CHo’kma xosil bo’lishiga eruvchanlik ko’paytmasining ta’siri.
Kichkina stakanga 10 ml dan 0,1 n Pb(NO3)2 va NaCl eritmalaridan quyib aralashtiring. Stakanda xosil bo’lgan cho’kmani avval tindiring, so’ngra uni fil’trlang. Fil’tratni ikkiga bo’ling. Birinchi qismiga 1-2 ml 0,1 n HC1 eritmasidan, ikkinchi qismiga esa 1-2 ml 0,1 n NaI eritmasidan qo’shing va fil’tratlardan birida cho’kma xosil bo’lishini kuzating. Reaktsiyalarning molekulyar va ion tenglamalariniyozing. Fil’tratlarda cho’kma xosil bo’lish va bo’lmaslik sababini tuzlarning eruvchanlik ko’paytmasi qiymatlaridan foydalanib izoxlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |