Narx turlari: ulgurji va chakana narxlar. Kasb bo‘yicha malaka darajasini litsenziyalash


Kasb bo‘yicha malaka darajasini litsenziyalash



Download 26,65 Kb.
bet2/5
Sana14.01.2022
Hajmi26,65 Kb.
#362982
1   2   3   4   5
Bog'liq
Vаriаnt24

2.Kasb bo‘yicha malaka darajasini litsenziyalash. Joriy yilning 23 avgust kuni prezidentimiz boshchiligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida maktab ta'limini rivojlantirish buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi, ustozlarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish – jamiyatimizda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilishi zarurligi belgilandi. Shuningdek, joylarda barcha rahbarlar va mutasaddilar «Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik» shiorini dasturilamal qilib, maktab ta'limini rivojlantirishga yo‘naltirilgan buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga yetakchilik qilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shunga muvofiq, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta'lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo‘llash ishlarini tashkillashtirish maqsadida turli vazirlik va idoralar mutasaddilaridan tarkib topgan Respublika Ishchi guruhlari tuzilib, uch oydan buyon barcha hududlarda faoliyat olib borishmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibidagi Ta'lim inspeksiyasi vakillari tomonidan viloyatdagi maktab o‘qituvchilariga doimiy metodik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy dars o‘tishda ilg‘or texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida uchrashuvlar va mahorat darslari o‘tkazilmoqda.

Bugun jamiyatda o‘qituvchilar mavqeini oshirish, ularni majburiy mehnatga jalb qilmaslik, turli imtiyozlar yaratish va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha huquqiy asoslar yaratilmoqda. Xususan, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘rnak ko‘rsatgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida direktor jamg‘armasi tashkil etilgan bo‘lib, u o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishni rag‘batlantirish, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash, pedagog xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, o‘qituvchilarning kasb mahorati va malakasini oshirishini rag‘batlantirishga xizmat qilib kelmoqda. Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ–1875-sonli «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida ta'lim muassasalarining chet til o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga 15-30 foiz hajmda oylik ustama belgilash mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Uchinchidan, ayrim fanlar chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlari va ijod maktablarida dars berayotgan o‘qituvchilarga (20 foiz) qo‘shimcha ustama haqlar to‘lanadi. To‘rtinchidan, o‘quv fani bo‘yicha malakasi, dars o‘tish mahorati, mehnati samaradorligi va ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirgan pedagog kadrlarni rag‘batlantirish, ish haqi miqdorini oshirish imkoniyatlarini yaratish maqsadida pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalarini belgilash yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, joriy yilda pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘tkazish tartibi yangilandi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 392-son qarori bilan «Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlandi. Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta'limi vazirligi, tizimdagi amaliyotchi o‘qituvchilar hamda YUNISEF tashkiloti xalqaro ekspertlari bilan birgalikda ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda tayyorlangan ushbu Nizomda pedagog kadrlarga qulayliklar yaratish maqsadida attestatsiya jarayoni soddalashtirildi hamda joriy yilda mart-aprel oylarida navbatdagi va may-iyun oylarida navbatdan tashqari attestatsiya tashkil qilindi.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu attestatsiyalarda xalq ta'limi tizimida faoliyat olib borayotgan 56 500 nafar pedagog ishtirok etib, ulardan 4457 nafari (7,9 foiz) oliy malaka toifasiga, 24 500 nafari (43,3 foiz) birinchi malaka toifasiga ega bo‘lishdi. 2018 yilga nisbatan oliy toifali o‘qituvchilar ulushi 2,5 foizdan 3,5 foizga, birinchi malaka toifalilar 10,2 foizdan 14,2 foizga oshdi.

Bilamizki, bugun ta'lim tizimini isloh qilishda xalqaro tajribalardan va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan keng foydalanamiz. Ammo mamlakatimizda xalqaro ekspertlar bilan ta'lim sohasida yangi loyihalar muhokama qilinganda, ular har doim bir narsani alohida ta'kidlashadi, ya'ni bir islohot qilaman deb, mavjud yaxshi tajribalarni yo‘qqa chiqarmaslik kerak. Chunki bir davlatda yaxshi ishlagan tizim boshqa mamlakatda to‘liq ishlab ketmagan holatlar ham ko‘p kuzatilgan. Yuqorida aytilganidek, o‘qituvchilarning attestatsiya tizimi yaqindagina yangi nizom asosida joriy qilinganiga qaramasdan, bu tizimni boshqa nomlar bilan atash orqali o‘zgartirishga takliflar berilmoqda. Aslida o‘qituvchilarni motivatsiya qilish uchun jarayonni qanday nomlash muhim emas, asosiysi, joriy etilgan muayyan tizimning davomiy va sifatli ishlashini hamda pedagoglarga yetarli shart-sharoit yaratishni mustahkamlash lozim. Chunki ta'lim sohasida olib borilayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda, yutuq va kamchiliklari, mohiyati va oqibatlari hisobga olinmasdan taklif etilayotgan ayrim loyihalar keng jamoatchilik e'tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan, pedagoglarga majburiy kasbiy litsenziya berish masalasi shular jumlasidandir. Bu jarayon o‘qituvchilar orasida turli tushunmovchilik va e'tirozlarni yuzaga keltirmoqda. Pedagoglar mazkur masala yuzasidan aniqlik kiritishni so‘rab Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga murojaat qilishmoqda.

Shu o‘rinda pedagog kadrlar faoliyatini attestatsiya qilish, litsenziyalash, sertifikatsiyalash masalasida xorijiy davlatlar tajribasiga nazar solsak. Haqiqatan ham ayrim davlatlarda o‘qituvchi bo‘lib ishlash uchun sertifikatsiyadan o‘tkaziladi. Masalan, Janubiy Koreyada, Yaponiyada yoki Fransiyada pedagogika yo‘nalishida oliy ta'lim muassasalarini bitirgach, o‘qituvchilik kasbi bilan shug‘ullanish uchun markazlashgan vakant joylar bo‘yicha e'lon qilingan tanlovlarda qatnashadi. Bu tanlovlardan o‘tish oson emas, unda talabgorning o‘z sohasi bo‘yicha bilimlari, pedagogik, metodik mahorati, dars o‘tishi kabi salohiyatlari baholanadi, natijasiga ko‘ra ish joyi aniqlanadi va qo‘liga sertifikat beriladi. Tanlov e'lon qilinishining sababi esa, aksariyat hollarda bir o‘qituvchi o‘rniga bir necha talabgor kutib turadi. Davlat oliy ta'lim bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash kafolatini bo‘yniga olmaydi, raqobat katta, kim o‘tsa unga «davlat xizmatchisi» kafolatlangan o‘qituvchi lavozimi beriladi.

O‘zbekistonda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilarning sifat tarkibini belgilash va ular mehnatini rag‘batlantirib borish ularni attestatsiyadan o‘tkazish orqali amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda esa xalq ta'limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan 466462 nafar pedagog xodimlarning 64622 nafarini (14,6 foizi) o‘rta maxsus ma'lumotli, 3,1 foizi oliy malaka, 14,6 foizi birinchi malaka, 29,4 foizi ikkinchi malaka toifasiga ega, qolgan 52,9 foiz o‘qituvchi toifaga ega emas, pedagog kadrlarga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyoj 1 stavka hisobidan 3396 nafarni tashkil qiladi.

Shunday ekan, maktablarda, ayniqsa, olis, chekka hududlardagi maktablarda oliy ma'lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanmayotgan bir vaqtda amaldagi tizimni o‘zgartirmasdan ya'ni attestatsiya jarayonlarni yuqori saviyada tashkil qilish orqali ham ko‘plab maqsadlarga erishish mumkin. Pedagoglarni ortiqcha sinash va ulardan talab qilish orqali bilim va salohiyatlarini oshirib bo‘lmaydi. Dastlab pedagoglar o‘z ustida ishlashi uchun sharoit yaratish, sifatli malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda maktablarda o‘qituvchiga bo‘lgan mavjud ehtiyojni qoplash lozim.

Yana bir muhim masala, xorijiy tajriba tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, pedagog xodimlarning kasbiy faoliyati uchun litsenziya berish umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining yuqori turuvchi organi tomonidan emas, xolislik va shaffoflik prinsipidan kelib chiqib, ta'lim muassasalari uchun neytral bo‘lgan vakolatli organ tomonidan amalga oshirilishi zarur. Ammo taklif etilayotgan loyihalarda ushbu jarayonning yuqori turuvchi vazirlik o‘z tizimida amalga oshirishi xolislik darajasini pastga tushirib yuboradi.

Shu bilan birga bugun o‘qituvchilarni qiynayotgan yana bir jihatga to‘xtalsak. Mutaxassis malaka toifasidan ikkinchi malaka toifasiga o‘tish Xalq ta'limi vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Ammo 2019 yilda ikkinchi malaka toifasiga talabgor 55 mingga yaqin mutaxassis pedagoglar uchun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan attestatsiya jarayoni shu kunga qadar kechikmoqda. Ushbu jarayon ham o‘qituvchilar orasida noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.


Download 26,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish