Tajriba 3.
Ion almashinish reaktsiyalaring yo’nalishi.
a) Uchta probirka olib birinchisiga 1 ml 0.5 n FeCI3 , ikkinchisiga 1 ml 0.5 n Na2SiO3, uchinchisiga 1 ml 0.5 n H2SO4 eritmasidan qo’ying. Birinchi probirkaga 2 n NaOH, ikkinchisiga- 2 n HCI, uchinchisiga- BaCI2 eritmasidan quying. Nima kuzatiladi, cho’kmaga qanday moddalar tushadi? Molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
b) Probirkaga 1-2 ml 0.5 n Na2CO3 eritmasidan va bir necha tomchi 0.5 n H2SO4 eritmasidan quying. Nima kuzatiladi? Molekulyar va ion tenglamalarini yozing.
v) Probirkaga 1-2 ml 0,5 n NH4CI eritmasidan quyib 1-2 ml 2 n NaOH eritmasidan qo’shing va uni alangada qaynaguncha qizdiring. So’ng ehtiyotlik bilan ajralib chiqaetgan gazni xidlab qo’ring va xaqiqatdan NH3 gazi ekanligini aniqlang. Molekulyar va ion tenglamalarini yozing.
Tajriba 4.
Do'stlaringiz bilan baham: |