348
talablar, hayot ehtiyojlari yoki vaqtinchalik holatlarda taktikaning o„zgarib turishi
tabiiy hol. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, mavjud
siyosiy, huquqiy, ma‟naviy-axloqiy mezonlar nuqtayi nazaridan hayotiydir. Chunki,
o„tish davrida qonunchiligimizning hali to„la shakllanmaganligi, ayrim hollarda esa
mavjud qonunlarga ham hali bo„ysunib yashashga odatlanmaganimiz, ba‟zan
xudbinlik va manfaatparastlikning avj olib ketishi natijasida turli xildagi
suiiste‟molliklar yuz bermoqda. Natijada foydani yashirish, soliqdan qochish va
boshqa ko„zbo„yamachiliklar, nayranglar tufayli kimlardir ortiqcha boyib ketib,
kimlardir qashshoqlashib qolishi mumkin. Ana shunday paytda Davlat qonun
ustuvorligini ta‟minlashda, aholi turli tabaqasining turmush tarzida muvozanatni
saqlab turishda muhim rol o„ynaydi.
Ikkinchidan
, davlat adolat g„oyasiga qattiq suyanadi va inson haq-huquqlarini
butun choralar bilan himoya qilish yo„lidan sobitqadamlik bilan bormoqda. Aholini
turli bo„hronlardan asrab qolish, uni ijtimoiy muhofazalash, tabaqalarga bo„linmasligi,
yashash huquqi kabi Oliy qoidani muqaddas tutish – uning insonparvarlik
siyosatining bosh mazmuni.
Uchinchidan
, O„zbekiston yo„li oldin dunyo minbarlaridan turib e‟lon qilingan,
jahon jamoatchiligi tomonidan tan olingan mamlakatimiz uchun xos tub
islohotlarning mashhur besh tamoyilidan biri – o„tish davrida davlatning bosh
islohotchi bo„lib turishi kerakligi kabi qoida hayot talabiga aynan mos kelganligidir.
Bir qarashda bizga xususiylashtirish jarayoni sof iqtisodiy hodisa bo„lib ko„rinadi.
Xususiylashtirish deganda ko„nglimizda moddiy ne‟mat, moddiy manfaatdorlik,
mulkka egalik qilish xohish-istagi paydo bo„ladi. Ko„z o„ngimizda u yoki bu tarzdagi,
ko„p yo oz miqdordagi mulk gavdalanadi.
O„zbekistonda xususiylashtirish hukumat rahnamoligida nafaqat iqtisodiy, balki
huquqiy va ma‟naviy hodisaga aylantirildi. Ayni paytda u ongimiz va tafakkurimizda
yuz berayotgan jiddiy o„zgarish sifatida tan olindi. Chunki u bizning fikrlarimiz va
ongimizda o„zgarish yasadi. Inson haq-huquqlarini tobora chuqurlashtirdi, uning
turmush tarziga yangi mazmun olib kirdi. Natijada jamiyat ham, odamlar ham sifat
jahatdan tubdan o„zgardi, uning ma‟naviy qiyofasi ancha tiniqlashdi.
Tub islohotlar O„zbekistonda tabiatiga ko„ra sof siyosiy, huquqiy yoki iqtisodiy
mohiyatini yo„qotmagan holda ma‟naviy, ruhiy-axloqiy qadriyat darajasiga
ko„tarilganligi sababli mamlakatning ham, barcha fuqarolarning ham hayotida
mukammal, yetuk hodisa sifatida iz qoldirmoqda. Iqtisodiy islohotlarning ma‟naviy
mazmuni tobora chuqurlashmoqda.
Chunonchi:
Do'stlaringiz bilan baham: