Birinchidan
, xususiylashtirish qandaydir kishilar yoki ma‟lum mafkura manfaati
uchun xizmat qilmasligi lozim. Chunki xususiylashtirish eng avvalo, mamlakat
miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar mantig„iga mos bo„lmog„i kerak edi.
«O„zbekistonda davlat bosh islohotchi» vazifasini amalga oshirar ekan, uning
xususiylashtirishni o„zi boshqarib borishi ko„zda tutildi. Shuning uchun
O„zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g„oyasidan voz kechildi. Bu
boradagi muhim xulosa shundan iborat bo„ldiki, davlat mol-mulki faqat yangi
mulkdorga sotish yo„li bilangina mulkchilikning boshqa shakliga aylantirila
boshlandi.
Ikkinchi
tamoyil shundan iborat bo„ldiki, xususiylashtirishga dasturiy
yondashuvni ta‟minlash va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim edi.
Shuning uchun 1991-yil 18-noyabrda O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
VIII sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
to„g„risida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko„ra mulkchilik shakllarini o„zgartirish
sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab
chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat‟iy
belgilab qo„yildi.
Albatta, bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor yo„nalishlarni belgilash
imkonini beradi.
Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini,
savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko„rsatish korxonalarini hamda qishloq xo„jalik
mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas «kichik xususiylashtirish» jarayonini
qamrab oldi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik. 1992-
1993-yillarda 28 ming 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obyekt egasi bo„ldi.
Bu jarayon vaqt o„tgani sayin ko„paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995-yilda 8584 ta,
1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs xususiy obyektlar egasi bo„ldi.
Yuqorida aytilganidek birinchi bosqichda (1992-1993) bir million kvartira
xususiylashtirildi yoki O„zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o„rtacha 4,7 kishi
bo„lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga
mulkdorga aylandi.
343
1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-
tadbirlari to„g„risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning
ustuvor yo„nalishlari to„g„risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini
yana ham yangi pog„onaga ko„tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi.
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxonalarni ochiq turdagi
hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayonga aholini va chet ellik
investorlarni kengroq jalb qilish jarayonini avj oldirish vazifasi qo„yildi.
Qimmatli qog„ozlar va ko„chmas mulk bozorini tashkil etish uchun asos yaratildi.
Davlat mulkini sotish bo„yicha kimoshdi savdolari va tanlovlari o„tkaziladigan bo„ldi.
Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borila
boshlandi. Hozirgacha mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga
doir 20 dan ortiq davlat Dasturi qabul qilindi.
Aniqrog„i, bu Dasturlarga muvofiq xalq xo„jaligidagi barcha soha tarmoqlarini
ommaviy xususiylashtirish uchun imkon yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib
tashlandi. Masalan, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 29-
martda tasdiqlagan Davlat Dasturiga muvofiq o„sha yilning o„zida 5 ming 127 obyekt
xususiylashtirildi. Bundan tashqari qo„shimcha tarzda dasturga kirmagan 4 ming 617
obyekt ham haqiqiy egasini topdi. Xususiy tadbirkorlar 57 ta konserva sexini, 120 ta
g„isht zavodini, 92 ta to„quvchilik sexini sotib olishdi. Qishloq xo„jaligida esa butun
bog„larning yarmidan ortig„i, uzumzorlarning 40 foizi xususiy foydalanish uchun
berildi. Dehqon xo„jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon
xo„jaligi paydo bo„ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi.
1995-yili xalq xo„jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo„ldi. Endi yirik
korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila boshlandi. O„sha yili mashinasozlik
kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg„i-energetika, 55 ta qurilish
industriyasiga qarashli, 114 ta taransport, 68 ta uy-joy-kommunal xo„jaligi, 229 ta
qayta ishlash korxonasi va 291 ta qurilish bilan bog„liq obyektlar xususiylashtirildi.
Iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq turdagi hissadorlik
jamiyatlari, 6000 xususiy va oilaviy korxonalar vujudga keldi. Xususiylashtirish
borasida O„zbekistonda amalga oshirilgan ishlarning yana bir o„ziga xos tomoni
shundaki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog„ida aholi uchun kuchli ijtimoiy
kafolat choralari ko„rildi.
Bular nimalardan iborat? Aholining ijtimoiy himoyasi avvalo shunda ko„rinadiki,
xususiylashtirish chog„ida bir butun imtiyozli tizim yaratildi. Masalan,
xususiylashtirilayotgan korxona xodimlariga imtiyozli aksiyalar berildi. Shuningdek,
davlat xo„jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog„lar va uzumzorlar imtiyozli
shartlarda xususiylashtirila boshlandi.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-iyul kuni bo„lib
o„tgan yig„ilishida xususiylashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirishga e‟tibor
berilar ekan «Xususiylashtirish jarayoni chuqurlashdi va kengaydi. U sifat jihatidan
yangicha ahamiyat kasb etganini ham qayd etish lozim», – deb ta‟kidlandi.
344
Darhaqiqat, mustaqillikning dastlabki yillarida asosiy e‟tibor masalaning miqdor
ko„rsatkichlariga, ya‟ni qancha korxona mulk shaklini o„zgartirganiga qaratilgan
bo„lsa, bugungi kunda xususiylashtirishning sifat ko„rsatkichlari asosiy mezon bo„lib
qoldi.
Mustaqillikning o„tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 mingtadan 19 ming
300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o„zida kichik va xususiy korxonalar soni 19
ming 100 taga ko„paydi. 1997-yilning 1-yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga yetdi.
1997-yil 1-yanvariga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Agar 1993-yilda
jami korxonalarning 39,4 foizdan ortig„i davlatga tegishli bo„lmagan korxona bo„lsa,
1994-yilda bu ko„rsatkich 57,7 foizga, bugunga kelib esa 82,7 foizga yetdi.
Agar 1993-yilda xalq xo„jaligida band bo„lgan aholining 48 foizi nodavlat
sektorida ishlagan bo„lsa, ayni paytda ularning 70 foizi mazkur sektorda faoliyat
ko„rsatmoqda. Hozirgi kunda sanoat mahsuloti hajmining yarmidan ko„pi, qishloq
xo„jalik mahsulotining 97 foizi, chakana tovar oborotining 94 foizi, pudrat ishlarining
61 foizi nodavlat sektori hissasiga to„g„ri keladi.
2007-yilga kelib respublikada nodavlat mulkning har xil shakllarini rivojlantirish
uchun barcha zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Bu xususda anchagina ishlar
ham qilindi. Ayni paytda etishtirilayotgan qishloq xo„jaligi mahsulotining 98 foizdan
ortig„i, chakana tovar aylanishining 96 foizi, sanoat mahsulotining 60 foizdan ortig„i
nodavlat sektoriga to„g„ri keladi. Mehnatga layoqatli barcha aholining 71 foizdan
ortig„i nodavlat sektorida band. Aholining aksariyat qismi turarjoy sohibi hisoblanadi,
ularning ko„plari korxonalar aksiyalarini sotib olib, ular mulkiga egalik qilmoqda.
Kichik va xususiy biznes faol rivojlanmoqda. Ro„yxatdan o„tgan kichik va xususiy
korxonalar soni 1999-yil 1-iyunga kelib 160,1 ming birlikka yetdi, bu esa respublika
hududidagi yuridik shaxslar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. 260 mingdan
ortiq
respublika
fuqarosi
yakka
tartibdagi
tadbirkorlik
faoliyati
bilan
shug„ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni – 1,4 barobar, fermer xo„jaliklari
soni – uchdan bir hisobida ko„paydi. Bu borada izchil siyosat olib borilishi tufayli
2007-ylning 1 yanvar holatiga ko„ra, respublikamizda faoliyat ko„rsatayotgan kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni qariyb 350 mingtaga yetdi. Bugungi
kunda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 42,1 foizni tashkil etmoqda.
2006-yilning o„zida ushbu sohada qo„shimcha ravishda 290 mingta yangi ish o„rni
yaratildiki, bu ko„rsatkich mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan
ortig„ini tashkil etadi.
Xususiy sektor, kichik biznes iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning faol
harakatlantiruvchi kuchiga aylanganicha yo„q. Shuning uchun yaqin yillar ichida
mulkchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, mulkdor huquqlarini amalga
oshirish va himoyalash uchun yanada kuchliroq kafolatlarni yaratish bo„yicha keng
ko„lamli dasturni amalga oshirish kerak bo„ladi.
Bir so„z bilan aytganda – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda
aholi bandligini ta‟minlaydigan va uning asosiy daromad manbayi bo„lgan muhim
bo„g„inga aylanmoqda.
345
Ayni paytda u iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning eng muhim omili, jamiyatimiz
ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo„lidan
olg„a yetaklaydigan faol harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo„lmoqda.
So„nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay
shart-sharoit yaratish yo„lida ko„p ish qilindi.
Jumladan, Davlatning biznes faoliyatiga aralashuvi keskin cheklandi, kichik biznes
subyektlarini ro„yxatga olish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirildi va ularning
oshkoraligi ta‟minlandi, soliq stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi,
mahsulotlarni standartlash va sertifikatsiyalash tizimi takomillashtirildi, birja
savdolarini rivojlantirish orqali tadbirkorlarning moddiy-texnik resurslaridan erkin
foydalanishi bilan bog„liq ko„p masalalar hal qilindi, mikrokreditlash va mik-
rolizmning yo„li bilan tadbirkorlarga kredit berishning yangi shakllari joriy etildi.
Shuni ta‟kidlash lozimki, bularning barchasi o„zining ijobiy natijasini berdi. Faqat
2006-yilning o„zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qo„shimcha
ravishda 290 ming yangi ish o„rni yaratildi, bu esa mamlakatimizda ochilgan yangi
ish joylarining 50 foizdan ortig„ini tashkil etadi.
Ayniqsa, 2006-yilda yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalashish negizida
kasanachilik faol rivojlanib, buning natijasida 60 mingdan ziyod ish o„rni tashkil
etildi.
Katta sarmoya, mablag„ talab qilinmaydigan kasanachilikni yo„lga qo„yish
maqsadida joylardagi ishlab chiqarish korxonalarida bekor yotgan turli xil dastgoh va
uskunalarni qo„lidan ish keladigan odamlarga, oilalarga berildi. Natijada 60 ming
odam, 60 ming oila qo„shimcha daromadga ega bo„ldi.
346
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan so„ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan
huquqiy davlat, demokratik, adolatli jamiyat qurishga kirishdi.
Prezident I.Karimov o„zining «O„zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yo„lida» nomli kitobida yozganidek,
Do'stlaringiz bilan baham: |