Намуна (Образец)


Korporativ korxonalarni investitsion jozibadorligini oshirish yo‘llari



Download 1,79 Mb.
bet72/122
Sana01.07.2022
Hajmi1,79 Mb.
#727165
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 талаба учун

16.2. Korporativ korxonalarni investitsion jozibadorligini oshirish yo‘llari
Investitsiyalarni jalb etishda korxonaning investitsion jozibadorligi birinchi o‘rinda turadi. Kompaniyaning investitsion jozibadorligi – bu uning holatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar va tashqi omillar majmui bo‘lib, ular asosida potensial investor kompaniyaga pulini yo‘qotish yoki tegishlicha daromad ololmaslik xatarisiz pulini tika oladigan bo‘ladi. Investor asosan quyidagi asosiy omillarga tayanib sarmoya kiritishi mumkin:

  • kompaniya faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar majmuiga;

  • hamkorlik sheriklarining maqsadlariga;

  • investitsiya faoliyatining daromadlilik va tavakkalchilik darajalariga.

Har bir investitsiyani baholashda investor kompaniya investitsiyaviy jozibadorligining ham tashqi, ham ichki omillarini o‘rganadi:
Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • tabiiy resurslardan foydalanish imkoniyati;

  • barqarorlik, korrupsiya darajasi, soliq bo‘yicha imtiyozlar;

  • bozor ochiqligi;

  • mehnat resurslari qiymati va sifati;

  • innovatsiyalarni joriy etish masalalari.

Mamlakatlarning investitsion jozibadorligini baholashda Xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlar shug‘ullanadi. Xususan, S&P, Moody’s va Fitch kabi halqaro reyting agentliklari, World Bank, Word Economic Forum kabi xalqaro tashkilotlar, Fortune va The Economist kabi xalqaro nashlar shular jumlasidandir.
Jahondagi ayrim davlatlar mamlakat investitsion jozibadorligini investorlar uchun rag‘batlar to‘plamini yaratish orqali yaxshilaydi. Masalan, investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha jahon etakchilaridan biri Malayziya davlati hisoblanib, ushbu davlat kema qurish sanoatiga investitsiyalarni jalb qilish maqsadida 2000 yildan boshlab shu sohaga jalb etilgan investitsiyalar uchun besh yil muddatga 100 foiz soliqdan ozod etilgan. Tashqi omillar jumlasiga yana tarmoqlarning raqobat darajasi, rivojlanish bosqichlari, narxlarning o‘sish sur’atlari, bozor hajmi va moliyaviy ahvoli, bozorga kirishdagi to‘siqlar sanaladi.
Korxonaning ichki omillariga investitsion jozibadorligi, bitim natijasidagi sheriklik imkoniyatlari, moliyaviy holat, menejment sifati, biznes-jarayonlarning samaradorligi, uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi va uning amaliyoti, mijozlar va etkazib beruvchilar bilan aloqasi, mavjud resurslardan foydalanish samaradorligi, biznesni kelgusidagi kengaytirish imkoniyati, kompaniyaning bozordagi ulushi, marketing strategiyasi, moliyaviy va amaliyot audit jarayonini o‘tkazish sifati kiradi.
Cass Business School biznes-maktabi va Intralinks kompaniya “Kompaniyani xaridi uchun jozibadorligini oshiradigan omillar” mavzuida tadqiqot o‘tkazdilar va 23 yil davomidagi 34 mingta kompaniya faoliyatini, 14 mingta bitimni o‘rganib chiqdi. Tadqiqotlarga ko‘ra, xususiy kompaniyalarda bitimlari amalga oshirish ehtimoli tushum va kompaniya rentabelligi o‘sishiga, uning qarz va kreditlari, yirikligi va likvidligiga bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatdi. Agar birinchi to‘rt omil ijobiy korrelyasiyaga ega bo‘lsa, likvidlikda salbiy korrelyasiya kuzatiladi. Agar xususiy kompaniyaning o‘tgan yillardagi tushumi o‘sishi tarmoq bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli baland bo‘lsa, bu kompaniyaga investor jalb qilinishi ehtimoli o‘rtacha o‘sish sur’atlariga ega kompaniyanikiga qaraganda 30 foizga yuqori bo‘lishi mumkin.
Jahondagi ayrim davlatlarda kompaniyalarga investitsiyalarni kiritishni ko‘rib chiqishda xorijiy investorlar duch keladigan bir qator muammolarni sanab o‘tishimiz mumkin:
1. Ayrim kompaniyalarda rivojlanish strategiyasining yo‘qligi – yillik byudjetlar bor, lekin 5-10 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli tasavvur mavjud emas.
2. Kompaniya yuridik tuzilmasining puxta emasligi – shu bilan birga, bir nechta o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan yuridik kompaniya umumiy biznes tarkibiga kiradi.
3. Moliyaviy yoki boshqaruv hisoboti noto‘g‘ri yuritilishi – jamlanma boshqaruv hisobotining mavjud emasligi, shuningdek, tasdiqlanmagan aylanmalar.
4. Investor uchun soliq va yuridik xatarlarning mavjudligi – aktivlar oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlarning noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi.
5. Sun’iy ravishda yuqori baholash – qiymat asoslanuvi mavjud bo‘lmaganda kompaniya qanday baholanishi lozimligini investor juda yaxshi tushunadi.
6. Korporativ boshqaruv zaifligi – barcha biznes-jarayonlar bitta menejerga bog‘liq bo‘lib, usiz qarorlar qabul qilinmaydi.
Ularning ba’zilari obyektiv, ya’ni bevosita kompaniya bilan emas, balki mahalliy qonunchilik bilan bog‘liqdir. Subyektiv omillarga kelsak, bunda kompaniya top-menejmentiga va uning samaradorlik ortishidan manfaatdorligiga bog‘liq. Masalan, rivojlanish strategiyasini olaylik. Investor uchun buning muhimligiga bir qancha sabablar mavjud. Jumladan:

  • strategiya tashkilotning samarali tuzilmasini tashkil etish imkonini beradi va ikkinchi darajali bo‘linmalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaydi;

  • investor biznes egasi, top-menejment va oddiy xodimlarning biznesning uzoq muddatli rivojlanishi to‘g‘risidagi tasavvurlarini muvofiqlashtiradi;

  • biznesning investitsiya kiritish kerak bo‘lgan va eng ko‘p foyda keltiruvchi yo‘nalishlarini belgilaydi;

  • investor nuqtai nazaridan, strategiya kompaniya uzoq muddatli rivojlanishi istiqbollarini anglash imkonini beradi. Bu esa kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlari va biznesini baholashning asosi bo‘ladi.

Amaliyotda investor maslahatchini yollaydi va maslahatchi kompaniyani uchta uslub bo‘yicha baholaydi:
1. O‘xshash bitimlar uslubi – o‘xshash o‘lchamlardagi kompaniya investitsiya obyekti bo‘lgan holat tanlanadi va u baholanayotgan kompaniyaga nisbatan qo‘llaniladi.
2. Ommaviy kompaniyalar uslubi bo‘yicha – fond birjasida savdoda bo‘lgan o‘xshash o‘lchamlardagi kompaniyalar bo‘yicha statistika yig‘adi va u baholanayotgan kompaniyaga nisbatan taqqoslanadi.
3. Diskontlangan pul oqimlari uslubi bo‘yicha – kompaniyaning besh yillik moliyaviy rejasi tuzishiladi va diskontlash koeffitsientini hisobga olgan holda kompaniya joriy va kelgusi davrlarda qancha daromad olishi mumkin bo‘lgan miqdor aniqlanadi. Bu investor uchun xatar darajasini belgilovchi foiz stavkasidir.
Baholash o‘tkazilganidan so‘ng investorda ushbu kompaniya qancha to‘lashga tayyor ekanligi xususida tasavvur shakllanadi. Biroq biznesning amaldagi egasida o‘z biznesini baholash bo‘yicha butunlay boshqacha yondashuv bo‘lishi ham mumkin va investor hamda biznes egasi mo‘ljallari o‘rtasidagi farq katta bo‘lishi ham mumkin. SHu sababli, investorlar bilan muzokaralar boshlanishidan oldin biznes egasi biznes qiymatini mustaqil baholashi kerak bo‘ladi.
Bitimni muvaffaqiyatli yakunlash uchun investorni jalb qilishdan oldin hisobga olish kerak bo‘lgan ko‘plab omillar va hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalarni aniqlashtirib olish kerak. Buning uchun esa salohiyatli boshqaruv jamoasi va tajribali korporativ maslahatchi kerak bo‘ladi.
Biznes egasi investorlarni jalb etishdan oling korxonada investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholashda investitsion harakterdagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni asosida kutilayotgan investitsiya xajmi va kelajakdagi pul tushumlarini baholash va taqqoslashi kerak. Bunda investitsiya manbalaridan foydalanish mezonlari asosida tahlil qilishda talab qilinadigan investitsiya miqdorini kutilayotgan daromadlar bilan solishtiriladi. Solishtirilayotgan ko‘rsatkichlar vaqtning har xil davrlariga to‘g‘ri kelsa ham bunda asosiy muammo ularni taqqoslash hisoblanadi.
Kapital qo‘yilmalar byudjetini tuzishishni yoki loyihalarni baholash jarayonida kritik momentlar quyidagilar hisoblanadi:
a) mahsulotning sotilish xajmini unga bo‘lgan talab imkoniyatlarini hisobga olgan holda prognoz qilish;
b) pul mablag‘lar oqimini har bir yil bo‘yicha baholash;
v) zarur bo‘lgan moliyalashtirish manbalarini baholash;
g) kapitalni narxini diskontlashtirish koeffitsienti sifatida foydalanilanish (kapital narx - moliyalashtirishning bu yoki u manbalarini foydalanish hisobiga xarajatlarning nisbiy darajasi tushuniladi).
Kapital qo‘yilmalar byudjetini tuzish jarayonida tahlil qilinayotgan investitsiya faoliyati uchun tuzishilgan loyihalar ma’lum bir logika ega bo‘lib, ular quyidagilarni tashkil etishi kerak:
- har bir investitsion loyihalar elementlari pul mablag‘larining sof chiqimi yoki kirimi hisoblangan pul oqimlari bilan bog‘lanish kerak. Bunda k - yildagi pul mablag‘larining sof chiqib ketishi joriy pul xarajatlarining loyiha bo‘yicha joriy mablag‘larning tushumidan oshishi tushuniladi (teskari xolatda sof kirim tushuniladi). Ayrim xolatlarda tahlilda pul oqimlari foydalanilmasdan loyihadagi prognoz qilingan yillik sof foyda miqdorining ketma ketligidan foydalaniladi;
- tahlillar faqat yillar bo‘yicha amalga oshirilmasdan balki bir xil bazaviy davrlar bo‘yicha ham (oy, chorak, yil, besh yillik va sh.k.) yuritilishi mumkin, faqat bunda pul oqimlari elementlari miqdorlarining, foiz stavkalari bilan mazkur davrlar muddatlarining bir biriga bog‘liqligini unutmaslik kerak;
- ketma-ket yillar mobainida investitsiya qilinadigan bo‘lsa ham avvalgi birinchi yildagi loyiha bilan amalga oshirilgan pul mablag‘larining kirimi, ya’ni investitsiyalar xajmi yil oxirida amalga oshirilishi ehtimoldan holi emas;
- pul mablag‘larining kirimi (chiqimi) ko‘proq navbatdagi yil oxiriga to‘g‘ri keladi;
- diskontlashtirilgan bahoga asoslangan uslublari yordamida loyihalarni baholash uchun qo‘llaniladigan diskontlashtirish koeffitsientlari investitsiya loyihalariga belgilangan davrlari muddatiga mos kelishlari kerak (masalan, yillik stavka davr muddati bir yilga moslashtirilib olinadi).
Investitsion qarorlarni qabul qilish samaradorligi bir necha yilni qamrab olishi mumkin. Masalan, uskunalarni sotib olish kelajakda mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘ladi, u yoki bu uskanani sotib olish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish kelgusi 3-5 yil ichidagi prognozlarni hisob-kitob qilishni talab qiladi. Uskunalarni sotib olishni prognoz qilishda yo‘l qo‘yilgan xatolar oqibatda og‘ir ahvollarga olib kelishi mumkin. Yirik investitsiyalar katta oqlanmagan xarajatlarni talab qiladi. Agar etarli darajadagi investitsiya amalga oshirilmasa quyidagi ikki muammoning kelib chiqishiga olib keladi. Birinchidan – kompaniyaning uskunasi etarlicha zamonaviy bo‘lmasligi mumkin va uning ishlab chiqarishini raqobat sharoitida ta’minlay olmaydi. Ikkinchidan – ishlab chiqarishni ta’minlaydigan etarlicha quvvatga ega bo‘lmasligi mumkin va kompaniya bozorda o‘z o‘rnini raqobatchilariga bo‘shatib berishi mumkin.
Kompaniya oldindan o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlarini samarali prognoz asosida qondirish kerak. Agar kompaniya talabning o‘sishining samarasiz prognozi asosida o‘z ishlab chiqarishini kengaytirsa, bunda kompaniya ortiqcha quvvatga va juda yuqori xarajatlarga ega bo‘ladi. Bu kompaniyaning zarar ishlashiga va inqiroziga ham olib kelishi mumkin.
Kompaniya uchun ishlab chiqarish quvvatini oshirish odatda yirik xarajatlar bilan bog‘liq va katta pul mablag‘larini sarflashdan avval yaxshi tuzishilgan rejaga ega bo‘lishi kerak, chunki bush turgan moliyaviy resurslar hamma vaqt yirik hajmda bo‘lavermaydi, shuning uchun kompaniya kapital qo‘yilmalar byudjetini samarali shakllantirishi zarur.
Bugungi kunda investitsiya loyihalarini baholash qarorlar qabul qilish va ulardan kapital qo‘yilmalar byudjetini shakllantirishda foydalanishda qo‘llaniladigan kriteriyalarni vaqt parametrlarini hisob olinishi yoki olinmasligiga qarab ikki guruhga ajratish mumkin:
a) diskontlashtirilgan bahoga asoslangan;
b) hisob baholariga asoslangan.
Birinchi guruhga quyidagi kriteriyalar kiradi: sof keltirilgan effekt (Net Present Value – NPU); investitsiyaning rentabellik indeksi (Profitability Index – PI); foydaning ichki normasi (Internal Rate of Return – IRR); foydaning modifikatsiyalangan ichki normasi (Modified Internal Rate of Return – MIRR); investitsiyani qoplashning diskontlashtirilgan muddati (Discounted Payback Period – DPP).
Ikkinchi guruhga quyidagi kriteriyalar kiradi: investitsiyaning qoplanish muddati (Payback Period – PP); investitsiyaning samaradorlik koeffitsienti (Accounting Rate of Return – ARR).

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish