Nammqi qurulish fakulteti



Download 18,47 Kb.
bet1/4
Sana06.07.2021
Hajmi18,47 Kb.
#110477
  1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ish


NamMQI Qurulish fakulteti

27-QHALTE-17 guruh talabasi

Turg`unov Hasanboyning

Soliq va soliqqa tortish

Fanidan yozgan

MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Turg`unov H.

Qabul qildi: Jo`rayev E.

Variant: 25

JISMONI SHAXSLAR MOL - MULKIGA SOLINADIGAN

SOLIQNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

REJA

1 Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ining iqtisodiy mohiyati
2 Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ini to`lovchilari, obyekti

va soliq stavkalari
3 Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`idan imtiyozlar
4 Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ini hisoblash va to`lash

muddatlari

1 Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq - bu bevosita soliq bo`ladi, u o`zining ushbu sifati bilan moddiy boyliklarni olish va jamg`arish jarayonida undiriladi. Bu real soliqdir, («real» atamasi (inglizcha real - mulk) ayni ushbu soliq birinchi galda fuqaro egalik qilinadigan mol - mulk solinishi bilan bog`liq). Bu muntazam soliq hisoblanadi, ya'ni u yarim yilda bir marta muntazam ravishda undiriladi. Nihoyat bu hududiy soliq bo`ladi, u O`zbekiston Respublikasi hududida bo`lgan va unda ro`yxatga olingan ko`chmas mulk va transport vositalari (2002-yil 1-yanvardan transport vositalari dvigatel quwatidan olinadigan soliq bekor qilingan) uchun to`lanadi. Mol-mulk solig`i mutanosib (proporsional) va shedulardir.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni huquqiy tartibga solishning asosiy manbalariga O`zbekiston Respublikasi Soliq ko-deksi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 29-dekabrdagi 478-sonli «Jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli bo`lgan bino va inshootlarni baholash va qayta baholash to`g`risidagi nizomni tasdiqlash to'grisida»gi qarori (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasining 1994-yil 9-dekabrdagi 591-sonli «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini tasdiqlash to'g`risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan), O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo`mitasi tomonidan «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va budjetga to`lash tartibi to'g`risida» yo`riqnoma ishlab chiqildi. Ilgari ushbu soliqnining undirib olinishi 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soli-nadigan soliqlar to'g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinar edi.

Respublika fuqarosi, boshqa davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs, O`zbekiston rezidenti yoki norezidenti bo`lishidan qafiy nazar soliq solinadigan mol-mulkka ega bo`lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig`i to`lovchilari hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 90-moddasiga muvofiq soliqqa tortiladigan obyektga: 1) uy-joylar, 2) kvartiralar, 3) bogdorchilik va o`zumchilik shirkatlari a'zolarining chorbog` va bog` uylari 4) garajlar va boshqa imoratlar, bino va inshootlar kiradi hamda yuqoridagi mol-mulkka ega bo`lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig`i toiovchilardir.

Umuman olganda, «soliq solish obyekti» va «soliq solish predmeti» solinadigan soliqqa nisbatan yanada yaqqol namoyon bo`ladi, u soliqning subyektini aniqlaydi va u bilan ma'lum huquqiy aloqada, jumladan, mulk huquqiy munosabatlarda bo`ladi.


Download 18,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish