Fargʻona davlat universiteti tarix fakulteti 20-85 guruh talabasi Raxmatjonov Hasanboyning Jahon tarixi fanidan taqdimoti DASTLABKI XALIFALAR DAVRIDA ARAB XALIFALIGI. Reja; 1) Dastlabki arab xalifaligining tashkil topishi. 2)Umaviylar davrida arab xalifaligi. 3)Abbosiylar davrida arab xalifaligi. 1)Arab xalifaligining tashkil topishi. - Qadimda Arabiston yarim orolida yashab kelayotgan arablar Somoniy qavmiga mansubdirlar.Arablarda VII asr boshlarida siyosiy tarqoqlik nihoyatda kuchaydi. Arabistonda sodir bo`lgan bunday ijtomoiy va siyosiy vaziyat, mamlakatning birlashuviga olib keldi. Bunday harakatlar -ning asosiy tarfdori bo`lib, shaharlarning savdogar va hunarmand aholisi ko`tarildi.Bu harakat buyuk va birdan-bir haq yo`l yagona e`tiqodga da`vat qilishdan boshlandi.Bu yakkaxudolik dini bo`lib, tarixda u itoat , tabelik va bo`yin egish m`nolarini anglatuvchi islom nomi bilan shuhrat topadi.Buyuk va yagona tangri Ollohning Yerdagi rasuli sifatida Arabistonning yirik markazi Makka shahrida duntoga kelgan paygʻambarimiz Muhammad SAV (570-632) yashagan.
- Dastavval o`z ona shahrida muvaffaqiyat qozona olmagan Muhammad 622-yil 16-iyulda Makkadan Madina shahriga hijrat qilishga majbur bo`ladi. Xuddi shu kundan boshlab musulmon Sharqida qabul qilingan hijriy yil hisobi boshlanadi. Shunday qilib, islom bayrig`i ostida Makka shahrida boshlagan tavhidlik dini targ`iboti Madinaga ko`chadi va bu shahar kurashning markaziga aylanadi.
- Arab xalifaligining dastlabki hududi Arabiston yarim oroli bo‘lib, u hududiy jihatdan Yevropaning to‘rtdan uch qismiga to‘g‘ri kelgan va uchta asosiy viloyatlarga bo‘lingan edi. Uning janubiy-g‘arbiy viloyati - Yaman yoki «baxtli Arabiston» bo‘lib, bu yerda dehqonchilik va chorvachilik mashg‘ulotlari uchun qulay shart-sharoitlar mavjud edi. Yaman miloddan avvalgi I ming yilliklardayoq yuksak iqtisodiy darajaga erishgan va mut-tasil ravishda birining o‘rnini ikkinchisi egallab kelgan bir necha davlat-lardan iborat edi. Yaman aholisi qo‘shni mamlakatlar bilan qizg‘in savdo-sotiq ishlarini yuritgan.
- Muhammad vafot etgach, avval Abu Bakr (632-634), so`ngra Umar (634-644), Usmon (644-656) va Ali (656-661) lar xalifa, ya`ni o`rinbosar deb e`lon qilinadi. Ular hukmronlik qilgan davrda Arabiston islom dini to`la g`alaba qozonib, tarixda ilk bor o`ta markazlashgan musulmon davlati Arab xalifaligi tashkil topadi.Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Vizantiya va Eron bo`ysundirilib, islom jahon dinlaridan biriga aylandi. Ushbu to‘rt xalifalar islomda «xulafo ar-roshidin» («to‘g‘ri yo‘ldan borgan xalifalar»), dindor-lar o‘rtasida choryorlar deb atalgan.
- Abubakr Muhammad (SAV)ning safdoshlaridan, uning qaynotasi (Oyshaning otasi) bo‘lib, yirik savdogar edi. Uning davrida Iroq va Suriya bosib olingan, sosoniylarga (633 yil), vizantiyaliklarga qarshi (Falastin yerlariga, 634 yil) qo‘shinlar yuborilgan va Arabistonda islom musatah-kamlangan. U o‘zi hukmronlik qilgan ikki yil ichida ridda nomli arab qabilasining kuchli va xavfli qo‘zg‘oloniga duch kelgan. U o‘limi oldidan kengash chaqirib o‘zining yaqin safdoshi Umarni (634 yil) vasiyat yo‘li bilan o‘ziga voris etib tayinlagan.
- Umar xalifaligi (634 644) davrida Suriya, Falastin, Misr, Iroq va Eronning katta qismi bosib olingan va Arab xalifaligiga qo‘shilgan. U davlat apparatini ancha mustahkamlagan, soliq tizimini tartibga solgan, davlat xizmatchilari va harbiy boshliqlar maoshini aniq belgilagan, bosib olingan mamlakatlar-da, shaharlarda arablarning harbiy lagerlarini, ulardan keyinchalik Basra, Sheroz, Qohira va boshqalarni vujudga keltirgan. Aynan shu davrda yangi musulmon yil hisobi - hijriy yil kalendari joriy etiladi. Islom an’anasida Umar hukmronligi davri islomning «oltin asri» deb hisoblanadi.
- 644 yilda xalifa Umarga xristian qullardan biri (hunarmand kishi) suiqasd qiladi. U o‘limi oldidan o‘z atrofidagi 6 kishidan iborat kengashga (shuuraga) o‘z oralaridan merosxo‘r saylashni topshiradi. Kengash Madina aholisi fikrini o‘rganib chiqadi va Usmonni uchinchi xalifa sifatida tasdiq-laydi (644 yil). Xalifa Usmon quraysh qabilasining umaviylar shajarasidan kelib chiqqan edi. Uning davrida xalifalik hududi ancha kengaydi, uning buyru-g‘i bilan Qur’on matnlari to‘plandi. U makkalik, ayniqsa umaviy zodagon-larga homiylik qiladi, qarindosh va yaqinlariga davlat mansablarini va katta-katta yerlarni, xazina mablag‘larini bo‘lib beradi. Natijada norozilik kelib chiqadi va birinchi xalifa Abu-Bakrning o‘g‘li Abdullo ibn Bakr rahbarligida (656 yilda) o‘ldiriladi.
- Shundan so‘ng, 656 yilda Madinadagi masjitda musulmonlarning ulkan jamoasi - ummada Muhammad payg‘ambarning yaqin qarindoshi (amakivachchasi va qizi Fotimaning eri) Ali xalifa etib saylangan. Lekin umaviylar uning hokimiyatiga bo‘ysunmadilar. Ular eski arab qabilalari qonunlariga binoan, Usmonning o‘limi uchun qonli o‘ch olishni talab qiladilar. Bu harakat tez orada Aliga qarshi muxolifiyatning asosiy shiori bo‘lib qoladi, unga Suriyaning umaviychi noibi Muoviya boshchilik qiladi. U yangi xalifani tan olish va unga bo‘ysunishdan voz kechadi hamda 658 yilda Damashqda o‘zini xalifa deb e’lon qiladi. Ali taxt uchun kurashda g‘alaba qozonolmay, umaviylar bilan kelishishga ko‘nadi.
- o‘z davlat poytaxtini Madinadan Iroqning Kufa shahriga ko‘chiradi. Alining murosa-sizlik siyosatidan norozi bo‘lgan uning tarafdorlaridan bir qismi (xorijiy-lar) suiqasd uyushtirib, 661 yilda uni o‘ldiradilar. Shu bilan xalifalikning «respublika davri» deb atalgan davr, ya’ni to‘rt xalifa davri tugaydi. Muoviya Suriya hokimi etib tayinlangandan so‘ng arablar istilosi na-tijasida egalari tashlab ketgan yerlarni, Sosoniy shahanshohlari va Vizanti-ya imperatorlarining mol-mulklarini qo‘lga oladi. Ali vafotidan keyin (661 yil) Muoviya arab zodagonlari va harbiy boshliqlar yordamida yago-na hukmron bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |