Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
 
* * * 
ISLOM ABDUG„ANIYEVICH KARIMOV 
Davlat va siyosat arbobi, O„zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. 1938-
yilda Samarqandda tug„ilgan. O„rta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq 
xo„jaligi institutini tugatgan. 1960-yildan «Tashselmash» zavodida avval master 
yordamchisi, so„ng master, texnolog, 1961-yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent 
aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor, 
1966-yildan O„zbekiston Davlat plan komitetida fan va yangi texnikani joriy etish 
bo„limining bosh mutaxassisligidan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi 
o„rinbosarigacha bo„lgan yo„lni bosib o„tdi. 
1983-yildan O„zbekiston moliya vaziri, 1986-yildan O„zbekiston Ministrlar Soveti 
raisining o„rinbosari – respublika Davlat plan komitetining raisi.
1986-yil dekabridan O„zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyati partiya 
komitetining birinchi kotibi. 1989-yil iyunidan O„zbekiston Kompartiyasi Markaziy 
Komitetining birinchi kotibi. 1990-yil 24-martdagi O„zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashi sessiyasida O„zbekiston Prezidenti etib saylandi.
I.A.Karimov 1991-yil 29-dekabrda birinchi bor muqobillik asosida o„tkazilgan 
umumxalq saylovida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. O„zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasiga muvofiq, u ayni vaqtda davlat va ijro 
etuvchi hokimiyat boshlig„idir.
I.A.Karimov 1991-yil 31-avgustda Toshkentda O„zbekiston Respublikasining 
davlat mustaqilligini e‟lon qildi. I.A.Karimov O„zbekistonda davlat tuzumini 


40 
mustahkamlashda, respublikaning ichki va tashqi siyosatida tinchlik va barqarorlikni 
ta‟minlashda jonbozlik ko„rsatmoqda. 
1995-yil 26-martda umumxalq ovozi (referendum) bilan I.A.Karimovning 
Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirildi.
2000-yil 9-yanvar kuni O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo„lib o„tdi. 
Muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o„tkazilgan ushbu saylovda 
saylovchilarning 91,90 foizi Islom Karimov nomzodini qo„llab-quvvatladi va 
Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq Islom Abdug„aniyevich Karimov 
O„zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. 
2007-yil 23-dekabr kuni O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo„lib o„tdi. 
Saylov muqobillik asosida demokratik tamoyillar va O„zbekistonda saylov 
o„tkazish tajribalariga tayanib, muqobillik tarzida o„tkazildi. 
O„zbekiston Respublikasi markaziy saylov komissiyasining xulosalari va 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlariga ko„ra Islom Karimov o„n 
uch milliondan ortiq saylovchilarning yoki saylovda qatnashganlar umumiy sonining 
92,1 foizi ovozini oldi. 
Ushbu saylov O„zbekistonda umumxalq saylovini o„tkazishning o„ziga xos 
tajribasi mavjudligini, fuqarolar jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirokini 
ta‟minlashning, saylash, saylanish tartibotining demokratik tamoyillarga asoslangan 
tajribalar to„planganligining yaqqol namunasi bo„ldi. 
To„rtta siyosiy partiyadan ko„rsatilgan to„rt nomzod orasidan amaldagi 
Prezidentning mutlaq ko„pchilik ovoz bilan qayta tanlanishi va saylanishi 
O„zbekistonda davlat va jamiyat, davlat siyosati va fuqarolar maqsad-intilishlarining 
mushtarakligidan dalolat beradi. 
I.A.Karimovning eng muhim asarlari ingliz, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab 
kabi o„nlab turli xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda bir necha bor nashr 
qilingan. Respublikamizda esa I.A.Karimov asarlarining 15 jildlik to„plami quyidagi 
nomlarda nashr qilingan: 
1-jild. I. Karimov, «O„zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura», 
Toshkent, «O„zbekiston», 1996-yil; 
2-jild. I. Karimov, «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», Toshkent, «O„zbekiston», 
1996-yil; 
3-jild. I. Karimov, «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», Toshkent, «O„zbekiston», 
1996-yil; 
4-jild. I. Karimov, «Bunyodkorlik yo„lidan», Toshkent, «O„zbekiston», 1996-yil; 
5-jild. I. Karimov, «Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi», Toshkent, 
«O„zbekiston», 1997-yil; 
6-jild. I. Karimov, «Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo„lida», Toshkent, 
«O„zbekiston», 1998-yil; 
7-jild. I. Karimov, «Biz kelajagimizni o„z qo„limiz bilan quramiz», Toshkent, 
«O„zbekiston», 1999-yil; 


41 
8-jild. I. Karimov «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot – pirovard 
maqsadimiz». Toshkent, «O„zbekiston», 2000-yil; 
9-jild. I. Karimov «Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas‟ulmiz». Toshkent, 
«O„zbekiston», 2001-yil; 
10-jild. I.Karimov «Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak». Toshkent, 
«O„zbekiston», 2002-yil; 
11-jild. I.Karimov «Biz tanlagan yo„l – demokratik taraqqiyot va ma‟rifiy dunyo 
bilan hamkorlik yo„li». Toshkent, «O„zbekiston», 2003-yil; 
12-jild. I.Karimov «Tinchlik va xavfsizligimiz o„z kuch-qudratimizga, 
hamjihatligimiz va qat‟iy irodamizga bog„liq». Toshkent, «O„zbekiston», 2004-yil; 
13-jild. I.Karimov «O„zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo„lmaydi». 
Toshkent, «O„zbekiston», 2005-yil; 
14-jild. I.Karimov «Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat». Toshkent, 
«O„zbekiston», 2006-yil; 
15-jild. I.Karimov «Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, 
ma‟naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha 
ishlarimizning mezoni va maqsadidir». Toshkent, «O„zbekiston», 2007-yil; 
I.A.Karimov O„zbekiston Qahramoni unvoni (1994-y.), «Mustaqillik» (1996-y.)., 
«Amur Temur» (1998-y.) ordenlari sohibi. I.A.Karimov xalqaro munosabatlarni 
rivojlantirishdagi salmoqli hissasi uchun bir qator xorijiy davlatlarning va nufuzli 
xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan. U O„zbekiston 
Fanlar Akademiyasining akademigi (1994-y.), nufuzli xalqaro akademiyalarning 
faxriy a‟zosi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish