(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
11. Vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma olishga ariza berishda fuqarolar vaqtincha turgan joyi yoki doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan bo‘lishlari, qonun hujjatlarida belgilangan pasport rejimiga va jamoat tartibiga rioya etishlari shart.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
111. Boshqa mintaqalardan kelgan fuqarolar uchun vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish muddatiga, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olish muddatiga beriladi. Bunda vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma muddati olti oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
112. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma olish uchun fuqaro tomonidan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuroga:
(112-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
a) ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(112-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
v) 3 x 4 sm o‘lchamli to‘rtta fotosurat;
Oldingi tahrirga qarang.
(112-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
113. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma ushbu Nizomning 112-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar taqdim etilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida beriladi.
(111 — 113-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
12. Fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga yollayotgan ish beruvchilar:
yollangan fuqarolarga xavfsiz mehnat sharoitini yaratib berishga;
fuqarolar tomonidan bajarilgan ishlar uchun ish haqini og‘zaki kelishuvga muvofiq to‘liq hajmda va o‘z vaqtida to‘lashga;
fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishni bajarayotgan vaqtida ularga zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni ta’minlashga;
yollangan xodim tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilishi va xodim vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarayotgan vaqtida u bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar to‘g‘risida Byuroga yoki vakolatli organlarga zudlik bilan xabar berishga majburdir.
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
13. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan faoliyat turlariga kiritilgan vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashga;
16 yoshga to‘lmagan shaxslarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga mustaqil ravishda yollashga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuro ko‘rgazmali axborotlar o‘rin olgan stendlar bilan jihozlanadi, ularda:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
vaqtinchalik bir martalik ishlarga oid takliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
tuman (shahar) korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
mehnat va ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlaridan ko‘chirmalar;
mehnat xavfsizligi qoidalariga doir yo‘riqnomalar, boshqa zarur ma’lumotlar joylashtiriladi.
15. Vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarni ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar bilan ta’minlash maqsadida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori tadbirkorlik subyektlariga Byuro hududidagi bo‘sh turgan bino va maydonlarda:
ovqatlanish shoxobchasi, sanitariya uzellari, shuningdek o‘tiradigan joylarni;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun kerak bo‘ladigan inventarlar va uskunalarni sotish va ijaraga berish shoxobchasini tashkil etish uchun belgilangan minimal ijara stavkalari bo‘yicha berish huquqiga ega.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
16. Byuroni barpo etish va uni joriy ta’minlash xarajatlari Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarga, shuningdek ish beruvchi xususiy shaxslarga Byuro bepul xizmat ko‘rsatadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
17. Mazkur Nizom fuqarolar va ish beruvchilarni Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuroning faoliyat ko‘rsatish qoidalari bilan tanishtirish maqsadida qulay va ko‘rinarli joyga joylashtiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuro to‘g‘risidagi namunaviy nizomga
1-ILOVA
(old tomoni)
|
_____________________________________________________da
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |