Badiiy san’atlar va ularning Navoiy she’riyatidagi o’rni “Poetika “so’zi yunoncha so’z bo’lib, “ijod qilish san’ati” ma’nosini bildiradi. Poetika ijodning qanday qilib san’atga aylanishi haqidagi fandir. “Poetika “so’zi yunoncha so’z bo’lib, “ijod qilish san’ati” ma’nosini bildiradi. Poetika ijodning qanday qilib san’atga aylanishi haqidagi fandir. Bugungi kunda “poetika” atamasi ikki xil ma’noda ishlatiladi: - umumiy- keng ma’noda adabiyot nazariyasini bildiradi.
- Xususiy-tor ma’noda adabiyot nazariyasining tarkibiy qismi bo’lib, adabiy asar haqida ta’limot
Zamonaviy tasnifga ko'ra, poetika fani quyidagi yirik so- halarni o'z ichiga oladi: - Zamonaviy tasnifga ko'ra, poetika fani quyidagi yirik so- halarni o'z ichiga oladi:
- umumiy poetika (yoki nazariy poetika - makropoetika) - fonika. ritmika, metrika, strofika (band), stilistika, syujet va obrazlar tizimi;
- xususiy poetika (yoki mikropoetika) - ma’lum bir ijod- korning asarlarini (yoki bir asarini) badiiy jihatdan tadqiq qilish;
- tarixiy poetika - alohida olingan poetik usullar va ularning tizimini qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik vositasida o'rganish. Eng asosiy muammosi janrlar bilan bog'liq bo'lib, ildizlari xalq og'zaki ijodiga borib taqaladi.
Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari quyidagi asarlarida o’z aksini topgan: - Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari quyidagi asarlarida o’z aksini topgan:
- “Mezon –ul avzon”
- “Risolayi muammo”
- “Muhokamat –ul lug’atayn”
“Badoyi ul-bidoya” va “Xamsa” dostonlari muqaddimasida keltirib o’tilgan.
“Mezon ul-avzon” asari ilmlar uchligining muhim va tarkibiy qismi bo'lmish aruz ilmi tadqiqiga bag'ishlangan bo'lsa, “Risolai muammo”da she’r nav’larining maxsus turi hisoblanmish (ayrim hollarda badiiy san’at) muammo janrining qonun-qoidalari haqida so'z boradi.
“Badoyi’ ul-bidoya”ga yozgan debochasida devon tartib berish masalalari, g'azal janriga xos muhim xususiyatlar haqida fikr yuritgan buyuk so'z san’atkori “Xazoyin ul-maoniy” debochasi va kulliyotdagi ayrim lirik she’rlari (masnaviy, soqiynoma, qit’alar)da badiiy ijod, she’r va shoirlik bilan bog'liq masalalarga to'xtalib o'tadi. “Xamsa” muqaddimalarida tuyuq, masnaviy, mustazod kabi janrlar poetikasi, she’r tabiati va shoirlik, surat va ma’ni birligi bilan bog'liq qarashlar shoir badiiy tafakkurining nechog'li keng ekanligini ko'rsatuvchi omillardandir. “Badoyi’ ul-bidoya”ga yozgan debochasida devon tartib berish masalalari, g'azal janriga xos muhim xususiyatlar haqida fikr yuritgan buyuk so'z san’atkori “Xazoyin ul-maoniy” debochasi va kulliyotdagi ayrim lirik she’rlari (masnaviy, soqiynoma, qit’alar)da badiiy ijod, she’r va shoirlik bilan bog'liq masalalarga to'xtalib o'tadi. “Xamsa” muqaddimalarida tuyuq, masnaviy, mustazod kabi janrlar poetikasi, she’r tabiati va shoirlik, surat va ma’ni birligi bilan bog'liq qarashlar shoir badiiy tafakkurining nechog'li keng ekanligini ko'rsatuvchi omillardandir. Tab'kaj-u borcha takallumnamoy. Nag machapu borcha tarannumsaroy. Anglamayin so'zda tuyuq bahrini, Qaysi tuyuq, balki qo'shuq bahrini. Xususan, “Hayrat ul-abror” dostonining o'n beshinchi bobida o'zini shoir deb biluvchi, aslida she’rga xos oddiy qonuniyatlardan ham bexabar, o'zlari anglamagan badiiy vositalar-u usullarni she’rlarida qo'llashga intilgan ba’zi she rtaroshlar haqida shunday yozadi: Lafzlari bemaza, tarkibi sust, Nosara ma’niyu ado nodurust... Turf a buhim, she’r qo'yub otini, Yetkurubon ko'kka mubohotini.
Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari bevosita uning surat va ma’ni (shakl va mazmun) masalasiga bo'lgan munosa- batida yanada yorqinroq namoyon bo'ladi. U o'zigacha salaflari tomonidan qonuniyat darajasiga yetkazilgan - shakl va mazmun mutanosibligi masalasini ijodining bosh tamoyili qilib oldi.
Shayx Abdulqohir Jurjoniy o'zining “Asror ul-balog'a” asarida “Eng yaxshi ma’noni o'z tabiati va ixtiyoriga qo'y, u o'ziga muvofiq so'zlar (shakl)ni o'zi topa olsin” deb yozgan bo'lsa,
Navoiy bu fikrni she’riy yo'l bilan quyidagicha bayon qildi: Navoiy bu fikrni she’riy yo'l bilan quyidagicha bayon qildi: Nazmda ham asl unga ma’ni durur, Bo'lsun aning surati har nedurur. Nazmki ma’ni anga marg'ub emas, Ahli maoniy qoshida xo'b emas. Nazmki ham surat erur xush anga. Zimnida ma’ni dog'i dilkash anga.
Ilmi balog’a
Ilmi Maoniy
Ilmi bayon
Ilmi badi’
Ilmu aruz
Ilmlar uchligi
Ilmu badi’
Ilmu qofiya
Ilmi badi’
Ma’naviy san’atlar
Lafziy san’atlar
Mushtarak san’atlar
Yor og’iz ochmasqa dardim so’rg’ali topdim sabab: Yor og’iz ochmasqa dardim so’rg’ali topdim sabab: Ko’p chuchuiklikdin yopushmishlar ul ikki lab. Yuz aro lab, lab uza shabrang holingni ko’rub. Qullig’ing dog’iding o’lsam, istamon ozodlig’, Kim bu tamg’adur nishoni Mudbiru Muqbil aro.
Do'stlaringiz bilan baham: |