Yil
|
S loyihasi
|
L loyihasi
|
Dastlabki DCF
|
Kumulyativ DCF
|
Dastlabki DCF
|
Kumulyativ DCF
|
1
|
-10000
|
-10000
|
-10000
|
-10000
|
2
|
5500*1/(1+0,15)=4782
|
-5218
|
1600*1/(1+0,15)=1391
|
-8609
|
3
|
4500*1/(1+0,15)2=3409
|
-1809
|
1700*1/(1+0,15)2=1287
|
-7322
|
4
|
2500*1/(1+0,15)3=1644
|
-165
|
4500*1/(1+0,15)3=2960
|
-4362
|
5
|
1000*1/(1+0,15)4=574
|
409
|
5500*1/(1+0,15)4=3160
|
-1202
|
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, S va L loyihalariga jalb etiladigan investitsiya miqdori 10000 dollarga teng bo‘lib, diskontlashtirilgan qiymat asosida hisoblanganda investitsiya S loyihasida 3,3 yilda qoplanadi, L.loyihasida esa 4 yildan ortiq muddatda qoplanadi.
Daromadning buxgalteriya me’yoriy koeffitsienti (ARR) pul oqimlariga emas, balki sof foyda ko‘rsatkichiga asoslanadi. CHunki u quyidagi xususiyatlarga ega: birinchidan, daromad ko‘rsatkichlarini diskontlashtirishni talab etmaydi, ikkinchidan, daromad sof foyda (PN) ko‘rsatkichi orqali (byudjetga to‘lovlardan so‘ngi foyda) harakterlanadi. Uni hisoblash usuli quyidagicha: kutilayotgan o‘rtacha yillik sof foydaning ARR o‘rtacha yillik investitsiya xajmiga nisbati orqali aniqlanadi.. Agar S va L loyihalariga jalb qilish ularning ishlatilishi muddati mobaynida to‘g‘ri chiziqli usul bilan amortizatsiyalansa, yillik amortizatsiya xarajatlari 10000 doll./4=2500 dol.ga teng bo‘ladi. Sof foydani aniqlash uchun bu summadan yillar bo‘yicha pul tushumlarini ayirish kerak. SHunday qilib:
1. S loyihasi bo‘yicha o‘rtacha yillik sof foyda = pul mablag‘larining o‘rtacha yillik tushumi – o‘rtacha yillik amortizatsiya=13500/4-2500=875 doll.
O‘rtacha yillik investitsiya dastlabki investitsiya va qoldiq qiymatining yarim summasiga teng bo‘ladi, ya’ni: 10000 dol./2=5000 dol.
2. L loyihasi bo‘yicha o‘rtacha yillik sof foyda =13300/4-2500=825 dol.
Sof keltirilgan samara (NPV) asosida kompaniya egalari tomonidan aniqlanadigan kompaniyaning qiymatliligini oshirish yotadi. Uni miqdoriy baholashda bozor qiymati olinadi. Bu usul prognoz qilingan davr ichida diskontlashtirilgan sof pul tushumlarining umumiy summasini dastlabki investitsiya miqdori (IC) bilan solishtirishga asoslangan. Pul mablag‘larining kirimi vaqt bo‘yicha taqsimlangan bo‘lsa ham u r koeffitsienti yordamida diskontlanadi. Bu koeffitsientni investorlar investitsiya qilingan kapital hisobiga kaytarish mumkin bo‘lgan yillik foizdan kelib chiqqan holda o‘zlari belgilaydi.
Masalan, (IC) investitsiya yillik daromadi P1, P2, …, Pn miqdorlarida bo‘lgan n yilga amalga oshiriladi. Diskontlashtirilgan daromadlarning (Present Value –PV) umumiy jamlangan miqdori va sof keltirilgan samara quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Sof keltirilgan samara(NPV) pul oqimlarining diskontlashtirilgan elementlarini loyihaning kapital bahosi bo‘yicha umumiy jamisi orqali aniqlanadi.
Agar,
Do'stlaringiz bilan baham: |