180
Kompaniya qiymatini boshqarishda qarz kapitalini
ham hisobga olish
zarurdir. CHunki korxonalarda bir birlik qarz kapitalidan foydalanganlik uchun
amalga oshiriladigan xarajatlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Buni qarz
kapitali bahosida ko‘rishimiz mumkin va bu quyidagi formula asosida aniqlanadi:
)
1
(
FS
XM
QKM
XM
QKB
qo
qk
(11.3.6)
44
bu yerda:
QKB
– qarz kapitali bahosi;
XM
qk
– qarz kapitalidan
foydalanganlik uchun xarajatlar miqdori;
QKM
– qarz kapitali miqdori;
XM
qo
–
qarz kapitali miqdori;
FS
– foyda soliq stavkasi.
Qarz kapitali bahosini aniqlashda foyda solig‘i stavkasining ta’sirini hisobga
olishning
mazmuni shundan iboratki, qarz kapitali bo‘yicha hisoblanadigan foiz
summasi foyda solig‘i bazasini kamaytiradi va bu o‘z navbatida, korxona
zimmasiga tushayotgan soliq yuki darajasini pasaytiradi. SHunday ekan,
korxona aynan qarz kapitalidan foydalanganligi uchun foyda solig‘i bazasi foizlar
summasi miqdorida kamaytiriladi va buning natijasida qarz kapitali bahosi ham
soliq stavkasi miqdorida kamaytiriladi. Demak, foyda solig‘i stavkasining miqdori
qarz kapitali bahosining o‘sishiga ega. SHu sababli ham xorijiy iqtisodchi olimlar
tomonidan qarz kapitali xususiy kapitalga nisbatan arzon tushadi degan fikrlar
yuritiladi. SHu o‘rinda
aytish joizki, qarz kapitalining xususiy kapitalga arzon
tushishi qarz kapitalining moliyaviy richag samaradorligiga ham bog‘liqdir.
Korxonalar faoliyatida turli shakldagi qarz mablag‘lari shakllanishi mumkin,
bunda har bir shakldagi qarz kapitalining bahosi ham turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan, kreditorlik qarzlari hisobidan shakllangan kapitalning bahosi pastroq
bo‘ladi, ya’ni, korxona faoliyati uchun eng arzon mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi.
Korxonalarda shakllangan umumiy kapitalning bahosini aniqlashda yuqorida
ta’kidlab o‘tganimizdek WACC (kapital bahosining o‘rtacha solishtirma
qiymati)dan foydalanamiz. WACC miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
44
Тошмуродова Б., Қурбонов Ж. Корхоналарда капиталдан самарали фойдаланиш масалалари. //манба: “Корпоратив молияни
бошқаришнинг замонавий усуллари: қўлланилиши ва ривожлантириш масалалари. Республика илмий-амалий конференцияси
материаллари тўплами. –Т.: “IQTISOD–MOLIYA”, 2016. 245-б.
181
i
n
i
i
K
R
WACC
1
(11.3.7)
45
bu yerda:
R
i
– i nchi kapital bahosi;
K
i
– i nchi kapitalning ja’mi
kapitaldagi ulushi
Kapital bahosining o‘rtacha solishtirma qiymati (WACC)
korxonalarda
umumiy kapitalning bir birligidan foydalanish uchun sarflanadigan xarajatlar
miqdorini o‘zida aks ettiradi. Demak, korxona moliyaviy menejerining oldidagi
asosiy vazifalardan biri kapital bahosini minimallashtirish bo‘lib hisoblanadi.
Kapital bahosi qancha past bo‘lsa korxonaning kelgusi rivoji uchun shuncha ijobiy
ahamiyatga ega.
Kompaniya qiymatini boshqarishda yuqoridagi sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar
asosida amalga oshirish samaralidir. Xususiy kapitalning bahosi korxona
qiymatida katta rol o‘ynaydi. Korxonaning kelgusidagi rivoji uchun umumiy
rentabellikni WACC miqdoridan oshirish kerak. Aks holda korxonaning moliyaviy
holati tang ahvolda qoladi. CHunki kapitalning bahosi kompaniyaning xususiy
kapital bahosidan oshib ketishi korxonaning qiymatini pasaytiradi.
Rahbariyat va aksionerlar korxona biznesining xususiyatlarini va aniq
hohish-istaklarini hisobga olish zarur. Korxona rahbariyati doimo korxonaning
barcha jarayonlari bo‘yicha axborotga ega bo‘lishi shartdir.
Ushbu axborotning
ma’lumotlarida moliyaviy samara (effekt), biznes qiymatini ko‘tarish uchun bir
necha xilda variantlardagi tadbirlar, xarajatlar, tavakkalchilik (risk)lar keltirilishi
kerak. Aniq chora-tadbirlar, amalga oshirish muddatlari, mas’ul
shaxslar,
moliyaviy xarajatlar prognozi va nazorat instrumentlari ko‘rsatilgan rejalarni
dastur ko‘rinishida yaratish. Barcha ishlarning monitoring tizimini tashkil etish va
amalga oshirish yo‘llarini shakllantirish.
Demak, kompaniya qiymatini oshirishda xususiy kapitalning bahosini,
dividendlarni hisob-kitobini, kapital aktivlarning investitsiyalangan qismini ham
daromadlilik darajasining hisob-kitobini amalga oshirish ham zarurdir. Kompaniya
qiymatini oshirishda korporativ maslahatchi, moliyaviy direktor yoki moliyaviy
injener mas’ul bo‘lishi, ular kompaniya qiymatini oshirish uchun kerakli va oshkor
45
Ushbu manba. 244-b.245-б.
182
qilish mumkin bo‘lgan axborotlarni tayyorlab qo‘yishi,
fond bozorini doimo
kuzatib borishi zarurdir.
1>Do'stlaringiz bilan baham: