to„g„risida to„la tasavvur shakllandi. 
Yurtboshimizning beqiyos siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy va aqliy imkoniyatlari tan 
olina boshlandi. Chet eldagi hamkorlar O„zbekiston bilan o„zaro manfaatli 
munosabatlarini yo„lga qo„yish mumkin va zarurligini tushunib yetdilar. 


596 
Mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlarni sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan 
yosh mustaqil mamlakatlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiyoslaganda uning 
miqyosi va ko„lami yana ham yorqinroq ko„zga tashlanadi. Boshqacha qilib aytganda 
xalqimiz bosh islohotchi – davlatimiz rahbarligida eng to„g„ri yo„lni tanlay olganiga 
va unda sobitqadamlik hamda kelajakka qat‟iy ishonch bilan borayotganini ko„rsatadi. 
O„zbekiston ahli bu yo„ldagi g„ovlarni, turli-tuman qiyinchiliklarni, tabiiy va 
sun‟iy to„siqlar, qarama-qarshiliklarni katta sabot va iroda kuchi bilan yengmoqda. Bu 
xalqimizning ma‟naviy qudratidan dalolat beradi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar xususida gapirar 
ekanmiz, jahonning hozirgi eng rivojlangan mamlakatlari boshidan kechirgan o„tish 
davriga nazar tashlasak, qo„lga kiritgan yutuqlarimiz naqadar ulug„vor ekaniga yana 
bir bor guvoh bo„lamiz. 
Qolaversa, mustaqilligining 40, 50 yillik sanalarini nishonlayotgan Osiyo va 
Afrikadagi ayrim davlatlar hamon rivojlanish yo„llarini aniq-ravshan tanlab 
olganlaricha yo„q. Ularda jamiyat taraqqiyotining aniq konsepsiyalari va tamoyillari 
mavjud emas. Hamon ishlab chiqarishda beqarorlik, iqtisodiy hayotda parokandalik 
yuz bermoqda. Umuman olganda, O„zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor 
munosabatlariga o„tish, jamiyatni tubdan isloh qilish, mustaqil taraqqiyotni bir 
maromda ta‟minlashning evolutsion jarayoni hozirgi zamon davlatchiligi va 
boshqaruvi tajribasiga 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish