Намуна (Образец)


Dividendlarni to‘lash va unga soliq solishning qonunchilik asosi



Download 1,79 Mb.
bet44/122
Sana01.07.2022
Hajmi1,79 Mb.
#727165
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 талаба учун

10.2. Dividendlarni to‘lash va unga soliq solishning qonunchilik asosi31
Dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilish muddatlari. Jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga ko‘ra, agar ushbu Qonun va jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Jamiyatning moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qarori tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin.
Dividendlarni to‘lash to‘g‘risidagi qaror. Aksiyalarning har bir turi bo‘yicha dividendlar to‘lash, dividendning miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi to‘g‘risidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda, moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi aksiyalarning muayyan turlari bo‘yicha dividendlar to‘lamaslik to‘g‘risida, shuningdek jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab qo‘yilgan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘liq bo‘lmagan miqdorda dividendlar to‘lash haqida qaror qabul qilishga haqli. Dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qarorda dividendlar to‘lash boshlanadigan va tugallanadigan sanalar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Dividendlarni to‘lash tartibi. Dividendlar jamiyatning jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasidan va (yoki) o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to‘lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyatning buning uchun maxsus mo‘ljallangan fondlari hisobidan ham to‘lanishi mumkin.Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarni to‘lash aksiyadorlarning dividendlarni olishga bo‘lgan teng huquqlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Dividendlarni to‘lash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni to‘lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan kech bo‘lmasligi lozim. Dividendlarni to‘lash chog‘ida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha, so‘ngra oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha qat’iy belgilangan dividendlarni to‘lash uchun etarli miqdorda foyda mavjud bo‘lgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarning egalariga dividendlar to‘lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar to‘lanishini sud tartibida talab qilishi mumkin. Jamiyat etarli miqdorda foydaga ega bo‘lmagan yoki zarar ko‘rib ishlayotgan taqdirda, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyat tomonidan jamiyatning faqat shu maqsad uchun tashkil etilgan zaxira fondi hisobidan va ushbu fond doirasida to‘lanishi mumkin. Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra jamiyat ixtiyorida qoladi.
Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi norezident aksiyadorining yozma talabiga ko‘ra unga hisoblangan dividendlarni erkin ayirboshlanadigan valyutaga ayirboshlab, mablag‘larni norezident aksiyador taqdim etgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazib berishi shart. Jamiyat aksiyadorlarining reestridan olingan, jamiyat tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma hamda jamiyat buxgalteriyasining hisoblangan dividendlar summasi va ular hisoblangan sana to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ayirboshlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Dividendlar to‘lash mumkin bo‘lgan aksiyalar. Aksiyadorlarga dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan shaxslar aksiyalar bo‘yicha dividend olish huquqiga ega.
To‘lanmagan (olinmagan) dividendlar. Dividendlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan to‘lanmagan (olinmagan) taqdirda to‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi. To‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‘yicha hisoblanadigan penyalar miqdori to‘lanmagan (olinmagan) dividendlar miqdorining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Aksiyador jamiyat tomonidan hisoblangan dividendlar va penyalar to‘lanishini sud tartibida talab qilishga haqli. Aksiyadorning talablari sud tomonidan qanoatlantirilganda dividendlar jamiyat tomonidan to‘lanmagan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb e’lon qilish tartib-taomili qo‘llaniladi.
Dividendlarni to‘lashga doir cheklovlar. Jamiyat: jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) hammasi uning ta’sis etilishi chog‘ida to‘liq to‘lab bo‘linguniga qadar; agar dividendlar to‘lanadigan paytda jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud bo‘lsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni to‘lash natijasida paydo bo‘lsa; agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav kapitali) va zaxira fondi summasidan kam bo‘lsa, aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga hamda dividendlar to‘lashga haqli emas. Ushbu moddada ko‘rsatilgan holatlar tugatilgach, jamiyat hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga to‘lashi shart.
Dividendlar to‘lanishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish. Jamiyat dividendlarning miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda e’lon qiladi. Jamiyat to‘lanadigan dividendlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining va jamiyatning rasmiy veb-saytlarida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda e’lon qiladi.
Dividendlarga soliq solish. Dividendlarga soliq solish soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va bunda soliq solish bo‘yicha imtiyozlar belgilanishi mumkin. Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha soliq stavkasi 5%.



Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish