Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


«O„zbekiston YXHTning asosiy tomoyillaridan biri bo„lgan xavfsizlik yaxlitligini



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

«O„zbekiston YXHTning asosiy tomoyillaridan biri bo„lgan xavfsizlik yaxlitligini 
to„la qo„llab-quvvatlaydi. 
Xavfsizlikning, shu jumladan Yevropa Xavfsizligining chegarasi yo„q. Shunga 
asoslanadigan bo„lsak, bizning nazarimizda YXHTning o„rni va ahamiyati agar 
joiz bo„lsa mas‟uliyati, Yevropa doirasi bilan chegaralanib qolmasligi kerak
balki, uning tashqarisidan kelayotgan mavjud xavfni ham hisobga olishi lozim. 
Bu Markaziy Osiyo mintaqasining jug„rofiy strategik hollarini, uning 
salohiyatini ulkan xomashyo va insoniy resurslarini, shuningdek, tez 
rivojlanadigan bu mintaqada sodir bo„layotgan xavfsizlik uchun xavf-xatarni 
hisobga olgan holda YXHT bu yerda o„z faoliyatini yanada kuchaytirish 
tarafdorimiz»
, – degan edi. 
1995-yil 1-mayda Prezident Islom Karimov «O„zbekiston Respublikasining milliy 
xavfsizlik kengashi to„g„risida» Farmon qabul qildi. Ushbu Farmonga ko„ra, birinchi 
chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasining qarorlariga 
muvofiq milliy xavfsizlik masalalari bo„yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va 
muvofiqlashtirish lozim, deb topildi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida milliy xavfsizlik kengashi, 
xavfsizlikni ta‟minlash sohasida davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari 
bo„yicha maslahat organi tashkil etildi. 
Shubhasiz, yuqoridagilar O„zbekistonda milliy xavfsizlikni ta‟minlash va 
barqarorlikni saqlab turishning ishonchli omili bo„lib xizmat qildi. 
Ayniqsa, O„zbekistonda bugungi kunda milliy xavfsizlikni, ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlikni ta‟minlanishi mamlakatda Prezident I. Karimov tomonidan olib 
borilayotgan ichki va tashqi siyosatning natijasi, deb bilmoq kerak. 
SSSR nomi bilan bog„liq bo„lgan «sovuq urush» siyosati barbod bo„lgach, 
insoniyat hayotiga tahdid soladigan, uni tanazzulga olib boradigan, olamshumul 
taraqqiyot yo„lini bo„g„adigan yangi omillar vujudga kelishi mumkinligini, bu tabiiy 
ekanligini, inson tafakkuri va uning fe‟l-atvoridan kelib chiqadigan mantiqiy 
hodisaligini birinchi bo„lib O„zbekiston rahbari Islom Karimov aytgan edi va uni 


256 
dunyo minbaridan turib o„rtaga tashlagan edi. O„sha paytlarda kimlardir bu 
g„oyalarga ishonmadi, kimlardir shunchaki yo„l-yo„lakay aytilgan gap sifatida qabul 
qildi. Biroq, hayot haqiqati achchiq va shafqatsiz, vaqt berahm hakam. U bor 
haqiqatni ko„rsatdi-qo„ydi! 
O„zbekiston rahbarining BMT, EXHT va boshqa bir necha o„nlab tashkilotlar 
minbarlaridan turib, shuningdek, davlat tashriflari chog„idagi uchrashuvlar va 
suhbatlarda mintaqaviy mojarolar, xalqaro terrorizm xavfi xususida bildirgan 
butunlay yangi g„oyalari keyinroq, ya‟ni 1997-yili yaxlit strategik konsepsiya – 
«O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot kafolatlari va 
barqarorlik shartlari» nomli asar sifatida dunyoga keldi. Jahon jamoatchiligi e‟tirofini 
qozongan ushbu kitob jahon siyosatida favqulodda yangilik sifatida qabul qilindi va 
dunyoning bir necha o„nlab mamlakatlarida tarjima qilinib, nashr etildi. 
Prezident Islom Karimov ushbu asarida Yer yuzidan «sovuq urush» vasvasasi 
yo„qoldi, biroq endi mamlakatlararo, mintaqaviy nizolar, ma‟lum bir hududlar 
o„rtasidagi kelishmovchiliklar butun dunyo taqdirini belgilaydigan ulkan xavfga 
aylanishi mumkin, degan tashvishni bildirgan edi. Afg„oniston voqealari va 
Tojikistondagi xunrezliklar misolida gapirib, bunday salbiy hodisalar Yer sharining 
turli mintaqasida turli shakllarda va turli maqsadlarda yuz berishi mumkinligini, bular 
qanday shaklda va maqsadlar yo„lida vujudga kelmasin inson va insoniyat, odam va 
olam taqdiriga tajovuz ekanligini, u bilan mutlaqo murosa qilib bo„lmasligini 
ko„rsatib o„tgan edi. 
Darhaqiqat, Afg„onistonda urush boshlangan kunlari tug„ilgan chaqaloq bugun 
navqiron yigit, ota yoki otsiz bo„lib voyaga yetdi. Uning ko„rgani o„lik, qon, jarohat 
va yovuzlik bo„ldi. Jajji qo„llari o„lik ushlab, tetapoya oyoqlari bilch-bilch qon bosib 
o„sdi. Maktab ko„rmadi, ma‟rifat nima bilmadi, kitob o„qimadi, qalam ushlamadi! 
Ushlagani o„q-dori, qurol-yaroq, o„ylagani yovuzlik bo„ldi! Hayotda bundan battar 
jaholat bormi? Jaholatning mezonlari, o„lchovlari, miqyoslari, chegaralari bormi? 
Kim uni ko„rsata va belgilay oladi? Agar butun millat farzandlari yillar mobaynida 
shu alpozda tug„ilsa-yu shu alpozda tarbiyalansa millat taqdiri, uning istiqboli qanday 
bo„ladi? Kim bunga javob bera oladi? Tarix oldida, millat oldida, o„tmish ajdodlari va 
kelgusi avlod oldida, umuman kelajak oldida kim o„zini ko„rsata biladi va qanday 
javob bera oladi? Prezident Islom Karimovning yuqoridagi gaplarida xuddi ana 
shunday achchiq va hayotiy haqiqat yotadi. 
Ana shu xulosalardan kelib chiqib, O„zbekiston rahbari bundan bir necha yil oldin 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish