Tadqiqotning maqsadi: Naqshbandiya tariqatining ijtimoiy-pedagogik
mohiyatini ochib berish.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:
- mavzuning mazmunini ijtimoiy-falsafiy, pedagogik-psixolik tadqiqotlarda
ishlanganligini o‘rganish;
- mumtoz merosimizning komil inson to‘g‘risidagi g‘oyalarini taxlil qilish;
- Naqshbandiya tariqatining ijtimoiy-pedagogik mohiyatini ochish;
- Naqshbandiya tariqatidan ta’lim-tarbiyada foydalanish bo’yicha tavsiyalar ishlab
chiqish.
Mavzuning
o’rganilishi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
I.A.Karimov 2003 yil 28 noyabr kuni ulug‘ alloma Abdulxoliq G‘ijduvoniy
tavalludining 900 yilligiga bag‘ishlangan anjumanda so‘zlagan nutqida shunday
degan edi: «Hozirgi tahlikali dunyoda, turli nizo va adovatlar hali-beri barham
topmagan murakkab bir vaziyatda Naqshband bobomizning millati, tili va dinidan
qat’i nazar inson zotini aziz va mukarram bilish, o‘zaro mehr-oqibat, shafqat va
muruvvat muhitini qaror toptirish, etim-esirlarning boshini silash, muxtojlarga
yordam berish kabi ezgu da’vatlari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda».
Darhaqiqat, tasavvuf ta’limotining yirik namoyandasi mazkur ta’limotni
demokratlashtirgan ulug‘ alloma Bahouddin Naqshband musulmon olamida
o‘zining barkamol inson haqidagi g‘oyalari bilan mashhurdir. Naqshbandiy
tariqati ta’limotining g‘oyalari milliy istiqlol mafkurasi uchun negiz, poydevor
4
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2014 йил 6 февралдаги ПҚ-2124-сонли “Ўзбекистон
Республикасида ёшларга оид давлат сиёсатини амалга оширишга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар
тўғрисида”ги Қарори // Туркистон. 2014. 8 февраль.
7
bo‘lganligi uchun ularni tadqiq etish dolzarb masaladir.
Sobiq
Ittifoq
davrida
Bahouddin
Naqshband
merosi
G‘arb
mamlakatlaridagidek chuqur o‘rganilmagan bo‘lsa ham V.A.Gordlevskiy,
E.E.Bertels kabi sharqshunoslar tomonidai sharq tasavvufi doirasida
naqshbandiya tariqati borasida ayrim ma’lumotlar qayd etib o‘tilgan. O‘zbek
olimlaridan I.M.Mo‘minov, V.Y.Zoxidov. I.O.Sultonov, N.M.Mallaev,
Sh.M.SHomuhammedov, A.P.Qayumov, M.M.Xayrullaev, E.Rustamov kabilar
ham mazkur ta’limot xususida o‘z fikrlarini bildirganlar.
Biroq bunday yondashuv "kommunistik mafkura" talablariga muvofiq
alohida risola tarzida namoyon etilmay, balki Abdurahmon Jomiy va Alisher
Navoiy kabi mutafakkirlar ijodi yuzasidan yaratilgan asarlarda qismangina
bayon etilgan. Shunga qaramay, aynan mana shu asarlar Naqshbandiya ta’limoti
mazmunidan bizlarni xabardor etgan. Bahouddin Naqshband merosini ilmiy
asosda maxsus o‘rganish va uni ta’lim sohasiga tadbiq etishga yo‘naltirilgan
faoliyat I.Sulton, M.M.Xayrullaev, K.Hoshimov, A.Zunnunov, I.Iskandarov,
O.Mirzaev,
S.Nishonova,
M.Inomova,
J.Hasanboev,
H.Homidiy,
A.Munavvarov va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |