UzEnc
Narx
Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining
vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal
qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning
iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlari boʻyicha
taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himo ya qilinishiga sharoit
yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruv chilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom
raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bo zor iqtisodiyotida amal
qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda
Narxni qiymatning mehnat nazariy asiga asoslanib talqin qilishgan, unga
qiymatning puldagi ifodasi deb qar algaNarx 21-asr boshlaridagi
nazariyalar Narxni pulning miqdoriy nazariy asi asosida izoxlab, Narxga
harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. Narxni
qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi
mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq.
Narx faqat qiymatni emas, balki talab v a taklif, shuningdek, tovarning
ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi,
muomaladagi pulning harid qobiliy atiga ham bogʻliq. Binobarin, Narx
qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanda y Narxning
asosi boʻlib, mahsulotning ha yotiy sikli davomida uning Narxidagi
oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. Narx miqdori harajatlarga va tovar
sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari
mutanosiblikda turadi. Bozor iqtisodiyotida Narx bir nechta vazifalarni
bajaradi: 1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi —Narx vositasida qilingan
harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi. Har ajatlar
ishlatilgan resurslar miq-orini uning Narxiga koʻpa ytirish opkali
hisoblanadi; 2)ragʻbatlantirish vazifasi — Narx ning oʻzgarishi ishlab
chiqarish hajmini oʻzgartiradi. Talab Narxga nisbatan teskari
mutanosiblikka ega. Narx pasa ysa talab ragʻbatlantiriladi, aksincha, Narx
oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan takdirda) taklif ragʻbat oladi.
Narxdagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga ishtiyoq
bagʻishlaydi; 3)raqobat vositasi vazifasi — Narx raqibni bozordan si-qib
chiqarish va bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqo-
batchilar Narxni oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash or-
qali oʻzaro bellashadilar. Narx raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi
hisoblanadi; 4) iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — Narx bozor
mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak y oki vosita. Narx oʻzgarishiga
qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi aniklanadi. Muayyan
tovarlar Narxining oshishi ularni koʻplab ishlab chiqarish k erakligini
bildiradi, aksincha, Narxning pasa yishi tovar ishlab chiqarishni kamayishi
yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. Narxga qarab bozori kasod
tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga
oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishi-ga, eski
soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. Narx
resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida
qullanilishi Narx tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda
joriy va qiyosiy Narxlar qoʻllaniladi. Joriy Narxlar amaldagi Narxlar boʻlib,
ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hi soblanadi.
Qiyosiy Narxlarda maʼlum yil asos qilib olinib, ishlab chiqarishning
natijalari shu Narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Joriy
Narxlar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi
sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shahri k.
koʻrsatkichlar dinamikasi qiy osiy Narxlarda hisoblanadi.
Narx qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi v a qaysi maqsadni
koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.
Erkin bozor Narxi (muvozanatli Narx) — erkin bozorda sotuvchilar va
haridorlar koʻpchilik boʻlganidan ular dan hech biri oʻzi xohlagan narxni
oʻrnatolmaydi. Bu yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin savdolashuv
Narxi, yaʼni muvozanatli Narx yuzaga keladi; monopol Narx — monopol
bozorda so-tuvchi yoki haridor ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular
xohlagan Narx oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan Narx boʻlib,
odatdagi Narxlardan yuqori boʻla-di va monopol foyda olishga xizmat
qiladi; Ulgurji Narx — tovar ishlab chikaruvchilar savdo firmalariga to-
varlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo
uylarida ham ulgurji Narxlar qoʻllanadi; shar tnoma Narxlari — sotuvchi va
haridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan
shartnomada koʻrsatiladigan Narx Bunda y Narx, odatda, shartnoma
muddati amal qila-digan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq mil-liy va xalqaro
bozorlarda qoʻllanadi. Chakana Narx — t ovarlar bevosita is-teʼmolchilarga
yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi v a miqdori ulgurji Narxdan yuqori
boʻladi; Preyskurant Narx — haridor uchun bildirgich yoki maʼlumot-noma
Narx boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy Narx preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da
eʼlon qilingan Narx atrofida boʻlishini anglatadi; D otatsiy alangan Narx —
davlat byudjeti hiso-bidan maxsus arz onlashtirilgan, bozor Narxidan
pastroq qilib belgilangan Narx, Narx dagi farq byudjet beradigan dotatsiya
bilan qoplanadi. Bu Narxni oʻtish da vrida turgan mamlakatlarda davlat
aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi; Demping Narx — bozorda oʻz
mavqeini mustahamlash va ra-qiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan
maxsus pasaytirilgan Narx, xalq-aro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.
Bozor koʻlamiga koʻra, Narxlar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor
Narxlar i ga boʻlinadi. Hududiy Narx — faqat ma ʼlum hududiy bozorga xos
boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor
Narxi — bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiya-tini aks
ettiruvchi Narxlardir. Xalq-aro Narx — muayyan tovarga ketgan baynalminal
harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan jahon standar ti talabiga mos kelish
darajasini va xa-lkaro bozordagi talab va taklif nis-batini hisobga oladi.
Narxlar farqining miqdoriy ifodasi Narx diapaz oni deyiladi. Narx diapazoni
Narxlar oraligʻining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, oʻrta va yuqori
Narxlarni oʻz ichiga oladi. Bu diapaz on qanchalik katta boʻlsa, tovar
muomalasi shunchalik tez yuz ber adi, talab bilan Narx oʻzaro bogʻlanadi.
Iqtiso-diyot birbiriga bogʻliq va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va
xizmatlar Narxlari birbirini yuzaga chikar adi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir
koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq k eyingi mahsulot harajatlarini
shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy
resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar)
Narxining oʻzgarishi bozordagi jami Narxlar nisbatiga ta ʼsir
koʻrsatadi.Narxga ta'sir etuvchi eng qulay omil bu
monopoliyadir.Monopolist korxona narxni xohlagancha o'ynatishi
mumkiNarxShunday ekan demping narx psixologik narx bularning
hammasini monopolist hal qiladi x ohlasa qiladi xohlamasa yo'q.Ushbu
nazariya Buxoro Davlat Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi kafedra mudiri
Abdullayev.A ga tegishli nazariyadir
Ahmadjon Oʻlmasov.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Do'stlaringiz bilan baham: |