Намуна (Образец)


Direktorlar kengashining majburiyatlari



Download 1,79 Mb.
bet21/122
Sana01.07.2022
Hajmi1,79 Mb.
#727165
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 талаба учун

4.3. Direktorlar kengashining majburiyatlari
O‘zbekiston Respublikasida 1996-yil 26-apreldagi 223-I-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” qonunida koʻrsatilganidek, aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv organlariga quyidagilar kiradi:

  • Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi;

  • Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi);

  • Ijroiya organi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatni boshqarishning oliy organidir.
Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishini) oʻtkazishi shart.
Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin koʻpi bilan olti oy ichida oʻtkaziladi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishida jamiyatning Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasini (taftishchini) saylash to‘g‘risidagi, yakkaboshchilik asosidagi Ijroiya organi bilan kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to‘g‘risidagi, auditorlik tekshiruvi oʻtkazish haqida qaror qabul qilish to‘g‘risidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga toʻlanadigan haq miqdori chegarasini belgilash masaladari hal etiladi, shuningdek, ushbu Qonun 65- moddasining birinchi qismi 13 xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti va boshqa hujjatlar qarab chiqiladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari oʻtkaziladigan umumiy yig‘ilishlar navbatdan tashqari yig‘ilish hisoblanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi oʻtkaziladigan sana va uni oʻtkazish tartibi, yig‘ilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini oʻtkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallar (axborotlar) roʻyxatini jamiyatning Direktorlar kengashi belgilaydi.Jamiyatning Direktorlar kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Ovoz beruvchi aksiyalarning egasi bo‘lgan aksiyadorlar soni 30 kishidan kam bo‘lgan jamiyatda Direktorlar kengashi vazifasi jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi zimmasiga yuklanishi mumkin. Bunday hollarda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini oʻtkazish masalasini hal etishga vakolati bo‘lgan muayyan shaxs yoki jamiyat organi jamiyat ustavida o‘z aksini topishi kerak.
Direktorlar (Kuzatuv) kengashi faoliyatini quyidagilarni tashkil etadi:
-har bir jamiyatda kengash maqsadi, vazifasi, vakolati va javobgarligi ta’riflangan hamda oʻziga quyidagi asosiy qoidalarni olgan hujjatning boʻlishi tavsiya qilinadi:
-kengashning uzak g‘oyasi - jamiyat va uning faoliyati bilan ishbilarmonlik va boshqa o‘zaro munosabatlardan xoli, mulk egalari (aksiyadorlar) va boshqa manfaatdor shaxslar nomidan nazorat ishlarini olib boruvchi shaxslar guruhining shakddanishidir;

  • kengashning missiyasi aksiyadorlar qo‘ygan ulush qiymatining maksimal oshirishdir. Kengash faoliyatining asosida aksiyadorlar maqsadlari va manfaatlari yotishi zarur.

Direktorlar kengashining vakolatlari quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:

  1. Umumiy yig‘ilish yoki Ijro etuvchi organga xal qilish uchun berilishi mumkin bo‘lmagan va fakat Kuzatuv kengashi vakolatiga kiradigan masalalar, jamiyat Ustavida fakat Kuzatuv kengashi vakolatiga kiruvchi masalalar deb belgilanishi kerak;

  2. Direktorlar kengashi vakolatiga kiritilgan masala Umumiy yig‘ilish mutlak vakolatiga tegishli bulsa, Ustavda ushbu masalani fakat Kuzatuv kengashi vakolatiga taalukli kilib belgilash mumkin;

  3. Umumiy yig‘ilishning umumiy vakolatiga karashli masalalar, Jamiyat Ustavida Umumiy yig‘ilish yoki Kuzatuv kengashi yoki Ijro etuvchi organ vakolatiga doir kilib belgilanishi mumkin;

  4. Taftish komissiyasi tomonidan jamiyatning moliyaviy - xujalik faoliyatini taftish qilish haqidagi qaror qabul qilish to‘g‘risidagi masala, Ustavda ham Umumiy yig‘ilish, ham Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi vakolatiga kiritilishi kerak;

  5. Umumiy yig‘ilish kun tartibini shakllantirish boʻyicha tashabbuslar bilan boglik masalalar.

Direktorlar kengashi vakolatlaridan samarali foydalanish uchun quyidagilarga amal qilish lozim:

  1. Umumiy yig‘ilish va Kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishini kuzatib borish;

  2. Direktorlar kengashiga aksiyadorlarning murojaatlari boʻyicha muvofiq teskari alokani ta’minlash;

  3. Biznes-rejani tuzish va amalga oshirishda Kuzatuv kengashi va Ijroiya organining solidar (birgalikda) javobgarligi;

  4. Aksiyadorlarning dividendlar boʻyicha “umidlarini” va ishlab chiqarishning qayta investitsiya kilinishiga extiyojlarini hisobga oladigan mu’tadil dividend siyosati;

  5. AJ asosiy faoliyatiga mansub bo‘lmagan, mulklarni sotib olish va begonalashtirish, bitimlar hamda zaxira va boshqa fondlarni ishlatilish ustidan Kuzatuv kengashining nazorati;

Direktorlar (Kuzatuv) kengashining har bir a’zosidan korporativ huquqda savodli bo‘lishi, tarmoqqa doir zarur kasbiy malakaga ega bo‘lishi, halol va o‘z mas’uliyatini his qiladigan shaxs sifatida tanilgan bo‘lishi, Kengashning boshqa a’zolari, kompaniya menejerlari va aksiyadorlari bilan samarali hamkorlik qilishga qobiliyatli bo‘lishi, korporativ munosabatlardagi qatnashchilarni manfaatlarining muvozanatiga rioya qilishi talab etiladi.



Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish