Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


370 
Y e t t i n c h i b o b. 
O„ZBEKISTONDA MA‟NAVIY-RUHIY POKLANISH
VA MILLIY QADRIYATLARNING TIKLANISHI 
1-§. Milliy g„oya 
1991-yil oxiriga kelib, Ittifoq tarqalib ketganligi, respublikamizning mustaqil 
suveren davlat maqomiga ega bo„lganligi tufayli jamiyatda yuz bergan demokratik 
jarayonlarga va hurfikrlilikka intilish xalqning milliy ongi muttasil oshib borishiga 
zamin yaratdi. Shu bilan birga mavjud hodisalarga yangicha tafakkur bilan qarashni 
taqozo qildi. Jumladan, butunlay yangi tarixiy sharoitlarda butunlay yangicha 
qarashlarni, munosabatlarni qaror toptirish zarur edi. Chunki O„zbekiston, o„z 
kelajagini «yangilangan» federatsiya tarkibida emas, balki mustaqil milliy 
davlatchilik qaror topgandagina o„zining to„la siyosiy suvereniteti va iqtisodiy 
mustaqilligiga erishgandagina belgilashi mumkinligini ancha oldin tushungan va bu 
borada o„zining qat‟iy qaroriga kelgan edi. Binobarin, xalqni yangi yo„ldan boshlab 
borish, uning qarashlari va orzu-maqsadlarini bir yo„nalishga burib, kuchlarni 
uyg„unlashtirish uchun yagona g„oyaviy qurol zarur edi. O„zbekiston boshqa 
ittifoqdosh respublikalar ichida birinchilardan bo„lib o„zini mustaqil respublika deb 
e‟lon qilgan edi. Bu, albatta, O„zbekiston uchun buyuk tarixiy voqea, milliy mafkura 
shakllanishida yangi davrning boshlanishi edi. Bu hol tabiiy ravishda kishilarning 
siyosiy ongi oshishiga olib keldi. Odamlar jamiyatda yuz berayotgan o„zgarishlar 
shiddati oldida birmuncha gangib qolishdi. Turli safsatalar, xatti-harakatlar, 
«g„oyaviy» kurashlar, «xonaki» va ajnabiy siyosatdonlar ko„payib ketdi. Bir 
maromdagi turmush va bir qolipdagi fikrlash tarzi buzilib, sarosimalik, to„qnashuvlar 
va parokandalik kayfiyatlari kuchaya bordi. Ana shunday paytda umumxalq va 
umumdavlat manfaatiga mos keladigan eng maqbul yo„lni tanlash, buning uchun esa 
mafkuraviy yakkahokimlikka barham bergan holda aholining barcha tabaqalari 
qatlamlarini, talab-ehtiyojlarini ma‟naviy-ruhiy chanqoqligini qondira oladigan yetuk 
va barkamol g„oyani yaratish zarur edi. 
Masalaning yana boshqa bir tomoni ham bor edi. Bu bevosita uzoq yillar 
mobaynida hukmron bo„lgan g„oya va aqidalardan xalos bo„lish, uning bir yoqlama, 
havoyi, balandparvoz da‟vatlaridan voz kechish kabi og„ir, vaqt talab etadigan jarayon 
bilan bog„liq. Endi tafakkur tarzi va qarashlarni tubdan o„zgartirish uchun eng avvalo, 
o„sha davrning bosh mafkurachisi – sobiq kommunistik partiya g„oyalaridan voz 
kechish, qolaversa, butunlay yangi, zamon talablari va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar 
mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan mafkurani ishga solish lozim edi. Ana shu 
xulosalardan kelib chiqib, I.A.Karimov 1991-yil 14-sentabrda shunday fikrni bayon 
qildi: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish