Namunaviy nizom


Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV



Download 51,13 Kb.
bet3/6
Sana20.03.2022
Hajmi51,13 Kb.
#502688
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BIR MARTALIK ISH BILAN TAMINLASH MUSTAQIL ISH

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 18-may,
223-son
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 18-maydagi 223-son qaroriga
1-ILOVA
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuro to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
1. Mazkur Nizom Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuroning vazifalari, funksiyalari va faoliyati tartibini belgilab beradi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
2. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi huzurida fuqarolarning vaqtinchalik bir martalik mehnat faoliyatini tartibga solish maqsadida tashkil etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
3. Byuro yuridik shaxs huquqlari bilan tashkil etiladi va o‘z faoliyatini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Byurolarni joylashtirish vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollashning shakllangan joylari hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda belgilanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
4. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
vaqtinchalik bir martalik ishga yollanishda fuqarolarga ko‘maklashish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarga yangidan tashkil etilgan va bo‘sh ish joylarida ishga joylashish, kasb-kor tayyorgarligi, o‘z ishini tashkil etish va yuritish masalalari bo‘yicha maslahat va kasbga yo‘llash xizmatlari ko‘rsatish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashda ish beruvchi xususiy shaxslarga ko‘maklashish;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarni keng xabardor qilish uchun xususiy ish beruvchilar tomonidan beriladigan ish turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish;
vaqtinchalik bir martalik ishga yollanuvchi fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishda jamoat tartibiga rioya qilish, pasport rejimi qoidalari, shuningdek mehnat xavfsizligining asosiy qoidalari to‘g‘risida xabardor qilish;
manfaatdor ish beruvchilar va vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi shaxslar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini muntazam ravishda o‘tkazish;
Byuroda vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etish;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
jamoat tartibini saqlash, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolar tomonidan qonun hujjatlari buzilishining oldini olish.
5. Byuroning ish vaqti va tartibi tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining takliflari bo‘yicha shahar, tuman hokimligi tomonidan mazkur joyda fuqarolar tomonidan vaqtinchalik bir martalik ishlarning bajarilishi borasida yuzaga kelgan xususiyatlar e’tiborga olingan holda belgilanadi. Qoidaga ko‘ra, Byuroning ish vaqti soat 6.00 da boshlanadi, ishni tugatish vaqti soat 16.00. Byuro dam olish kunlarisiz ishlaydi.
Zaruratga qarab, tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining taklifiga ko‘ra tuman (shahar) hokimligi Byuroning boshqacha ish tartibi va vaqtini belgilashi mumkin.

Download 51,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish