20.2. Kompaniyaning biznes–modeli
O‘tgan asrlarda aksiyadorlik jamiyatlarining kapitali paydo bo‘lishi bilan korxona va aksiyadorlar o‘rtasida moliyaviy munosabatlar hamda aksiyadorlik jamiyatlari yuzaga kelgan. Bunga misol qilib, 1602 yilda Gollandiyada tuzishilgan “Ost-Indiya kompaniya”sini, Fransiya va Belgiyada 1808-1840 yillarda aksiyadorlik va xolding kompaniyalarini, G‘arbiy Evropa mamlakatlari va AQSHda transmilliy korporatsiyalarni, 1920-1940 yillarda yirik korporatsiyalarning sho‘‘ba korxonalarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Dunyo amaliyotida korporativ boshqaruviga bo‘lgan qiziqish XX asrning 90-yillaridan yanada ortdi. Jumladan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kengashining 1999 yil 26 maydagi yig‘ilishida “Korporativ boshqaruv tamoyillari”ning xalqaro standarti qabul qilindi. Demak, korporativ boshqaruv tizimi har bir davlatda o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda va ijtimoiy-iqtisodiy holatga moc ravishda shakllantirilgan.
Mamlakatda korporativ boshqaruvning rivojlanganlik darajasi aksiyadorlar huquqlari, ularning kapitali va aksiyadorlik jamiyatlarining rivojlanganlik holati bilan bevosita bog‘liqdir. Korxonada korporativ boshqaruv orqali korxona biznesi nazorat qilinadi va boshqariladi. Quyidagi rasmda kompaniyaning biznes-modelini bazaviy sxemasi aks ettirilgan. (20.2.1-rasm)
20.2.1-rasm. Kompaniyaning biznes-modelining bazali sxemasi
Biznes-model korxona faoliyatini ochiq tizim sifatida rasmiy, aniq, to‘liq va batafsil tavsiflanishini ta’minlaydi. Kompaniyaning biznes-modeli quyidagi elementlardan shakllantiriladi:
Biznes-modelning maqsadi. Korxonaning biznesining maqsadi – qiymat yaratishdan iborat bo‘lib, bunda barcha ko‘rsatkichlar biznes qiymatining asosiy omillariga asoslangan bo‘ladi. Korporativ boshqaruvdagi biznes ko‘rsatkichlar esa funksional qiymatni aks ettirishi lozim. Biznes-model korxonani raqobatbardoshlikka yo‘naltiruvchi strategiyalar asosida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Korxonaning funksional vazifalari. Biznes-modeldagi funksional vazifalarda faoliyatda ishtirok etuvchi aksionerlar, korxona xodimlari, investorlar va boshqa shaxslarning aniq bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilanadi.
Korxonaning funksional-texnologik modeli. Funksional-texnologik modelda esa ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish jarayonlari rejalashtiriladi.
Miqdoriy model. Miqdoriy modelda esa barcha jarayonlarni moliyalashtirish manbalari va miqdorlari, sarf-xarajat me’yorlari belgilanadi.
Ma’lumotlarning strukturaviy modeli. Ma’lumotlarning strukturaviy modeli biznes-modelning samarali amalga oshirilishi ta’minlovchi element hisoblanib, uning asosida barcha jarayonlarning tahliliy ma’lumotlari va hisobotlari tayyorlanadi. Demak, biznes-model korxonadagi biznes muhitini shakllantirishda aniqlik, tezkorlik, raqobatbardoshlik, jahon miqyosida rivojlanishiga imkoniyat yaratib beradi. SHuningdek, samarali biznes model orqali korporativ boshqaruvni qo‘llash asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarda jalb etilayotgan aksiyalarning moliyaviy samaradorligini ko‘tarishga katta imkoniyat yaratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |