Boborahim Mashrab
1. Arabchada “ichimlik ichiladigan joy” va “fe’l, xulq, odat, tabiat” ma’nolarini beruvchi taxallus kimga berilgan?
A) Turdi B) Mullavali o‘g‘li Boborahim C) Umar Boqiy D) Qori Rahmatullo
2. Mashrab devonlari berilgan qatorni ko’rsating.
A) “Mabdai nur”, “Devoni Mashrab” B) “Eshoni Shoh Mashrab”, “Devonai Mashrab” C) “Mabdai Nur” va muxlislari tomonidan yaratilgan devon
D) A, B va C
3. Ey mening nozik nihol, oromijonim qaydasan?
Bu ko‘ngil bo‘stonida g‘uncha dahonim qaydasan? Ushbu bayt muallifini aniqlang.
A) Lutfiy B) Navoiy C) Mashrab D) Jomiy
4. “Qalandar bo‘l!” radifli g‘azal muallifi qaysi qarorda to’g’ri berilgan?
A) Turdi B) Ogahiy C) Munis D) Mashrab
5. “Aytay senga dard-u alamim, ofati jonim, fikr ayla o‘zungga“ deb boshlanuvchi mustazodda kimning holati tasvirlanadi?
A) Muqimiy B) Munis C) Mashrab D) Turdi
6. Mazkur bayt Mashrabning qaysi mustazodidan olingan?
Boshimga agar keltirsa balo, sabr etadurman,
Sendin kecharim yo‘q,
Qaydin kechayin, ko‘nglimda to‘ladur senga mehrim,
Men oshiqi shaydo.
A) “Bul hasta vujudim meni o‘rtadi butkul, ul zulfi parishon” B) “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” C) “Aytay senga dard-u alamim, ofati jonim, fikr ayla o‘zingga” D) “Va’da qildi bir kelay deb, ko‘zga uyqu kelmadi”
7. 1691- yilda Mashrab 20 yillik safariga kim bilan boradi?
A) Ofoqxo‘ja bilan B) Pirmat Setoriy bilan C) yolg‘iz o’zi D) muxlislaridan biri bilan
8. “Mabdayi nur” asari muallifini aniqlang.
A) Ogahiy B) Nodira C) Amiriy D) Mashrab
9. Mashrab Makkaga kim bilan borishni xohlaydi?
A) Yor B) Boda C) Olloh D) A, B
10. Mashrabning qaysi g‘azali “ishq mazhabi”ga bag‘ishlangan?
A) “O‘rtar” B) “Qaydasan” C) “Chidayolmas” D) “Ayrilmisham”
11. Kimning timsoli insonning ruhiy hurligini cheklashga qaratilgan aqidalarga qarshi isyon, erkin fikrlilik ramzi bo‘lib qoldi?
A) Mashrab B) Ibrohim Adham C) Mansur Xalloj D) Pirmat Setoriy
12. Mashrab g‘azallarida uchraydigan xok so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.
A) ruhiyat B) tuproq C) qabr D) olloh
13. Soqiy – manam, sog‘ar manam, ore, manam, manam, manam. Ushbu misralar muallifini aniqlang.
A) Majzub Namangoniy B) Mashrab C) Ogahiy D) Mirzo G‘olib
14. “Jahr” so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.
A) zulm qilmoq, ozor yetkazmoq B) baland ovoz bilan zikr qilmoq C) hayr-sadaqa yig‘iladigan idish D) yig‘layotgan ko‘zlar
15. Qalandarlikning to‘rt amalidan biri bo‘lgan kam gaplik tasavvufda qaday atalgan?
A) sir po‘sht B) zahrno‘sh C) faromush D) xomush
16. “Illo fato illo Ali, yo sayf-u illo zulfiqor, har baloye pesht oyad, daf kun parverdigor!” so‘zlari qalandarlarning qaysi kiyimiga yozilgan?
A) shokilali sallasiga B) chiltoriga C) shaydoiy uchi burama do‘ppiga D) kamarga
17. Qalandarlar olib yurishi kerak bo‘lgan buyumlarni belgilang.
A) kashkul, matbag‘, rido, kisvat B) rido, matbag‘ C) kashkul, matbag‘, rido D) kashkul, kisvat
18. Bulbulday kim faryod etarman,
Ishq daftarin bunyod etarman.
Ko‘ngillarim men shod etarman,
19. Yorga yetar kun bormi yoronlar. Ushbu she’r tuzilishiga ko‘ra qanday ataladi?
A)mustazod B) musaddas C) murabba’ D) muhammas
20. “Ne g‘urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan” deb boshlanuvchi musaddas muallifini ko’rsating.
A) Turdi B) Ogahiy C) Munis D) Mashrab
21. Taqvo so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang.
A) dindorlik B) hokisorlik C) kambag‘allik D) zohidlik
22. Kim bir kechada shohona libosini darveshlik jandasiga almashtirib, ollohni izlab yo’lga tushadi?
A) Mansur Xalloj B) Ibrohim Adham C) Mashrab D) Pirmat Setoriy
Do'stlaringiz bilan baham: |