O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
Oliy va o`rta tibbiyot ta`limiy
o`quv uslubiy xonasi
NAMUNAVIY DASTUR
Davolash fakulteti 1-kurs talabalarining
ishlab-chiqarish amaliyoti bo`yicha
OLIY TA`LIM
720000-“SOG`LIQNI SAQLASH”
5720100-“DAVOLASH ISHI”
Toshkent 2008
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`zbekiston RespublikasiI tibbiyot institutlari Rektorlar Kengashining o`quv texnologiyalari va metodik ishlanmalar markazi
“ Tasdiqlangan” o’quv ishlari bo’yich prorektor TMA
Professor Teshaev O.R
_____________________
“______”__________2008y.
OLIY TA`LIM
720000-“SOG`LIQNI SAQLASH”
5720100-“DAVOLASH ISHI”
Davolash fakulteti 1-kurs talabalarining
ishlab-chiqarish amaliyoti bo`yicha
Toshkent 2008
Tuzuvchilar: Sh.Ya. Zokirxo`jayev-ichki kasalliklar propedevtikasi gematologiya,kasb kasalliklari va hamshiralik ishi kafedrasining mudiri,professor, kafedra dotsenti Tolipov.B.A, assistent, Vaxobova S.B. ,dotsent Nuriddinov B, dotsent Tolipova A.S
Taqrizchilar:Toshkent pediatriya tibbiyot instituti gospital terapiyasi va ichki kasalliklar propedetikasi kafedrasining mudiri tibbiyot fanlari doktori ,professor Raximov.Sh.M. Tibbiyot-profilaktika fakultetinig gospital va fakultet terapiyasi, sharq tabobati kafedrasinig professori Soliyev.T.S.
Dastur Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashida ko`rib chiqilgan va tasdiqlangan.
“_____”___________________________ 2008y.
Bayonnoma№_______________
Kirish
Sog`liqni saqlashning hozirgi zamon talabiga javob beruvchi mutaxassislarning sifati, talabalrning amaliy tayyorgarligiga ancha bog`liq. Hozirgi vrach tibbiyotning kichik bo`g`inidan boshlab hamma bo`g`ini bilan tanish bo`lgan yuqori malakali mutaxassis OO`Yda o`quv rejasi va dasturida ko`rilgan talabalarni shifokorlikka tayyorlash butun o`quv jarayonining bo`linmas qismi hisoblanadi. Bu qilinishi lozim bo`lgan amaliyot ularda amaliy ko`nikmalarni shakllanishida va mustaqil mutaxassislik faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
Maqsadi
1 kurs talabalarining ishlab chiqarish amaliyotidagi maqsadi bemorlarni parvarish qilishda kichik tibbiyot xodimi sifatida ulardan amaliy ko`nikmalarni shakllantirish. Davolash jarayonining bo`linmas qismi sifatida bemorlarni umumiy parvarish qilish ularning ahvolini yaxshilaydi va yengillashtiradi.
Vazifalari
-
Hozirgi tibbiyot muassasalari tuzilmasini talabalar ongida shakllantirish.
-
Organizmning har xil kasalliklarida bemorlarni parvarish qilishni asosiy ko`nikmalarini talabalarni ongida shakllantirish.
-
Bemorlar bilan muloqotda tibbiyot deontologiyasi ko`nikmalarini o`ziga singdirish.
-
Antropometriya va termometriyani o`rganish.
Ishlab chiqarish amaliyoti vaqti va joyini taqsimlash
№
|
O`tish joyi
|
Kun
|
Soat
|
1
|
Qabul bo`limi
|
2
|
12
|
2
|
Terapevtik bo`lim
|
2
|
12
|
3
|
Huqna qo`yish xonasi
|
2
|
12
|
4
|
Palatalar
|
2
|
18
|
5
|
Hamshira posti
|
2
|
6
|
6
|
Prosedura xonasi
|
2
|
12
|
Jami
|
12
|
72
|
I. Qabul bo`limidagi ishlar
Talaba bilishi kerak:
-
Qabul bo`limi tuzilishini;
-
Bemorlarni ro`yxatga olish tartibini;
-
San.propusnik tuzilmasini;
-
Bemorlarni tozalash prinsipi va tartibini;
-
Bemorlarni transportirovka qilish qoidalarini;
-
Transportirovka qilish turlarini;
-
Mochalka qo`llash qoidasini;
Talaba bajara olishi kerak:
-
Bemorlarni yuvintirish (tozalash);
-
Bemor tanasini ko`zdan kechirish;
-
Sochlarini olish;
-
Tirnoqni olish;
-
Vannani tayyorlash;
-
Bemorga dush yoki gigiyenik vanna olishda yordam berish;
-
Vannani tozalash;
-
Qo`llanilgan mochalkani dezinfeksiya qilish;
-
Bitlab ketishni oldini olish chora tadbirlarini amalga oshirish;
-
Bo`limda bemorlarni transportirovka qilish;
-
Bo`y o`lchagich yordamida bemor bo`yini o`lchash;
-
Qorin aylanasini o`lchash;
-
Ko`krak qafasi aylanasini o`lchash;
-
Bemor vaznini to`g`ri tortish;
II. Terapevtik bo`limda ishlash
Talaba bilishi kerak:
-
Terapevtik bo`lim tuzilishini ;
-
Terapevtik bo`limni jihozlanishini;
-
Bo`limni umumiy va sanitar tartibini;
-
Sanitarkalarni huquq va vazifalarini;
-
Bo`limni nam latta bilan necha marta artishni;
-
Deontologiya asoslarini;
-
Dezinfeksiyalovchi eritmalar tayyorlash qoidalarini;
-
Dezinfeksiya eritmalarini turlari;
-
Bo`limda antropometriya o`tkazish prinsipi;
-
Bo`y o`lchagichni qo`llash;
-
Tibbiy tarozni tuzilishi;
Talaba bajara olishi kerak:
-
Bo`limda odatdagi tozalashni o`tkazish;
-
Asosiy tozalashni o`tkazish;
-
10%li xlorli oxah tayyorlash;
-
0,1-0,2%li ishlatiluvchi xlorli oxah eritmasini tayyorlash;
-
0,1%, 0,2%, 1%, 2%, 5%li xloramin eritmasini tayyorlash;
-
Tufukdonni, tuvakni tozalash;
-
Bemorlar balg`amini zararsizlantirish;
-
Bemorni bo`yini o`lchash;
-
Bemorni tortish;
-
Qorin aylanasini o`lchash;
-
Ko`krak qafasi aylanasini o`lchash;
III. Huqna qo`yish xonasidagi ish
Talaba bilishi kerak:
-
Huqna qo`yish xonasi tuzilishi;
-
Jihozlash;
-
Esmarx idishi tuzilishi;
-
Huqna qo`yish uchun asboblar to`plami;
-
Trubka uchini saqlash qoidasi;
-
Trubka uchini zararsizlantirish;
-
Har xil huqna qo`yish ko`rsatmalari va qarshiliklar;
-
Huqna qo`yish texnikasi;
-
Buyurilishi;
Talaba bajara olishi kerak:
-
Huqna qo`yish xonasini tozalash;
-
Qo`llanilgan trubka uchini zararsizlantirish;
-
Mustaqil tozovchi huqna qo`yish;
-
Gaz chiqaruvchi trubka qo`yish;
-
Qo`llanilgan gaz chiqaruvchi trubkani zararsizlantirish;
IV. Palatalardagi ishlar
Talaba bilishi kerak:
-
Palatalar tuzilishi;
-
Palatalar jihozlanishi;
-
Bemorlar parvarishidagi predmetlar;
-
Tozalash qoidalari;
-
Bemor to`shagini tuzilishi;
-
Funksional kravatni tuzilishi;
-
Yotoq yaralarini oldini olish;
-
Bemor shaxsiy gigiyena qoidalari;
Talaba bajara olishi kerak:
-
Odatdagi tozalashni;
-
Asosiy tozalashni;
-
Bemor to`shagidagi choyshabni olish;
-
Og`iz bo`shligi`, burunni parvarish qilish;
-
Teri, sochlarni parvarishi;
-
Tirnoqni olish;
-
Yotoq yaralarini oldini olish;
-
Teri qizarganda tozalash;
-
Tuvak qo`yishni bajarish;
-
Bemorni yuvintirish va artish;
V. Hamshira postidagi ishlar
Talaba bilishi kerak:
-
Amaliyot xonasi tuzilishi;
-
Jihozlanish;
-
Tayinlanishi;
-
Ishni tashkil qilish;
-
Organizmga dori kiritish yo`llari;
-
Tashqi dori qo`llash qoidalarini;
-
Igna, shprislar tuzilishi;
Talaba o`z kundaligida mustaqil ishning hamma turlarini kunlar bo`yicha aks ettiradi. Ishlab chiqarish amaliyotini boshlig`I talaba ish faoliyatini baholashda kundalikni qanday tutishini amaliy ko`nikmalarni bajarish darajalarini hisobga olgan holda 100 ballik tizim bo`yicha baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |