«Viloyatda kadrlarni
tanlash, ularni o„rganish jarayonlari xalq deputatlari, faollardan sir tutilgan.
Kadrlarni tanlashda ularning malakasi, qat‟iyatliligi, qobiliyati emas, aksincha,
ularni ishga tayinlashda viloyat rahbariga nisbatan shaxsiy e‟tiqodi, sadoqati
inobatga olingan. Lavozimlarni tanish-bilishchilik, oshna-og„aynigarchilik
asosida taqsimlashga yo„l ochilgan. Bu yo„l bilan tayinlangan rahbarlardan yurt,
Vatan, istiqlol manfaati uchun nima kutish mumkin?»
Darhaqiqat, jamiyat hayotidagi tub burilish odamlar tafakkurida, jumladan, rahbar
kadrlar dunyoqarashida keskin o„zgarish yasashni taqozo qiladi. Mustaqillikning
dastlabki yillari aytish mumkinki, ana shunday fikriy o„zgarishlarni, jiddiy
islohotlarga alohida tayyorgarlikni boshlash lozim edi. Yangi davrning yangi talablari
asosida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo„yish, davlat boshqaruvi tizimini
mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ma‟muriy buyruqbozlik tizimi barbod
etilsa-da, totalitar tuzum yo„q qilingach, tabiiyki, uning illatlaridan batamom qutulib
bo„lmaydi. Jumladan, talon-tarojlik, odamlar haqiga xiyonat qilish, qonunsizlik,
ma‟muriyatchilik va to„rachilik illatlari yangi tuzum ma‟naviy qiyofasiga putur
yetkazar edi. Jamiyat taraqqiyotiga to„g„anoq bo„lar edi. Shuning uchun ham
mamlakatda mahalliy davlat hokimiyati idoralari tizimini takomillashtirishda uning
ham shaklan, ham mazmunan o„zgartirishga jiddiy e‟tibor berildi. Eng avvalo
islohotlarni qonun bilan mustahkamlash davlat boshqaruvi yangi tizimining huquqiy
negizlarini yaratish borasida qator ishlarni amalga oshirdi.
Qonun ustuvorligi, boshqaruvning ham, ijtimoiy hayotning boshqa sohalarini ham
butunlay qamrab olmog„i, jamiyat hayotining barcha qirralarida o„zini namoyon etish
choralari ko„rildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mas‟ul shaxslar kayfiyatini o„zgartirish,
ularning ma‟naviy-ruhiy qiyofasini takomillashtirish, loqaydlik, sansalorlik, o„zi
bo„larchilik va boqimandalik kayfiyatlarini yo„qotish zarur edi. Har bir davlat
hokimiyati organi joylarda o„zining nufuziga, obro„-e‟tiboriga ega bo„lmog„i, u xalq
ustidan hukmron guruh emas, aksincha xalq uchun yashayotganligi singari ijobiy
fazilatlarini chuqurlashtirish kerak edi. Chunki ayni ana shunday fazilat butunlay
yangi tarixiy sharoitlarda shakllanayotgan yangi davlatning, fuqarolik jamiyatining
asosini tashkil etadi.
Mustaqillikning dastlabki yillari turli ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, iqtisodiy
tanglik, asab tarangligi davri bo„ldi. Ana shunday paytda mahalliy hokimiyat
organlari zimmasiga nihoyatda og„ir mas‟uliyat tushdi. Aniq ish maromi, yetilib
chiqayotgan muammolarni o„z vaqtida anglash va o„z vaqtida hal etish, kundan kunga
yangidan yangi yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlarni boshqarib
111
turish nihoyatda katta iste‟dodni, hozirjavoblikni taqozo etadi. Prezident I.A.Karimov
ana shularni nazarda tutib:
Do'stlaringiz bilan baham: |