Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Mavzuga doir material 
Klinton AQSH va O„zbekiston
aloqalari xususida 
26-iyun kuni Oq uyda Prezident Islom Karimov bilan bo„lgan uchrashuvimiz ikki 
tomonlama mustahkam munosabatlarning rivojlanishiga yangicha kuch berdi va men 
Amerika xalqi nomidan Prezident Islom Karimovga va O„zbekiston xalqiga eng ezgu 
tilaklarimni bildiraman. 
Amerika Qo„shma Shtatlari O„zbekistonning suvereniteti, demokratik taraqqiyot 
va gullab yashnashidan to„g„ridan-to„g„ri va moddiy manfaatdordir. Biz 
O„zbekistonni O„rta Osiyodagi yetakchi davlat deb bilamiz, chunki u – bozor 
munosabatlari taraqqiyoti va hamkorlikning mintaqada harakatlantiruvchi omili 
bo„lishga qodir imkoniyatga ega mamlakat. Shu bois O„zbekiston bilan 
hamkorligimizni Yevroosiyodagi siyosatimizning eng muhim qismi sifatida ko„zda 
tutamiz. 
Ikki tomon ham turli masalalarda hamkorligimizdan kelib chiqadigan yutuqlarni 
yuqori baholaydi. Biz O„zbekiston hukumatining inson huquqlari hurmatga sazovor 
bo„lgan ochiq jamiyat qurish yo„lida yaqinda qo„ygan ijobiy qadamlarini 
ma‟qullaymiz. Demokratik jamiyat va huquqiy davlat qurish yo„lidagi harakatlar 
barqarorlik va iqtisodiy farovonlikni ta‟minlaydi. Bu hamkorligimizni yanada 
mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz bundan keyin ham mana shu 
jarayonni qo„llab-quvvatlash istagidamiz. 
Biz xavfsizlik sohasida ham ikki tomonlama, ham ko„p tomonlama, masalan, 
«Tinchlik yo„lida hamkorlik» dasturi doirasida aloqalarimiz rivojlanib borayotganidan 
xursandmiz. O„zbekistonning Qozog„iston va Qirg„iziston bilan birgalikda O„rta 
Osiyo tinchlik batalyonini tuzishda ishtirok etishi sizning mamlakatingizga nisbatan 
bu yerda ishonch-e‟tiborni oshirdi. Bu tashabbus O„zbekistonning mintaqaviy 
hamkorlik tarafdori ekanligidan dalolat beradi, deb hisoblaymiz va «Tinchlik yo„lida 
hamkorlik» dasturining kelgusi mashqlarida O„zbekiston bilan yaqin aloqalarni 
davom ettirishga intilamiz. 
Biz Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti doirasidagi mintaqaviy masalalar bo„yicha yaqin hamkorligimizni yuqori 
baholaymiz. Mamlakatingiz rahbariyatining Afg„onistonga qurol-yaroq yetkazib 
berishni taqiqlashni ko„zda tutgan amaliy tashabbusini qo„llab-quvvatlaymiz va 
Afg„onistonda boshlangan fuqarolar urushi mazkur taklifni ilgari surish bilan bog„liq 
bizning harakatlarimizga qanday ta‟sir etishi mumkinligi xususida Xavfsizlik 
Kengashining boshqa a‟zolari bilan o„tkazajak maslahatlashuvlarimiz natijalaridan 
sizlarni xabardor etib turamiz. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotini 


542 
mustahkamlash borasida olib borayotgan ishlarimiz doirasida O„zbekiston bilan 
yanada yaqinroq maslahatlashuvlar o„tkazish tarafdorimiz. Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti Bosh Assambleyasining 51-sessiyasi oldidan biz barcha masalalarda 
O„zbekiston bilan bundan ham qalin aloqalarni yo„lga qo„yishga harakat qilamiz. 
Men, shuningdek, mamlakatlarimiz o„rtasida barqaror savdo va investitsiya 
aloqalarining 
muhimligini 
ta‟kidlamoqchiman. Amerika Qo„shma Shtatlari 
Umumjahon savdo tashkilotiga a‟zo bo„lishga intilayotgan O„zbekiston bilan o„zaro 
mustahkam hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Biz bugungi Amerika 
sarmoyalarining muvaffaqiyatini, shu jumladan, energetika va tog„-kon sanoatidagi 
muvaffaqiyatlarni har ikki tomonlama munosabatlarimiz rivojining yorqin namoyishi, 
deb hisoblaymiz va investitsiya shart-sharoitlari yanada yaxshilanishiga katta ishtiyoq 
bildiramiz». 
«Toshkent haqiqati», 1996-yil 30-iyun 
* * * 
Aniqrog„i, mazkur safar O„zbekiston va AQSH o„rtasidagi, siyosiy, iqtisodiy va 
insonparvar aloqalarni yanada rivojlantirishda muhim bosqich bo„ldi. «Ayniqsa, 
Islom Karimovning Oq uyda AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashuvini 
alohida ta‟kidlamoq lozim», – deydi AQSHning O„zbekistondagi elchisi Stenli 
Eskudero. 
Mazkur uchrashuv ikki mamlakat o„rtasidagi munosabatlar rivojlanib 
borayotganining dalilidir. Prezidentlar siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalarida 
hamkorlikning hal qiluvchi masalalarini, shuningdek, Markaziy Osiyodagi vaziyatga 
doir bir qator masalalarni muhokama qildilar. Unda Bill Klinton Markaziy Osiyo 
mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta‟minlash borasida O„zbekistonning yetakchi 
o„rinda turganligini e‟tirof etib, O„zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish 
niyatida ekanligini alohida ta‟kidladi. 
* * *
Amerika Qo„shma Shtatlari Prezidenti 
Bill Uilyam J. Klinton janobi oliylariga 
Janob Prezident! 
O„zbekiston xalqi va shaxsan o„z nomimdan Sizni, barcha Amerika xalqini tarixiy 
Mustaqillik kuni bilan tabriklash imkoniyatidan baxtiyorman. 
Biz Amerika Qo„shma Shtatlarining buyuk yutuqlarga ega bo„lgan mamlakat 
sifatida yosh mustaqil davlatlarga demokratik an‟analar va bozor iqtisodiyotini 
rivojlantirishda berayotgan texnikaviy va insonparvarlik yordamini yuksak 
baholaymiz. 
O„zbekiston – jahon sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri – o„z ma‟naviy 
qayta tiklanishida chinakam ozodlik va demokratik qadriyatlariga intilmoqda. 


543 
Istiqlolga erishgan respublikamiz huquqiy va dunyoviy jamiyat qurish, ochiq 
iqtisodiyotni shakllantirish yo„lidan bormoqda. Bunda biz boshqa mamlakatlar 
tajribasiga, jumladan, AQSH davlat taraqqiyotiga katta e‟tibor bilan qaramoqdamiz. 
O„zbekiston Amerika Qo„shma Shtatlari kabi terrorizm va ekstremizmning har 
qanday shakllarini keskin qoralamoqda, xalqaro kelishmovchiliklarning tinch-totuv 
yo„l bilan hal qilinishini qo„llab-quvvatlamoqda. 
Fursatdan foydalanib, O„zbekiston hukumati xalqaro mezonlar asosida 
mamlakatlarimiz o„rtasida do„stona, teng huquqli va o„zaro manfaatli munosabatlarni 
rivojlantirish muddaosida ekanini ta‟kidlashni istardim. Biz xalqlarimiz bir-biri bilan 
yaxshiroq tanishishi, keng ko„lamda bilim, tajriba va yuqori darajadagi rasmiy 
delegatsiyalar bilan doimiy tarzda almashib turishi tarafdorimiz. 
Amerika xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilab eng yaxshi istaklarimni yo„llashdan 
nihoyatda mamnunman. 
Islom Karimov, 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
* * * 
1997-yil 5-fevral kuni Prezident I.Karimov AQSH davlat kotibini qabul qildi. 
Uchrashuvda ikki mamlakat o„rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, jumladan, iqtisodiy 
va madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bilan bog„liq masalalar muhokama 
etildi. 
Ulkan siyosiy, iqtisodiy, harbiy texnik, intellektual salohiyatga ega bo„lgan 
jahonning yetakchi davlati Amerika Qo„shma Shtatlari bilan uzoq muddatli va keng 
ko„lamda munosabatlarni rivojlantirish O„zbekiston uchun tashqi siyosatning ustuvor 
strategik yo„nalishidir. 
Darhaqiqat, so„nggi yillarda O„zbekistonning AQSH bilan tashqi savdo 
munosabatlari ortib bormoqda. Masalan, 1998-yilda O„zbekistondan AQSHga 63.6 
mln. dollarlik mahsulot chiqarilgan bo„lsa, shu davr mobaynida AQSHdan 242.9 mln. 
dollarlik mahsulot import qilib olindi. 
O„zbekiston Yevropadagi rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalar o„rnatishga 
jiddiy e‟tibor berdi. Xususan, Prezident I.Karimovning 1994–1996-yillardagi GFR, 
Fransiya, Buyuk Britaniyaga tashriflari tufayli Yevropaga yo„l ochildi. Bu 
mamlakatlar bilan iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalar kengaydi. 
1999-yil may oyida Bolgariya Prezidenti Petr Stoyanov rasmiy tashrif bilan 
O„zbekistonga keldi. 
Shu kuni shahar tashqarisidagi Do„rmon qarorgohida O„zbekiston Prezidenti Islom 
Karimov bilan Bolgariya Prezidenti Petr Stoyanovning yakkama-yakka uchrashuvi 
bo„lib o„tdi. Uchrashuvda xalqaro hayotdagi dolzarb voqealar, ikki mamlakat 
o„rtasidagi munosabatlarning bugungi ahvoli, o„zaro iqtisodiy hamkorlikni 
rivojlantirish uchun amalga oshirilishi zarur bo„lgan chora-tadbirlar va boshqa 
masalalar yuzasidan fikr almashildi. 


544 
Prezidentlarning o„zaro muloqoti oxiriga yetgach, ikki mamlakat rasmiy 
delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Muzokaralarda 
asosiy e‟tibor ikki mamlakat o„rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish 
masalasiga qaratildi. O„zbekiston bilan Bolgariya o„rtasidagi hamkorlikni 
rivojlantirishdan har ikki tomon ham birdek manfaat ko„radi, – dedi O„zbekiston 
Prezidenti Islom Karimov. – Janob Petr Stoyanovning Bolgariya rahbari sifatida 
Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida birinchi bo„lib O„zbekistonga rasmiy tashrif 
bilan kelgani ham bejiz emas. Shu o„rinda bir gapni aytish kerak – O„zbekiston 
Bolgariya uchun hamisha ochiqdir. 
Ikki davlat o„rtasidagi iqtisodiy hamkorlik haqida gapirganda, avvalo, 
kommunikatsiya va tranzit masalasiga to„xtalish kerak bo„ladi. Bu borada asosiy 
dastur TRASEKA loyihasi hisoblanadi. Sharq va G„arbni bir-biriga birlashtiradigan 
mazkur transport yo„lagini to„la quvvatda ishga tushirish uchun u o„tadigan 
mamlakatlar o„rtasida o„zaro aloqalarni mustahkamlash zarur bo„ladi. Negaki mazkur 
yo„lak bu yo„nalishdagi barcha davlatlarga bir xil foyda keltiradi. Xususan, nafaqat 
Bolgariya, balki Yevropa bozoriga chiqishimiz uchun ham Bolgariyaning Varna 
shahri portlaridan foydalanishimiz mumkin. Bolgariya esa O„zbekiston orqali nafaqat 
Markaziy Osiyo balki butun Osiyo bozoriga chiqishi mumkin. Ayni mavzuda gap 
ketganda shuni aytish kerakki, bugungi kunda Gruziyaning Poti porti bilan 
Bolgariyaning Varna porti o„rtasidagi aloqa yo„lga qo„yilgani TRASEKA loyihasini 
hayotga tatbiq etishdagi muhim ishlardan biri bo„ldi. 
O„zaro hamkorlikdan ko„zlagan maqsadimiz bitta – xorijiy sarmoyaning 
mamlakatimizga oqib kelishi uchun qulay sharoit yaratish, – dedi Bolgariya 
Prezidenti ikki mamlakat o„rtasidagi hamkorlik haqida o„z fikrlarini bayon qilar ekan 
– shuning uchun o„zaro sa‟y-harakatlarni birlashtirish kerak. Shunda bizga Sharqqa, 
O„zbekiston uchun esa G„arbga chiqish oson kechadi. Qolaversa, yaratilajak transport 
yo„lagi tufayli mamlakatimizga kirib keladigan sarmoya ham ko„payadi. 
Muzokaralarda Bolgariya tomoni Markaziy Osiyoda birinchi bo„lib Toshkentda 
o„z elchixonasini ochajagini ma‟lum qildi. Shuningdek, yaqin kelajakda Sofiyada 
O„zbekiston elchixonasini ham ochish rejalashtirilayotgani aytildi. Yana bir gapni 
aytib o„tish kerakki, muzokaralar chog„ida o„zbekistonlik bolalarni Qora dengiz 
sohilidagi dam olish maskanlariga jo„natish borasida muayyan kelishuvga erishilgani 
ham muhim ish bo„ldi. 
Muloqot chog„ida shuningdek, ikki mamlakat o„rtasidagi madaniy aloqalarni, 
ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida ham so„z bordi. 
Muzokaralar nihoyasida ikki tomonlama qo„shma hujjatlarni imzolash marosimi 
bo„ldi. O„zbekiston va Bolgariya hukumatlari o„rtasida belgilangan hududlar hamda 
ulardan tashqarida o„zaro havo aloqasini yo„lga qo„yish to„g„risida hamda 
jinoyatchilikka qarshi kurash bo„yicha hamkorlik to„g„risida bitimlar imzolandi. 
Shuningdek, O„zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o„rtasida 
imzolangan do„stona munosabatlar va hamkorlik to„g„risida shartnoma ratifika-
tsiyalangani haqida yorliqlar almashish to„g„risidagi protokolga ham imzo chekildi. 


545 
O„zbekiston keyingi yillarda Boltiq bo„yi respublikalari bilan ham do„stona 
hamkorlikni saqlab qolish va uni yangi sharoitda yanada rivojlantirishga harakat qildi. 
1995-yil 6-iyun kuni Prezident Islom Karimov davlat tashrifi bilan Latviya 
Respublikasiga bordi. Shu kuni Latviya Prezidenti Guntas Ulmanis bilan Islom 
Karimov o„rtasida muloqot bo„lib, har ikki davlat o„rtasida do„stlik va hamkorlik 
to„g„risida shartnoma chunonchi, transport, havo aloqalari, sayyohlik va ilmiy-texnik 
aloqalar yuzasidan bitimlar tuzildi. 
7-iyun kuni u Riga birjasi binosida Latviya ishbilarmonlari bilan uchrashdi. So„ng 
Latviya seymiga tashrif buyurib, uning raisi Anatoliy Gorbunov bilan muloqotda 
bo„lib parlamentlararo munosabatlarni yanada yaxshilash yuzasidan kelishib olindi. 
1995-yil 7-8-iyun kunlari Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Litva Respublikasida 
bo„ldi. Vilnusdagi Prezident saroyida Islom Karimov va Angirdis Brazauskas 
o„rtasida muzokaralar bo„ldi. Ikki mamlakat o„rtasida hamkorlikni rivojlantirish va 
chuqurlashtirish to„g„risida Qo„shma Deklaratsiya, ta‟lim, fan va texnika, sayyohlik, 
madaniyat sohalarida hamkorlik qilish to„g„risida hukumatlararo bitimlar imzolandi. 
Mustaqillik yillarida O„zbekiston tashqi siyosatining geografiyasi kengayib bordi. 
Yaqin va O„rta Sharq hamda Arab mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlarni 
o„rnatish va rivojlantirishga intilish ham O„zbekiston tashqi siyosatining muhim 
yo„nalishlari hisoblanadi. O„zbekiston Respublikasi davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif 
bilan Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Misrda bo„ldi va ular 
bilan davlatlararo munosabatlarning asoslari to„g„risida shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari tuzdi. 
O„zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 14–17-sentabr kunlari rasmiy 
tashrif bilan Isroilda bo„ldi. Xo„sh, tashrifdan muddao nima edi? Avvalo, 
mamlakatlarimiz o„rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik sarhadlarini 
yanada kengaytirish va buning uchun zarur huquqiy asoslarni mustahkamlash. Isroil 
davlatining bugungi iqtisodiy taraqqiyoti, aqliy salohiyati, yuksak texnologiyasi, 
ilmiy-texnikaviy yutuqlari haqiqatan ham katta e‟tiborga molik. Shu bois ham Isroil 
bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish bizga foydalidir. 
Hamkorligimizning asosiy – iqtisodiyot bilan bog„liq masalalar haqida 
to„xtalishdan oldin bir gapni aytib o„tish lozim: Islom Karimovning Isroil davlatiga 
tashrifi mamlakat siyosiy doiralari tomonidan ham, keng jamoatchilik tarafidan ham 
qizqin kutib olindi. Isroil Prezidenti Ezer Veysmanning qarorgohida bo„lib o„tgan 
davlatimiz rahbarini rasmiy kutib olish marosimida mamlakat Bosh vaziri Benyamin 
Netanyahu ham ishtirok etgani buning dalillaridan biridir. Chunki, odatda bunday 
marosimlarda Bosh vazir ishtirok etmasdi. 
Tashrifning ikkinchi kunida ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining 
kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida asosiy e‟tibor ham shu o„zaro 
hamkorlikning huquqiy asosini mustahkamlash masalasiga qaratildi. Muzokaralar 
yakunida ushbu maqsadga xizmat qiluvchi muhim hujjatlar imzolandi. Jumladan, 
Prezident Islom Karimov hamda Bosh Vazir Benyamin Netanyahu mamlakatlarimiz 
hukumatlari o„rtasida ikki tomonlama soliq solmaslik, daromad va kapitalga soliq 


546 
to„lashdan bo„yin tovlashning oldini olish, shuningdek, o„zaro savdo va iqtisodiy 
hamkorlik to„g„risidagi Bitimlarga imzo chekdilar. Qolaversa, ikki davlat o„rtasida 
atrof-muhitni muhofaza qilishda hamkorlik, qishloq xo„jaligi sohasida hamkorlik 
qilish, o„zaro texnik hamkorlik, soliq hamda soliqni saqlash sohalarida hamkorlik 
qilish, O„zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan Isroilning tashqi savdo 
sug„urta korporatsiyasi «IFTRIK» o„rtasida hamkorlik to„g„risidagi bitimlar 
imzolandi. Bularni birma-bir izohlab o„tirishning hojati yo„q. Ular qanday ahamiyatga 
ega ekanini hujjatlarning nomlaridan ham anglab olish qiyin emas. Eng muhimi, 
shunday keng qamrovli hujjatlar imzolanganining o„ziyoq tashrifning samarali 
bo„lganini aytib turibdi. 
Muzokaralar so„ngida bo„lib o„tgan matbuot anjumanida mamlakatimiz rahbari 
O„zbekiston bilan Isroil iqtisodiyotida bir-birini to„ldiruvchi omillar talaygina ekanini 
ta‟kidladi. Ya‟ni, tabiiy resurslarimizdan unumli foydalanish uchun bizga zamonaviy 
texnologiya kerak. Xususan, Isroilning qishloq xo„jaligi, chorvachilik, dehqonchilik, 
urug„chilik, oziq-ovqat va parrandachilik kabi yo„nalishlarda katta foyda keltiradigan 
minitexnologiyasiga bizda ehtiyoj bor. Bu esa o„z navbatida O„zbekiston, qolaversa 
Markaziy Osiyo bozorida Isroilning faol ishtirok etishi uchun sharoit yaratadi. 
Telekommunikatsiya va farmatsevtika sohalari ham o„zaro hamkorligimizda asosiy 
yo„nalishlardan sanaladi. 
Ikki mamlakat o„rtasidagi iqtisodiy hamkorlikda O„zbekistonning qiziqishlari 
nimalarda ko„rinadi? Bilamizki, Isroil qishloq xo„jaligi taraqqiy etgan mamlakat. Suv 
tanqis, boshdan oyog„i tosh va biyday daladan iborat zaminda paxtachilik, 
urug„chilik, chorvachilik, dehqonchilik bo„yicha qo„lga kiritilayotgan yutuqlar kishini 
mulohazaga chorlaydi. Mamlakatda 5,6 million aholi istiqomat qiladi. Uning 
mehnatga yaroqli qismi esa 40–42 foizni tashkil etib, shundan atigi uch foizigina 
qishloq xo„jaligi bilan band. Ana shu uch foiz odam butun mamlakatni qishloq 
xo„jalik mahsuloti bilan ta‟minlabgina qolmasdan, o„z mahsulotini chetga eksport 
ham qiladi. O„z-o„zidan ayonki, hammasining siri texnologiyada, mavjud 
imkoniyatdan oqilona foydalana bilishda. 
Tashrif chog„ida Islom Karimov Isroildagi «Zeraim Gedera» nomli ilmiy ishlab 
chiqarish va yangi navlar yaratish majmui bilan tanishdi. Mutaxassislarning fikricha, 
«Zeraim Gedera» paxta navlari bilan hosildorlikda katta ko„rsatkichlarga erishish 
mumkin. Tajriba uchastkasidagi g„o„zapoya naqd odam bo„yi keladi. Bitta tupda 19-
20 tagacha ko„sak bor. Har bir ko„sakdagi paxtaning og„irligi 8 grammgacha tosh 
bosadi. Vaholanki, bizda bitta ko„sakdagi paxtaning og„irligi ikki barobar kam – 4 
grammni tashkil etadi. Tomchilab sug„orish borasida ham «Zeraim Gedera» 
texnologiyasi bizga qo„l kelishi mumkin. Masalan, bu yerda bir gektar dalani 
sug„orish uchun 3–5 ming metr kub suv sarflanadi. Bizda esa shuncha maydonga 11 
ming kub metr suv ketadi. Isroilning yutuqlari e‟tiborga molik. Bu yerda gektaridan 
70 sentnergacha hosil ko„tarilsa, bizda bu ko„rsatkich o„rtacha 26-27 sentnerni tashkil 
qiladi. Bu ko„rsatkichlarni taqqoslayotganimizning boisi bor. Yerimiz Isroil yerlaridan 
unumdorroq, baquvvatroq. Demak, biz ulardan ham ko„proq hosil olishimiz mumkin. 


547 
Xalqimizning aqliy salohiyati, iqtidori va qobiliyati ham o„zgalardan ortiq bo„lsa 
ortiq, lekin zinhor kam emas. Dunyoda yerni o„zbek dehqonichalik sevadigan, 
ardoqlaydigan odamni topish ham amri mahol. Faqat qishloq xo„jaligiga zamonaviy 
texnologiyani kiritish zarur. Shu ma‟noda, Isroildagi bu kabi firmalar bilan hamkorlik 
biz uchun ayni muddao. Bu bitta paxtachilik misolida ko„rganimiz, holbuki, Isroilda 
chorvachilik, parrandachilik kabi sohalarda ham shunday imkoniyatlar mavjud. 
Mamlakatimiz rahbari shu yerning o„zidayoq O„zbekiston «Zeraim Gedera» bilan 
ikkita loyiha bo„yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma‟lum qildi: biri paxtachilik 
texnologiyasining to„la kompleksi, ikkinchisi – turli sharoitda chigitni sinab ko„rish 
bilan bog„liq. Paxtachilik texnologiyasining to„la kompleksi degani navni tanlashdan 
tortib to paxtani yig„ishtirib olgunga qadar qilinadigan ishlarni anglatadi. Ikkinchi 
loyiha o„z-o„zidan tushunarli. Islom Karimov irrigatsiya va tomchilatib sug„orish, 
chorvachilik, urug„chilik, parrandachilik kabi sohalar bo„yicha tashkil etilgan kichik 
ko„rgazmani tomosha qildi. Davlatimiz rahbari Isroil minitexnologiyalarini 
O„zbekistonda qo„llash, o„zaro hamkorlik uchun zarur omillar haqida gapirar ekan, 
jumladan, shunday dedi: 
– Bu texnologiyalarni bizda qo„llash uchun nimalar kerak? Avvalo, biz Isroilga 
tashrifimiz chog„ida buning uchun zarur huquqiy zamin yaratdik. Kafolat kerak va biz 
bu kafolatni bera olamiz. O„zaro ishonch kerak. O„ylaymanki, o„zaro ishonchimiz 
ilgaridan mustahkam, u bugun yangicha shakl kasb etayapti. Isroil qo„lga kiritayotgan 
natijalarga biz ham erishmog„imiz kerak. 
O„zbekiston Isroil bilan samolyotsozlik sohasida ham ikki tomonlama manfaatli 
hamkorlik qilishi mumkin. O„zbekiston jahonning yirik samolyotsozlik kompaniyalari 
bo„lmish «Boing», «Yevropa Eyrbas Indastriz» bilan mustahkam aloqa o„rnatgan. O„z 
navbatida Isroil samolyotsozlik zavodi – «Isroil eyrkraft indastriz LTD» 
korporatsiyasi ham jahonda o„z nufuziga ega. Unda fuqaro aviatsiyasi uchun hamda 
harbiy sohalar bo„yicha samolyotlar, ularning ehtiyot qismlari ishlab chiqariladi. 
Qolaversa, zavodning elektronika sohasidagi faoliyati ham e‟tiborga molik. Uni 1998-
yilgi savdosi 2 milliard AQSH dollari miqdorida baholanayotir. Bu hazilakam 
ko„rsatkich emas.
Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston davlat va hukumat boshliqlarining 
O„zbekistonga rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar esa davlatlararo 
munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 
1992-yil 28-noyabrda O„zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan 
iqtisodiy hamkorlik tashkilotlariga a‟zo bo„lib kirdi. 
1992-yil 10-mayda Ashxobodda O„zbekiston, Qozog„iston, Turkmaniston, Eron, 
Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbarlari «Trans-Osiyo» temir yo„lini vujudga 
keltirish maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad temir yo„li qurilishi haqidagi bitimni, 
bojxona xizmatini tashkil qilish, shu soha uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash 
haqidagi hujjatlarni imzoladilar. 


548 
O„zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1999-yil 10-11-may kunlari EKO – 
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a‟zo mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlarining 
beshinchi uchrashuvida qatnashish uchun Almati shahriga tashrif buyurdi. 
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotini 1977-yili Pokiston va Turkiya davlatlari 
birgalikda tashkil etgan edi. 1992-yili O„zbekiston, Qozog„iston, Qirg„iziston, 
Tojikiston, Ozarbayjon va Afg„onistonning qo„shilishi bilan mazkur tashkilotning 
hududiy qamrovi kengaydi, unga a‟zo bo„lgan davlatlarning iqtisodiy, madaniy 
sohalarda hamkorlik qilishi uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. 
Shu o„rinda aytish lozimki, Prezident Islom Karimov doimo EKO – iqtisodiy 
tashkilot ekanligi, binobarin, uning faoliyatini siyosiylashtirish va mafkuralashtirishga 
yo„l qo„yib bo„lmasligini qat‟iyat bilan ta‟kidlab keladi. 
Davlatimiz rahbari O„zbekistonning EKO faoliyatida qatnashishidan ko„zda 
tutilgan maqsadlar haqida ham to„xtaldi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish