Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


kerak. Buning mazmuni shuki, qishloqda tub islohotlar o„tkazish, qishloq



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

kerak. Buning mazmuni shuki, qishloqda tub islohotlar o„tkazish, qishloq 
xo„jaligini taraqqiy ettirish, qishloq xo„jaligida ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish O„zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omili va 
manbayidir»

Shu bois avvalo qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish 
borasidagi muhim chora-tadbirlardan biri, bu sohani boshqarishni takomillashtirish va 
tubdan o„zgartirish, rahbarlikni yaxshilash bo„ldi. 1991–1996-yillarda qishloq 
xo„jaligi kompleksiga rahbarlikni yaxshilash, qishloqda o„tkazilayotgan islohotlarning 
huquqiy asosini yaratish choralari ko„rildi.
1996-yil 26-noyabrda respublika hukumati qishloq va suv xo„jaligini 
boshqarishning, qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishga 
yo„naltirilgan butunlay yangi tizimini yaratish maqsadida «O„zbekiston Respublikasi 
Qishloq va suv xo„jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to„g„risida» qaror 
qabul qildi. Shunga asosan ikki vazirlik birlashtirildi. 
Bundan ilgariroq, aniqrog„i, 1996-yil 3-aprelida Prezident «Qishloq xo„jaligi ishlab 
chiqarishini davlat yo„li bilan qo„llab-quvvatlash chora-tadbirlari to„g„risida» 
farmonni imzolab unda qishloqda islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan qator 
tadbirlar ko„zda tutilgan edi. 
Yana ta‟kidlash joizki, mustaqillik yillarida qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini 
ustun darajada rivojlantirish borasida yangi qonun va me‟yoriy hujjatlar qabul qilindi. 
Masalan, 1991-yil 21-dekabrda qabul qilingan «Dehqon (fermer) xo„jaliklarini yanada 
mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash 
to„g„risida»gi Farmon qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini zamon talablari asosida 
tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo„ldi. 
Shuningdek, chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish va dehqon (fermer) 
xo„jaliklari hamda xususiylashtirilgan fermalarning manfaatlarini himoya qilish 
to„g„risida 1994-yil fevralida qabul qilingan hukumat qarorlari ham katta ahamiyatga 
ega bo„ldi. 
Shu yillarda amalga oshirilgan tadbirlar tufayli qishloqda agrar islohot jarayonida 
bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi xo„jalik tizimi shakllandi. Avvalgi 
sovxozlarning hammasi kooperativ, uyushma, shirkatlarga va mulkning boshqa 
nodavlat shakllariga aylantirildi. 
Chorvachilik fermalari 1994-yilda mazkur joydagilar mulkiga aylantirildi. 1995-
yilda qoramol boqiladigan 588 chorvachilik fermasi kimoshdi savdosida sotildi. 
Dehqonlarning shaxsiy yordamchi xo„jaliklariga sug„oriladigan yerlardan qo„shimcha 
salkam 350 ming gektar yer ajratildi. Ayni paytda qishloqda 20 mingdan ortiq fermer 
xo„jaligi faoliyat ko„rsatmoqda. Qishloq xo„jalik ishlab chiqarishining ijtimoiy 


361 
tuzilishi tubdan o„zgardi. Hozir qishloq xo„jaligi yalpi mahsulotlarining 98 foizi 
nodavlat sektori hissasiga to„g„ri kelmoqda. 
Iqtisodiy islohotlar respublika oziq-ovqat mustaqilligini ta‟minlash maqsadida 
ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini o„zgartirishlar bilan birga amalga oshirildi. 
Paxtazorlar 1,5 million gektarga qisqardi, sug„oriladigan yerlardagi g„allazorlar 1,2 
million gektarga ortdi. G„allachilikni jadal rivojlantirish qisqa vaqt ichidayoq xalq 
iste‟moliga ishlatiladigan va ozuqabop donga bo„lgan ehtiyojni qondirish, bug„doy 
sotib olishga sarflanayotgan valyutani tejab qolish imkoniyatini beradigan, eksportga 
ehtiyoj qoldirmaydigan qudratli tarmoq yaratildi. 
Don ekinlari uchun ajratilgan maydonlar 1990-yildan 1998-yilgacha bo„lgan davr 
mobaynida asosan paxta ekinlari maydonini qisqartirish hisobiga 1,7 barobar oshdi. 
Don ishlab chiqarish ikki barobardan ko„proq oshib, 4,15 mln. tonnani tashkil qildi. 
Mazkur ekinlarni yetishtirish tajribasining ko„payishi va faol seleksiya ishlari 
natijasida hosildorlik shu yillar mobaynida 1,3 barobar oshdi. Ushbu chora-tadbirlar 
don ekinlari importini sezilarli darajada qisqartirishga imkon berdi. Agar 1990-yilda 
respublikada iste‟mol qilinadigan bug„doyning 90 dan ortiq foizi importga to„g„ri 
kelgan bo„lsa, 1998-yilda import ulushi 19 foizdan kamroqni tashkil qildi. 
Qishloq xo„jaligini isloh qilishning moddiy shart-sharoitlarini yaratish, islohotlarni 
yangi sifat darajasiga ko„tarish uchun 1994-yilda davlat tomonidan xarid qilinadigan 
paxta tolasi va donning narxi 3–8 barobar oshirildi. Qolgan barcha mahsulotlarni 
dehqonlar erkin bozor narxlarida sota boshladilar. Boshqacha qilib aytganda 
qishloqda islohotlarni jadallashtirish va chuqurlashtirishni, bozorga xos ko„p ukladli 
samarador ishlab chiqarishni ta‟minlaydigan zarur iqtisodiy shart-sharoitlar yaratildi. 
Bu osonlikcha bo„lmadi. Sababi qishloq xo„jaligi mahsulotlari yetishtirishga va 
qayta ishlashga ahd qilgan kishilar oldida ko„plab muammolar paydo bo„lgan edi.
Mazkur muammolarni qonun yo„li bilan hal qilishni ko„zda tutuvchi yangi hujjatlar 
qabul qilindi. Ular ichida asosiylaridan biri, 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan 
«Dehqon xo„jaligi to„g„risida»gi Qonundir. Bu hujjatda ishlab chiqarish vositalarini 
xarid qilish uchun uzoq muddatli kredit ajratilishi hamda, dehqon xo„jaligining joriy 
ishlab chiqarish faoliyati uchun kredit shartnomasi asosida qisqa muddatli kredit 
ajratish ko„zda tutildi. 
Dehqon xo„jaligi tashkil topayotgan paytida unga ssuda va kreditlar berilishida 
mahalliy hokimiyat boshqaruv organlari, boshqa to„lovga qobiliyatli yuridik va 
jismoniy shaxslar, shuningdek, dehqon xo„jaliklarining o„zlari o„z mulki evaziga kafil 
bo„ladigan bo„ldilar. 
Qishloq xo„jalik vazirligi ma‟lumotlariga qaraganda, 1996-yil boshigacha 
O„zbekistonda 
dehqon 
xo„jaliklarining 
umumiy 
soni
20 ming 244 tani tashkil etdi. 
1995-yilda dehqon xo„jaliklarining soni jadal sur‟atlar bilan oshib borgan yil 
bo„ldi. Birgina 1995-yilda 3 ming xo„jalik qo„shildi. Shunga muvofiq ravishda ularda 
band bo„lgan qishloq mehnatkashlarining soni 79229 kishidan 105377 kishiga 


362 
ko„paydi. 4380 dan ortiq kishi mehnat shartnomasi asosida mavsumiy ishlarga jalb 
qilindi.
O„zbekiston ulkan qishloq xo„jalik resurslariga ega mamlakat. Uning asosiy 
qishloq xo„jalik ekini paxta. Agar butun Markaziy Osiyo mamlakatlari 2 million 
tonna paxta tolasi yetishtirsa, birgina O„zbekiston 1 million 400 ming tonna paxta 
tolasi yetishtiradi. 
Respublika paxta tolasini yetkazish bo„yicha jahonda to„rtinchi o„rinda, uni chetga
chiqaruvchi va jahon bozorida uni sotish hajmi bo„yicha ikkinchi o„rinni egallaydi. Bu 
esa mamlakat xazinasiga valyuta kelib tushishining eng muhim manbayi bo„lib qoldi. 
Respublika sabzavot, meva, uzum yetishtirish bo„yicha ham salmoqli o„ringa ega. 
Hozir O„zbekistonda yiliga 5 million tonnaga yaqin meva-sabzavot yetishtirilmoqda. 
Bu respublika aholisi ehtiyojidan ancha ortiq. 
Respublikada har yili o„rtacha 70 ming tonnaga yaqin pilla yetishtirilib, uning 21 
ming tonnasi respublika korxonalarida qayta ishlanib, ipak tolasi olinadi, qolgani esa
eksport qilinadi. 
O„zbekistonda qishloq xo„jaligini isloh qilishning puxta o„ylab olib borilishi MDH 
barcha mamlakatlaridan farqli o„laroq, ishlab chiqarishning sezilarli darajada pasayib 
ketishiga yo„l qo„ymaslik imkonini berdi. 
Shu bilan birga qishloqda islohotlarni amalga oshirishda ekinlar hosildorligi, 
mehnat unumdorligi o„sishini ta‟minlashda, haqiqiy yer egasi va mahsulot sohibining 
shakllanishida hali bir qator muammolar va yechilmagan masalalar ko„p edi. Shu bois 
1995-yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV sessiyasida «Qishloqda islohotlar sust 
borayotgani va kutilgan natijalarni bermayotgani, mulk o„z egasini topishi haqida 
ko„p gapirilsa-da, amaliy hayotda esa bu masalalar o„zining kerakli yechimini topma-
yotgani» qat‟iy ta‟kidlab o„tildi. 
O„zbekistonda qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishda 
urug„chilikka e‟tibor berilishi lozimligi qayta-qayta uqtirildi. Shu bois ham mamlakat 
Oliy Majlisi 1996-yil 29-avgustida O„zbekiston Respublikasining «Urug„chilik 
to„g„risida», «Seleksiya yutuqlari to„g„risida»gi qonunlarni qabul qildi. Ushbu 
qonunlar respublikada urug„chilik masalalariga doir davlat siyosatini amalga 
oshirishning huquqiy asosini yaratdi. 
Qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish haqida gapirar ekanmiz, qishloqda
aholi turmush sharoitini yaxshilashga Prezident va hukumat doimiy ravishda e‟tibor 
berayotganliklarini ham ta‟kidlamoq lozim. 
1996-yilning 21-mayida O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
«2000-yilgacha bo„lgan davrda O„zbekiston Respublikasi qishloq infrastrukturasini 
rivojlantirish Dasturi» to„g„risida qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda qishloqning 
iqtisodiy va mehnat imkoniyatlaridan yanada to„liq va samarali foydalanish uchun 
qulay sharoitlar yaratish, qishloq aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash 
maqsadida Vazirlar Mahkamasi «O„zistiqbolstat» Davlat Qo„mitasi, O„zbekiston 
Moliya vazirligi, Sog„liqni saqlash va Xalq ta‟limi vazirligiga 2000-yilgacha qishloq 
infrastrukturasini rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirishni topshirdi. 


363 
Shuningdek, ushbu qarorda hukumat komissiyasi tuzilib, har 3 oyda bir marta ushbu 
qaror bajarilishini nazorat qilish ham ko„zda tutildi. 
Vazirlar Mahkamasining qishloqni rivojlantirishga doir mazkur qarori sohada 
keskin o„zgarish yasashga asos bo„ldi. Masalan, 1996-yil oktabr oyida bo„lib o„tgan 
yig„ilishda «O„zbekiston Xalq ta‟limi vazirligining Vazirlar Mahkamasining «2000-
yilgacha 
bo„lgan 
davrda 
O„zbekiston 
Respublikasida 
qishloq 
ijtimoiy 
infrastrukturasini rivojlantirish dasturi to„g„risida»gi qarorini bajarishi yuzasidan 
hisoboti tinglandi. 
Komissiya yig„ilishida ta‟kidlanishicha, ko„pdan beri orziqib kutilgan, tom 
ma‟nosi bilan o„zbek qishlog„ini madaniy-ma‟rifiy yuksaltirishga, sog„lom yosh 
avlodni kamol toptirishga yo„naltirilgan ushbu qarordan so„ng Xalq ta‟limi vazirligida 
23-mayda hukumatning bu muhim qarorini turmushga tatbiq qilishni ta‟minlovchi 
ishchi guruh tuzildi. 
Ishchi guruh birinchi navbatda mamlakat o„sha paytdagi «Istiqbolstat» Davlat 
Qo„mitasi mas‟ul xodimlari bilan birgalikda qishloq joylarida 24,3 ming o„quvchiga
mo„ljallangan avariya holatidagi maktablar uchun binolar qurilib foydalanishga 
topshirish 1996-yil reja-dasturini Qoraqalpog„iston Vazirlar Kengashi, viloyat hoki-
miyatlari bilan hamkorlikda ko„rib chiqib hukumatga taqdim etdi. Mazkur hujjat 
Vazirlar Mahkamasining 8-iyundagi Majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangandan so„ng 
joylarga ijro uchun yuborildi. 1996-yilning 29-may kuni ishchi guruh qishloq 
maktablari qurilishida asosiy buyurtmachi hisoblangan Qishloq xo„jalik vazirligining 
mas‟ul xodimlari ishtirokida yig„ilish o„tkazib qishloq maktabining kelajagi haqidagi 
Konsepsiyani yaratish masalasini kelishib oldi. 
Hukumat Qarorini amalga oshirishdagi muhim tadbir shundan iborat bo„ldiki, 
1996-yil 28-iyunda barcha viloyat xalq ta‟limi boshqarmalarining boshliqlari 
ishtirokida bo„lib o„tgan hay‟at yig„ilishida bu o„ta dolzarb hukumat tadbirlarini o„z 
vaqtida puxta bajarish sohasida ta‟lim muassasalarining mahalliy hokimiyatlar, 
qurilish tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi ko„zda tutilgan vazifalarni 
bajarishi muhokama etildi, ularni amalga oshirish bo„yicha zarur ko„rsatmalar berildi. 
Unda 1996-yilda qishloq hududlarida foydalanishga topshiriladigan maktab binolari 
va ularning moddiy negizini to„liq ta‟minlash bo„yicha aniq muddatlar tasdiqlandi. 
Vazirlar Mahkamasi Qaroridan nafaqat qishloq maktablari uchun yangi bino qurish, 
balki ularni gazlashtirish, ichimlik suvi bilan ta‟minlash, maktab binolarini kapital 
ta‟mirlash, rekonstruksiya va qo„shimcha binolar qurish, zamonaviy texnika 
vositalari, jihozlar, mebellar bilan ta‟minlash vazifalari ham o„rin oldi. 
Ta‟lim muassasalarini jihoz, mebellar bilan o„z vaqtida to„liq ta‟minlash 
maqsadida Xalq ta‟limi vazirligi bilan Toshkent shahar, Sirg„ali tumanidagi «Fayz» 
mebel ishlab chiqarish hissadorlik jamiyati o„rtasida 1996–2000-yillarga 
mo„ljallangan shartnoma tuzildi. Shartnomaga asosan hissadorlik jamiyatining ikkita 
sexida faqat ta‟lim muassasalari, xususan, maktablar uchun mebel, jihozlar ishlab 
chiqarilishi haqida kelishilib, bu ish 1996-yilning birinchi choragidayoq boshlab 


364 
yuborildi. Mazkur yilning birinchi yarmida qurilib foydalanishga topshirilgan 
maktablar uchun 30 million so„mlik mebel joylarga yetkazib berildi. 
Bozor iqtisodiyotiga o„tishdagi murakkabliklar hisobga olinib, ta‟lim 
muassasalarida mavjud bo„lgan o„quv ko„rgazma qurollari va jihozlarni ta‟mirlash 
borasida vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarda amaliy chora-tadbirlar belgilandi. 
Jumladan, mamlakat «Ta‟lim-ta‟minot-jihoz» va Andijon viloyat «Ta‟lim-ta‟minot» 
korxonalari qoshida Rossiya bilan lingafon, fizika, ximiya kabinetlari, elektr 
uskunalarini ampermetr, voltmetr, ossillograf, universal to„g„rilagichlarni ta‟mirlovchi 
«Maktab-lingofon», Buxoro viloyati «Ta‟lim-ta‟minot» korxonasi qoshida esa, 
kodoskop, epidpaskop, epipproyektor, grafoproyektor, teleskop va filmskoplarni 
ta‟mirlovchi «Maktab-Jihoz-Buxoro» qo„shma korxonalari ochildi. 
Xalq ta‟limi vazirligi maktablarni zamonaviy texnika jihozlari bilan ta‟minlash 
masalasiga jiddiy e‟tibor qaratdi, xususan, joriy yilda qishloq hududlarida joylashgan 
maktablar uchun eng zamonaviy texnika vositalari – 160 komplekt sinf «IBM» 
kompyuterlari ajratish rejalashtirildi va bulardan 100 komplekti joylarga yetkazildi. 
Shuningdek, komissiya yig„ilishida yangi ta‟lim muassasalarini qurib, ularni 
foydalanishga topshirish ishlari Respublika viloyatlarida juda sust ketayotganligi ham 
qayd qilindi. 
Qoraqalpog„iston Respublikasida va Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent, 
Farg„ona viloyatlarida bironta ham maktab binolari foydalanishga topshirilmadi. Shu 
munosabat bilan, komissiya Qishloq xo„jalik vazirligi, uning joylardagi viloyat 
agrosanoat birlashmalari, qator viloyat hokimiyatlari, xalq ta‟limi boshqarmalari
e‟tiborini qishloq joylarida maktab qurilishiga, ularni tezroq foydalanishga topshirish-
ga qaratdi. 
2008-yilda ijtimoiy soha obyektlarini quruq va foydalanishga topshirish 
masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi natijasida 113 ming 200 o„quvchiga 
mo„ljallangan 169 ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o„rinli 23 ta akademik litsey 
qurildi va rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga, 69 ta yangi maktab barpo etildi va 
582 ta maktab kapital rekonstruksiya qilindi. Shular qatorida 184 ta bolalar sporti 
inshooti, 26 ta qishloq vrachlik punkti va 7 million 240 ming kvadrat metr turarjoy 
binolari va boshqa obyektlar qurildi.
Vazirlar Mahkamasi qarorini bajarishda boshqa vazirliklar tomonidan ham 
muayyan ishlar qilindi. Xususan, qishloq aholisining salomatligini yaxshilash 
masalasiga ham e‟tibor kuchaydi. Faqat 1996-yilning 11 oyi mobaynida respublikada 
62 qishloq vrachlik punkti ishga tushdi. Shu davr mobaynida 71 ming kvadrat metr 
savdo o„rinlari, 27,9 ming kvadrat metr umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 1992 
maishiy xizmat obyekti qurib foydalanishga topshirildi. 
Aholini gaz, ichimlik suvi bilan ta‟minlash borasida ham sezilarli ishlar qilindi. 
Qishloq aholisini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta‟minlash yosh O„zbekiston 
davlati iqtisodiy siyosatining muhim yo„nalishlaridan biri bo„ldi. 
Buni Xorazm viloyati misolida ham yaqqol ko„rish mumkin. Viloyatda bu sohada 
mustaqillikning 5 yili davomida 80-yillarga qaraganda birmuncha o„sish sezildi. 


365 
Jumladan, 1992–1995-yillarda 824 kilometr tabiiy gaz quvurlari yotqizilib, 40 ming 
700 xonadonga «zangori olov» o„tkazildi. Vaholanki, 1990-yilgacha gazlashtirilgan 
xonadonlar 49 mingni tashkil etgan, ichimlik suvi bilan ta‟minlashning ahvoli ancha 
og„ir edi. Binobarin, mavjud ichimlik suvi quvurlari 1990-yilgacha atigi 1000 
kilometrni tashkil etgan. 
Keyingi 5 yilda 127 kilometr katta diametrli suv haydagich, 902 kilometr ichimlik 
suvi tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi. Aholining tabiiy gaz bilan 
ta‟minlanishi 86,7 foizga, ichimlik suvi bilan ta‟minlanishi esa 54,8 foizga yetkazildi. 
Orol mintaqasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta‟minlash muhim ijtimoiy-
iqtisodiy tadbir bo„lib insonparvarlik xususiyatiga ega edi. 
Bu g„oyat muhim sohada Namangan viloyatida ham ibratli ishlar amalga oshirildi. 
1990-yilgacha bo„lgan davrda viloyat bo„yicha jami 1480 kilometr gaz tarmoqlari 
tortilgan bo„lsa, 1991–1995-yillar davomida 2025 kilometr gaz tarmoqlari 
foydalanishga topshirildi. Sobiq Ittifoq davrida hammasi bo„lib 1423,9 kilometr suv 
uzatish tarmoqlari yotqizilgan bo„lsa, 1991–1995-yillarda 1039 kilometr shunday 
tarmoqlar ishga tushirildi. 1990-yilgacha hammasi bo„lib 95,8 ming xonadon 
gazlashtirilgan bo„lsa, istiqlol yillarining o„zidayoq 83,3 ming xonadonni 
gazlashtirishga erishildi. Birgina 1996-yilning o„zida viloyatning eng chekka 
qishloqlari Chodak va Nanayga gaz yetkazib berildi. 
Qishloqda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida mehnatga yaroqli aholini 
mehnat bilan band qilish masalasiga ham katta e‟tibor berildi.
Buning boisi shundaki, hozirda qishloqda qariyb 2 mln.ga yaqin ortiqcha ishchi 
kuchi mavjud. Shu bois Respublika Prezidenti qishloqda kichik korxonalar, maishiy 
xizmat obyektlari tashkil qilish, ortiqcha ishchi kuchini shu sohalarda band qilish 
vazifasini muttasil sur‟atda ta‟kidlab kelmoqda. Bu borada 1991–1995-yillarda 
mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholini ish bilan ta‟minlash hukumat Dasturi ishlab 
chiqildi. Unda ish bilan band bo„lganlar salmog„ini 59 foizdan 74 foizga oshirilishi 
mo„ljallangan edi. Bu bajarildi. Shunday bo„lsa-da, rivojlanib borayotgan bozor 
iqtisodiyoti sharoitida bu masala hamon dolzarbligicha qolmoqda. 
Shu bois Hukumat tomonidan ishlab chiqilgan Dasturda 1996–2000-yillar 
orasidagi davrda qishloqda qariyb 2 millionga yaqin yangi ish joyi yaratish, deyarli 
950 ming kishini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
mo„ljallandi. 
1996–98-yillarda qishloq joylarda 631,0 mingta ish joyi barpo etildi. 
1998-yilda yaratilgan bu ish o„rinlarining asosiy qismi iqtisodiyotning qishloq 
sohasiga (79,4 ming), savdo-sotiq va umumiy ovqatlanishga (54,1 ming), sanoatga 
(18,4 ming), shuningdek, transport va aloqa sohalariga (10,0 mingta) to„g„ri keladi. 
1998-yilda qishloq joylardagi yangi ish o„rinlarining deyarli yarmini shaxsiy 
faoliyat tarmog„i tashkil etadi (fermer xo„jaliklarida – 47,1 ming, dehqon 
xo„jaliklarida – 12,9 ming, shaxsiy-mehnat faoliyatlarida – 75,4 ming). 34,0 mingta 
o„rinini esa qishloq xo„jaligiga taalluqli bo„lmagan xususiy biznes sohasi tashkil etdi. 


366 
Natijada qishloq aholisining bandligi tizimi moddiy ishlab chiqarish, savdo-sotiq, 
umumiy ovqatlanish sohalaridagi bandligi hisobiga oshdi. 
Shuni ta‟kidlash o„rinliki, Prezident I.Karimov va respublika hukumati 
O„zbekistonda qishloqni har tomonlama rivojlantirishga, qishloq xo„jaligi ishlab 
chiqarishida islohotlarni chuqurlashtirish, bu sohaning moddiy bazasi va moliyaviy 
ahvolini mustahkamlashga, agrar siyosatning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga 
muntazam, doimiy e‟tibor bermoqdalar.
Xullas, yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirishda bugun O„zbekiston erishgan yutuqlar ko„p jihatdan respublika 
hukumatining izchil, sobitqadam siyosati bilan bevosita bog„liqdir. 
Avval boshdanoq islohotlarning har bir qadami puxta o„ylangan, avvalgi mafkura 
zo„ravonligi o„rnini qonun ustuvorligi egalladi. Xususiy iqtisodiyotga rivojlanish 
uchun davlat sektori bilan teng sharoitlar yaratildi. Ijtimoiy siyosat esa, aholi turmush 
darajasini asta-sekin yaxshilashga qaratildi. 
O„zbekistonda milliy iqtisodning eng muhim va ustuvor tarmoqlaridan biri qishloq 
xo„jaligi bo„lib, uning taraqqiyoti boshqa sohalar rivoji uchun poydevor vazifasini 
o„tamoqda. Chunki valyuta tushumining 60 foizi, yalpi mahsulot muomalasining 70 
foizi qishloq xo„jaligi sohasiga to„g„ri keladi. 
Yana shuni aytish kerakki, hukumat tomonidan ko„rilgan amaliy choralar tufayli 
2005-200-yillarda paxtachilik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
Bugungi salmoqli yutuq, keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo„jaligi 
sohasini rivojlantirish, dehqon mehnatini qadrlash va rag„batlantirish, yerga, mulkka 
nisbatan chinakam egalik va manfaatdorlik hissiyotini qaror toptirish va 
mustahkamlash maqsadida izchil amalga oshirilayotgan keng ko„lamli islohotlar, 
avvalambor fermerlik harakatining ustuvorligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etganining 
tasdig„i va natijasidir. 
2005-2006-yillardagi mavsumlarda tayyorlangan paxta hosilining 85 foizi yerning 
haqiqiy 
sohiblariga 
aylanib 
borayotgan 
fermer 
xo„jaliklari 
tomonidan 
yetishtirilganining o„zi fermerlik harakatining qanday katta salohiyat va istiqbolga ega 
ekanini yana bir bor isbotlab berdi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish