Tajriba 1. Kislota va ishqor eritmalarning indikatorlarga ta’siri.
Uchta toza probirka olib, uning xar biriga 5-6 ml dan distillangan suv quying va har qaysi probirkaga 1-2 tomchidan fenolftalein erimasidan tomizing. So’ngra birinchi probirkaga 2-3 ml xlorid kislota, ikkinchisiga 2-3 ml o’yuvchi natriy eritmalardan qo’shing va yaxshilab chayqating. Uchinchi probirkaga nisbatan bu probirkalarda indikatorlar rangining qanday o’zgarishini aniqlang. Huddi shu tajribani metiloranj eritmasi, universal indikator va lakmus qog’ozlari bilan ham takrorlang. Kuzatilgan natijalarni jadval-1 ga yozing va eslab qoling.
Do'stlaringiz bilan baham: |