Намуна (Образец)


Dividend siyosatining xorijiy tajribalari



Download 1,79 Mb.
bet47/122
Sana01.07.2022
Hajmi1,79 Mb.
#727165
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 талаба учун

10.4. Dividend siyosatining xorijiy tajribalari
Ayrim xorijiy mamlakatlarda amaldagi soliq siyosatidan kelib chiqqan holda dividend siyosatini tanlashga turlicha yondashiladi. Masalan, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va qator boshqa mamlakatlarda soliq stavkasi bir xil, Germaniya va YAponiyada qayta moliyalashtirilgan foyda to‘langan dividendlarga qaralganda yuqoriroq stavka bo‘yicha soliqqa tortiladi, Fransiyada esa – aksincha. Dunyoda dividend siyosatini shakllantirishning quyidagi jahon nazariyalari mavjud:
1.“Dividendlarning mustaqilligi - irrelevantligi nazariyasi”ning mualliflari — F. Modilyani va M.Miller 1961 yilda chop etilgan ilmiy ishida, tanlangan dividend siyosati joriy davrda va istiqbolda korxonaning bozor qiymatiga (aksiyalar narxiga) ham, mulkdorlarning farovonligiga ham hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi, chunki bu ko‘rsatkichlar taqsimlanadigan emas, balki shakllanadigan foyda summasiga bog‘liq, deb ta’kidlaydilar. Ushbu nazariyaga muvofiq dividend siyosati foydani boshqarish mexanizmida passiv rol o‘ynaydi. Jumladan, Modilyani va Miller quyidagicha mulohaza yuritadilar: Agar kompaniya foyda olgan bo‘lib, uni kompaniya bo‘yicha o‘rtacha daromadlilik kabi daromadlilikni kafolatlaydigan IP loyihaga investitsiyalash imkoniyatiga ega bo‘lsa, u quyidagi variantlardan birini tanlashi mumkin:
a) foydani to‘liq hajmda qayta investitsiyalash;
b) butun foydani dividend to‘lashga sarflab, loyihani qo‘shimcha aksiyalar emissiyasi hisobiga moliyalashtirish;
v) foydaning bir qismini dividendlar ko‘rinishida to‘lab, bu mablag‘larni ikki manba: taqsimlanmagan foyda va aksiyalar emissiyasidan daromad xisobiga moliyalashtirish.
Muayyan qo‘shimcha shartlar mavjud bo‘lganda dividendlarni to‘lashning mazkur uchta variantlaridan birortasini tanlash umumiy daromadlilikni emas, balki uning tuzilmasini o‘zgartiradi.
2. “Zamonaviy portfel nazariyasi” konsepsiyasini 1952–yilda Garri Markovits ishlab chiqdi. Uning asosini tavakkalchilik darajasi va samaradorlikning nisbati tashkil etadi. Bu konsepsiyada investitsiya portfelini shakllantirishda tavakkalchilik vositalari asosida mulkdorlarning boyligini maksimallashtirishga yo‘naltirilgan. Kelgusida konsepsiyaning nazariyasini takomillashtirish orqali iqtisochi olimlar Djeyms Tobin i Uilyam Sharp Nobel mukofotining laureatlari bo‘ldilar.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish