5-rasm. Deflegmatorlar: a- b- sharikli: v-archasimon: g-nasadkali.
Organik reaksiyalarning ko‘pi qizdirilganda ko‘pincha reagentlar qaynatilganda boradi. Shuning uchun aralashmadagi komponentlar bug‘lanib chiqib ketmasligi uchun reaksion aralashma solingan idishga qaytarma sovutkich ulanadi. Laborotoriya praktikasida shisha sovutkich ishlatiladi. Bug‘ kondensasiyalanib, reaksion aralashmaga qaytib tushishi uchun sovutkich idishga qaytarma qilib ulanadi. Oddiy qaytarma sovutkich havo sovutkichi bo‘lib, u oddiy uzun shisha naydan yasaladi. Bunday sovutkich qaynash temperaturasi 1500 C dan yuqori bo‘lgan moddalar bug‘ini suyuqlikka aylantirish uchun ishlatiladi (6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |