NPV>0 bo‘lsa, loyihani qabul qilish mumkin;
NPV<0 bo‘lsa, loyihani qabul qilish kerak emas;
NPV=0 bo‘lsa, loyiha foydali ham, zararli ham emas.
NPV quyidagicha aniqlanadi:
SHuni ta’kidlash joizki, NPV ko‘rsatkichi ko‘rilayotgan loyihani qabul qilish sharoitida kompaniyaning iqtisodiy potensialini o‘zgarishining prognoz bahosini ko‘rsatadi. Bir necha loyihalarning NPV ko‘rsatkichlarini umumiylashtirgan xolatda ham ko‘rishimiz mumkin. Bu boshqa kriteriyalarga nisbatan ahamiyatli xususiyatga ega va investitsion portfelining optimalligini tahlil qilishda katta ahamiyatga ega.
S va L loyihalarini baholashda NPVL= 409 dol. ga tengligi aniqlanadi.
NPV kriteriyasi mantiqi bizga ma’lum bo‘ldi. CHunki, nollik NPV loyiha orqali qilinayotgan pul oqimlari: 1) loyihaga jalb qilingan kapitalni qoplash uchun; 2) ushbu kapital uchun qaytimni ta’minlash uchun to‘liq etarli.
Investitsiya foydasini yana daromadllilikning ichki normasi ko‘rsatkichi orqali ham aniqlash mumkin.
Daromadlilikning ichki normasijalb qilingan investitsiya loyihasi bo‘yicha kutilayotgan tushumlarning keltirilgan qiymatini tenglashtiradigan diskont stavkasi orqali aniqlanadi:
Boshqacha qilib aytganda, tenglamada agar IC=CF0 bo‘lsa IRR quyidagicha bo‘ladi:
IRR loyihada kutilayotgan daromadliligini harakterlaydi. Agar IRR loyihani moliyalashtirish uchun foydalanilayotgan kapital bahosidan oshib ketsa, kompaniyaning aksionerlari tomonidan kapitalni foydalanish uchun hisob kitoblardan so‘ng ortiqchalik kelib chiqadi. Investitsiyaning rentabellik normasi (IRR) kapital bahosidan yuqori bo‘lgan loyihani qabul qilish aksionerlarning daromadini oshiradi. Ikkinchi tomondan IRR kapital bahosidan kam bo‘lsa loyihani amalga oshirish aksionerlar uchun zararli bo‘ladi. Masalan, agar loyiha to‘liq tijorat banki ssudali hisobiga moliyalashtiriladigan bo‘lsa, unda IRR ko‘rsatkichi bankning foiz stavkasining mumkin bo‘lgan eng yuqori darajadagi chegarasini ko‘rsatadi, undan oshgan qismi loyihaning zararligini ko‘rsatadi.
Investitsiya samaradorligini baholashda investitsiya loyihalarini rentabellik normasini ham hisoblanadii. Investitsiyaning rentabellik normasi deganda (IRR) NPVsi «O»ga teng loyihaning diskontlash koeffitsenti tushuniladi.
IRR= r ga ko‘ra NPV=f(r)
Rejalashtirilgan investitsiyaning samarasini tahlil etish sharoitida bu koeffitsent qo‘yidagicha hisoblanadi. IRR shu loyihaga aloqador barcha xarajatlarni eng yuqori darajasini ko‘rsatadi. Masalan: loyiha to‘liq tijorat bankining qarzi evaziga moliyalashtirilsa, IRR loyihani zarar keltiruvchi darajadagi bank foiz stavkasini o‘sish chegarasini ko‘rsatadi. Amaliyotda har qanday korxona o‘z faoliyatini turli manbalarga asoslangan holda moliyalashtiriladi. Korxona faoliyatida avanslashtirilgan moliyaviy resurslardan foydalanganligi uchun to‘lov sifatida, u foiz, dividend, rag‘batlantirish kabi korxona iqtisodiy qudratini ushlab turishga asoslangan xarajatlarni amalga oshiradi.