Xizirbuva mahallasi – bu mahalla Namangan shahrining Shohimardon
ko’chasida joylashgan. Hozirgi 2-maktab o’rni Xizir buva nomi bilan yuritilgan.
Chunki bu yerdagi machit va mozor Xizirbuva nomi bilan atalgan. Shunga nisbat
berib Xizirbuva deb atalgan.
Sharifsho’r mahallasi – Namangan shahrining Toshkent ko’chasidagi
mahallalardan birining nomi. Bu mahallaning hozirgi nomi Mopr. Bu yerda ilgari
Sharif degan sho’r laqabli kishi yashagan ekan. Shu kishiga nisbat berib shunday
nomlangan ekan.
Shokaromat – Namangandagi Samarqand ko’chasi ilgari Shokaromat deb
atalgan. Stadion yonida ilgari shu nom bilan atalgan. Shakoramat machiti bo’lgan.
Bu yerlar Shakaromat degan boyning yerlari bo’lgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |