213
– qonunda belgilangan tartibda chet el ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni
mustahkamlash, respublika matbuot vakillarining kasb mahoratini oshirish va tajriba
almashish maqsadida ularning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini uyushtirish.
Vazirlar Mahkamasining yangi jamg„arma tuzishni qo„llab-quvvatlash yuzasidan
qabul qilgan qarorida ommaviy axborot vositalarining faolligini oshirish, ularning
demokratiya va so„z erkinligining haqiqiy minbari sifatidagi o„rni va ahamiyatini
kuchaytirish, matbuot yangi tafakkurni shakllantirishning ta‟sirchan vositasiga,
odamlar fikr va irodasining xolis ifodachisiga aylanishi uchun ularning erkin
tayyorlanishi va tarqalishini ta‟minlash zarurligi alohida uqtiriladi.
Hukumat erkin, demokratik axborot manbalarini yaratish maqsadida davlatga
qarashli bo„lmagan, mustaqil nashrlar va axborot organlari tarmog„ini kengaytirish
masalasini kun tartibiga qo„ymoqda.
Bularning hammasi O„zbekistonda demokratik jarayonlar izchillik bilan
rivojlanayotganidan dalolat beradi. Mamlakat iqtisodiyoti Mustaqillikning oltinchi
yilida barqaror tus oldi. Yangi jamiyatimizning jahon andozalariga mos keladigan
shakl-u shamoyili qad rostladi. Endi uni demokratik tamoyillar bilan mazmunan
boyitish, g„oyaviy jihatdan chuqurlashtirish zarur.
Matbuot chin ma‟noda mamlakat ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‟naviy hayotining
faol ishtirokchisi, yangiliklar jarchisi, ezgu ishlar da‟vatkori, jamoatchilik fikrining
xolis ko„zgusiga aylanishining o„ziga xos shart-sharoitlari ham bor, albatta.
Matbuot va so„z erkinligini tanlagan har bir jamiyat boshidan kechirishi va amal
qilishi muqarrar bo„lgan talablar bor. Bu eng avvalo hamma uchun birday manfaatli
bo„lgan mas‟uliyat hissi, javobgarlik tuyg„usi.
Haqiqiy erkinlik yuksak intizom, qat‟iy talab, fuqarolik mas‟uliyati, qonunlar
ustuvorligidir.
1996-yil 19-dekabr kuni Prezident devonida respublika ommaviy axborot
vositalarini demokratlashtirish va qo„llab-quvvatlash jamg„armasi vakillari qabul
qilindi. Unda mamlakat rahbari bugungi kunda O„zbekiston matbuoti oldida turgan
eng dolzarb vazifalar haqida to„xtalar ekan, mamlakatimiz istiqloli va ravnaqi, milliy
va tafakkurni shakllantirish xalqimiz g„ururi va iymon-e‟tiqodining qay darajada
mustahkamligiga har jihatdan bog„liq ekanini alohida ta‟kidladi.
Shuningdek, jamiyatda bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanayotgan bir
paytda ma‟naviyatni mustahkamlash hamda ma‟rifatparvarlikni keng targ„ib etish
lozimligi va bunda matbuotning roli katta ekani alohida qayd etildi.
Uchrashuvda
Do'stlaringiz bilan baham: