«Ko„hna tariximizning qaysi davrini eslamaylik, din har doim odamlarni o„z-
o„zini idora etishga, yaxshi xislatlarni ko„paytirib, yomonlaridan xalos bo„lishga
chorlagan. Uni og„ir sinovlarga bardosh berishga, yorug„ kunlarga intilib
yashashga da‟vat qilgan, ishontirgan. Bunday da‟vat, o„z navbatida odamlarga
kuch-quvvat bag„ishlagan, irodasini mustahkam qilgan.
Din xalq ma‟naviyatining yuksalishiga katta hissa qo„shib kelgan ekan,
bugungi davlatchiligimiz haqida so„z yuritganda, rejalar tuzganda dinni, eng
avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e‟tiborda tutishimiz
kerak».
Ko„p millatli mamlakatda dinga munosabatning o„ziga xos tomonlari bor.
Aholining turli tabaqalarini umumiy maqsadlarni amalga oshirishga safarbar etish,
diniy mahdudlik va aqidaparastlikni avj oldirmaslik, jamiyat a‟zolari o„rtasida yagona
zamin, yagona makon taqdiriga javobgarlik hissini kuchaytirish kabi vazifalar siyosiy
arbobdan g„oyat mas‟uliyat va mulohaza bilan ish yuritishni talab qiladi. Jumladan,
millatlararo munosabatlarni barqaror saqlash va rivojlantirishda din omili muhim
ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda O„zbekistonda islom dini bilan bir qatorda
pravoslavlar, baptistlar, yahudiylar, adventistlar, katoliklar, lyuteranlar, bahoichilar,
krishnaitlar, buddistlar, pyatidesyatniklar, Iyegova xudosi shohidlari, yangi
havvoriylar, xristian-nresvitorianlar singari bir qancha din va mazhablar mavjud.
Ulardan har birining o„ziga xos mafkurasi, tartib-qoidalari, muayyan diniy qavmning
hayot tarzi va dunyoqarashi, talab va ehtiyojlari mavjud. Ana shunday xilma-xillikdan
kelib chiqib, O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: «Hamma uchun vijdon
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e‟tiqod qilish yoki hech qaysi
dinga e‟tiqod qilmaslik huquqiga ega», degan qoida kiritilgan (31-modda) . Bu
O„zbekiston hukumati va uning boshlig„i olib borayotgan siyosiy yo„lning qonuniy
asosidir.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkent va O„rta Osiyo
arxiyepiskopi Vladimirning СвяTо-Успенский kafedral sobori qoshida diniy-
ma‟muriy markaz tashkil etish va 1996-yil noyabr oyida Yeparxiyaning 125 yilligini
nishonlash to„g„risidagi murojaatini qo„llab-quvvatladi va bu haqda alohida qaror
qabul qildi. Qarorda Toshkent shahridagi СвяTо-Успенский sobori hududini
kengaytirish uchun ikki gektar yer ajratish, budjet mablag„i hisobiga uni obodonlash-
tirish ko„zda tutilgan.
412
130 ga yaqin millat va elat istiqomat qilayotgan, aholisining ruhiy va ma‟naviy
ehtiyojlari rang-barang bo„lgan O„zbekistonday mamlakatda tili, millati, irqi, dini,
ijtimoiy mavqeidan qat‟i nazar, insonni ulug„lash davlat siyosatining bosh
yo„nalishidir.
1991-yilning 6-noyabr kuni Termizda o„tkazilgan «Alpomish» dostoni
yaratilganligining 1000 yilligini YuNESKO ijroiya qo„mitasining maxsus qaroriga
binoan xalqaro miqyosda keng nishonlanishi milliy urf-odatlar, qadriyatlar va
an‟analar tiklanishining eng oliy cho„qqisi, deb aytishimiz mumkin.
Tabiiyki, ma‟naviy-ruhiy poklanish, qadriyatlarning tiklanishi bir kunda
bo„ladigan jarayon emas, balki u bizdan muntazam ravishda izchillik bilan ish olib
borishimizni talab etadi. «Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130
yilligini nishonlash to„g„risida»gi, «Burhoniddin al-Marg„inoniy tavalludining hijriy
sana bo„yicha 910 yilligini nishonlash to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining chiqargan qarorlari fikrimizning yaqqol isbotidir. (Qarang:
«Qishloq hayoti», 1999-yil 14-dekabr; «Xalq so„zi» 2000-yil 20-yanvar)
2003-yili esa Naqshbandiya tariqatining asoschisi Abduxoliq G„ijduvoniy
tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi. Uning minbari joylashgan G„ijduvon
shahri butunlay obod etildi.
Shunday qilib istiqlol yillarida mamlakatda yuksak ma‟rifiy-madaniy jamiyat
qurish, har tomonlama barkamol Vatanni shakllantirish asosiy vazifa qilib qo„yildi.
Bu esa O„zbekiston hukumati olib borayotgan madaniy-ma‟rifiy siyosatning olijanob
mohiyatidan dalolat beradi.
Islom konferensiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim,
fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni
2007-yilda Islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi.
O„zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi, islom merosi va
yodgorliklarini asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari uchun
Toshkeng shunday yuksak va faxrli unvonga sazovor bo„ldi.
Haqiqatan ham, mustaqil O„zbekistonning poytaxti musulmon dunyosida o„ziga
xosligi, mahobatli madrasa va masjidlarining binolari, minglab nodir qo„lyozmalarga
boy bo„lgan kutubxonalari, islom uyg„onishi davrining buyuk ustalari, alloma va
me‟morlari ijodiga mansub namunalari ko„z qorachig„iday avaylab-asralayotgan
muzeylari bilan butun dunyodan kelayotgan mehmonlarini hayratga soladi.
Toshkentda Imom al-Buxoriy nomli Toshkent islom instituti, Ko„kaldosh nomidagi
madrasa va Prezident I.Karimov tashabbusi bilan barpo etilgan Toshkent islom
universiteti faoliyat ko„rsatmoqda. Bu ta‟lim muassasalari diniy ulamolar,
dinshunoslar, islom huquqi va manbashunoslik, jahon iqtisodiyoti va informatika
mutaxassislarini tayyorlaydi. O„z yo„nalishi bo„yicha MDH hududidagi yagona oliy
o„quv yurti bo„lgan Toshkent islom universitetida juda ko„p marotabalab din va
siyosat, bag„rikenglik hamda zamonaviy dunyoda tinchlik va barqarorlikni
saqlashning dolzarb mavzulariga bag„ishlangan xalqaro konferensiyalar, seminar va
davra suhbatlari bo„lib o„tgan.
413
Jahondagi minglab shaharlar orasidan aynan Toshkent 2007-yilda Islom
madaniyatining umumjahon poytaxti, deb tanlandi. Toshkent nomzodining
tanlanishida ISESCO birinchi galda respublika rahbariyatining o„zbek xalqi madaniy
va ma‟naviy qadriyatlarini qayta tiklashga yo„naltirilgan siyosati, shuningdek,
O„zbekiston hukumati tomonidan islom sivilizatsiyasi yodgorliklarini himoya qilish
va ko„z qorachig„iday asrash bo„yicha ko„rilayotgan chora-tadbirlar e‟tiborga olindi.
Shuningdek, ISESCOning bunday to„xtamga kelishi Osiyo qit‟asidagi eng ko„hna
shaharlardan biri – boy madaniyatga ega bo„lgan Toshkentning dunyo taraqqiyoti
tarixida alohida o„rin tutishi bilan izohlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkentga 2007-yilda Islom madaniyati
poytaxti maqomining berilishi xorijiy mamlakatlarning Toshkentdagi diplomatiya
vakolatxonalari hamda xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari tomonidan
keng va qizg‘in sharhlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |