Намуна (Образец)


-mavzu. KORPORATIV BOSHQARUVNING NORMALARI, STANDARTLARI VA KODEKSLARI



Download 1,79 Mb.
bet23/122
Sana01.07.2022
Hajmi1,79 Mb.
#727165
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 талаба учун

5 -mavzu. KORPORATIV BOSHQARUVNING NORMALARI, STANDARTLARI VA KODEKSLARI


Reja:

    1. Korporativ boshqaruvning normalari.

    2. Korporativ boshqaruv standartlari.

    3. Korporativ boshqaruvning Britan standartlar rivoji.

    4. Korporativ boshqaruvning kodekslari.

Transmilliy korporatsiyalarning funksiyalari. Jahon iqtisodiyotining globallashuvida transmilliy korporatsiyalarning roli. Milliy darajadagi iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda transmilliy korporatsiyalarning mohiyati.


5.1.Korporativ boshqaruvning normalari
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar doirasida bugun jamiyatimizning turli jabhalarini isloh etishga qaratilgan bir qator qonunlar izchillik bilan bosqichma-bosqich qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ta’kidlash joizki, yurtimizda mulkchilikning aksiyadorlik shakli yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng soha rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan shart-sharoitlar yaratildi, aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi sohasida huquqiy munosabatlarni belgilovchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Natijada bugungi kunda mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar soni jadal o‘sib bormoqda.
Korporativ boshqaruvning mexanizmlari davlat tartibga solish organlari, sud organlari va ishbilarmonlar doiralarida ishlab chiqilgan ma’lum bir qoida, me’yor va andozalari asosi va doirasida ishlaydi. Ushbu qoida, me’yor va andozalarning majmuasi korporativ boshqaruvning institutsional asoslarini tashkil qiladi. Asosiy bo‘g‘inlari (aksiyadorlik huquqining tuzilmasi) quyidagilarni tashkil qiladi:
I. Maqomiy huquqning me’yor va qoidalari – davlat tomonidan ishlab chiqarilib, aksiyadorlik jamiyatlar faoliyatini tartibga soladi (markazlashgan me’yorlar). Ularga kompaniyalar haqida qonunlar, qimmatli qog‘ozlar haqidagi qonunchilik, aksiyadorlar huquqlarini va investitsiyalarni ximoya qilish qonunlari, iqtisodiy nochorlik, soliq qonunchiligi va boshqalar kiradi;
II. Aksiyadorlik jamiyatlar tomonidan kuchga kiritiladigan va uning ichki hayotini tartiblashtiradigan me’yorlar (aksiyadorlik korporativ me’yorlar): korporativ boshqaruvning ixtiyoriy qabul qilingan andozalari haqidagi o‘zaro kelishuv va kompaniya darajasida ularni amalga oshirilish tartibini belgilaydigan ichki me’yorlar (korporativ qimmatli qog‘ozlar listingiga talablar, kodekslar va korporativ boshqaruv bo‘yicha tavsiyalar);
III. Tashkiliy deb nomlanuvchi shartnomalarda, ya’ni boshqa tomonlar bilan ish aloqalarini o‘rnatish, davom ettirish, to‘xtatish (bir so‘z bilan aytganda tashkil qilishga) qaratilgan kelishuvlarda berilgan me’yorlar;
IV. Umumjamiyat amaliyoti va biznes yuritish madaniyati
O‘zbekistonda korporativ boshqaruv quyidagi huquqiy-normativ hujjatlar asosida tartibga solinadi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (527-sonli O‘RQ asosan yangi tahrirdagi, 05.03.2019 y.)

  2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. (542-sonli O‘RQ asosan yangi tahrirdagi, 23.05.2019 y.)

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi» Farmoni. (PF-4947-sonli, 07.02.2017 y.)

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. (PF-4720–sonli Prezident Farmoni, 24.04.2015 y.)

  5. O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni. (223-I-sonli 26.04.1996 y. 531-sonli O‘RQ Qonuni yangi tahrirdagi 20.03.2019 y.)

  6. O‘zbekiston Respublikasining “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni. (531-sonli O‘RQ Qonuni yangi tahrirdagi 20.03.2019 y.)

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarori. (PQ-2454–sonli Prezident Qarori, 21.12.2015 y. 172-sonli Vazirlar Mahkamasining Qarori asosidagiyangi tahriri 24.05.2016 y.)

  8. Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining “Aksiyadorlik jamiyatida minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining faoliyat ko‘rsatishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i. (№2015-09-sonli buyruq, 10.08.2015 y.)

  9. O‘zbekiston Respublikasining “Mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni. (31.10.1990 y.)

  10. O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni. (24.09.2012 y.)

  11. Iqtisodiy hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining “G20/IHTTning korporativ boshqaruv prinsiplari”. (2016 y.)

Korporativ boshqaruvda mulkchilik munosabatlarini tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va mulkchilikka oid yuqorida keltirilgan qonuniy asoslar shakllantirilgan.
O‘zbekistonda asosan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv joriy etilgan bo‘lib, mazkur jamiyatlarning faoliyati va uning ishtirokchilari-aksiyadorlarning huquqiy himoyalanishida Milliy qonunchilik bazasi yaratilgan. Jumladan, yuqorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunini qabul qilingan. Ushbu Qonun asosida aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyatini samaradorligini oshirish, aksiyadorlarning huquqlari qonunchilik asosida himoya qilish barobarida ularning sonini ko‘payishiga erishildi. Mazkur qonunchilik asoslari milliy iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi natijasida takomillashtirib borilmoqda. Buning natijasida korporativ boshqaruvni joriy etishning ham samarali, ham ilg‘or xalqaro tajribalar asosida olib borilmoqda.



Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish